Alla.
Aytib beruvchi - Polvontosh qishlog’ida istiqomat qiluvchi ,1977.06.15 da tug’ilgan Mamadaliyeva Nilufarxon.
Yozib oluvchi - 194- guruh talabasi Olimov Fahriddin.
Alla bolam,jonim bolam allayoo alla,
Allalarning allasida uhlab qolsin,
Jonim bolam ,allayoo alla.
Ko’tarib ham kattalar qilayin,
O’qitib olim o’g’il qilayin,
Jonim bolam,allayoo alla.
Oq bug’doyning noniday,
Yarqiragan bolajonim,alayoo alla.
Samarqandning soyiday,
Sharqiragan bolajonim, allayoo alla.
O’ng qo’limning aymog’I,
Yurakkinamning qaymog’iyooov,
Jonim bolam, allayoo alla.
Alla qo’zim ,jonim bolam allayoo alla.
Gullar ichra gul-u rayhonim,
Jonim bolam,allayoo alla.
Tollar ichra tanlab olgan tol-u chavkarim,
Jonim bolam ,allayoo alla.
Allalarim bo’lsina,uhlab qolsin mehribonim,
Allayoo alla,allayoo allaaaa!
Do'stlaringiz bilan baham: |