OLTINGUGURT
Tabiatda erkin holda uchraysi. Oltingugurtning Italiya, AQSh, Yaponiya, Rossiyada katta konlari bor.
FeS – temir kolchedani; ZnS – rux aldamasi; РbS - qo’rg’oshin yaltirog’i; Вi2S3 – vismut yaltirog’i; СаSO4 • 2H2O – gips; ВаSO4; MgSO4 • 7H2O; Na2SO4 • 10H2O glauber tuzi ko’rinishida birikmalar holida uchraydi. Oltingugurt neft, toshko’mir, o’simlik va hayvonlar tarkibida bo’ladi.
Oltingugurtning bir qancha allotropik modifikatsiyalari bor.
Rombik oltingugurt. 95,6оС dan past haroratda barqaror. U oktaedrik romb holida kristallanadi.
Monoklinik yoki prizmatik oltingugurt. 95,6оС dan yuqori haroratda uzun ipaksimon kristallarholida bo’ladi. Amorf suvda erimaydi. Uglerod sulfidda eriydi.
119oC da oltingugurt suyuqlanadi. 160оС da jigarrangga kiradi, 250оС dan oshganda uning qovushqoqligi kamayadi. 400оС da harakatchan, 446,6оС da qaynatdi.
Agar oltingugurt kuchli qizdirib, keyin birdan sovutilsa, idishning tubida jigar-sariq yumshoq oltingugurt hosil bo’ladi, u kauchukka o’xshab cho’ziladi.
Plastik oltingugurtning amorf modifikatsiyasi bo’ladi.
Oltingugurt past temperaturada S8 holida bo’ladi. Tempetura oshirilsa uning molekulyar massasi kamayadi. Oltingugurt bug’larida S8, S6,(500oC), 1000oC da S2 va 20000С da S holida bo’ladi.
S8 molekulasi “toj” shakliga o’xshash ko’rinishda bo’ladi.
Olinish usullari:
Amerikada Frank usuli qo’llaniladi. 170оС qizdirilgan suvni truba orqali oltingugurtga beriladi. Oltingugurtga tekkan issiq suv uni suyuqlantiradi va siqilgan havo bilan yer yuzasiga chiqaziladi. Oltingugurt rudalarida yoqib, qizdirib ajratiladi. Olingan oltingugurt haydaladi.
FеАsS2 + FеS + S + As
Oltingugurtni gazlardan olish uchun Н2S va SO2 ni yuqori temperaturadan katalizator ishtirokida o’tkaziladi.
2Н2S + SO2 3S + 2HOH
CaSO4 + 4C = 4CO + CaS
CaS + HOH + CO2 = H2S + CaCO3
2H2S + O2 = 2S + 2HOH
Meditsinada oltingugurt
Na2S2O3 + H2SO4 = H2S2O3 + Na2SO4
H2S2O3 = H2O + SO2 + S¯
Oltingugurtdan СS2, qora porox, gugurt, oltingugurtli bo’yoqlar iprit, sulfat kislota va boshqalar olinadi.
Kimyoviy xossalari: Aktiv element. Kuchli oksidlovchilar bilan, o’zining elektronlarini berib qaytaruvchanlik xossasini namoyon qiladi.
S + O2 = SO2 S + 3F2 = SF6
S + 6HNO3 = H2SO4 + 6NO2 + 2HOH
Qaytaruvchilar bilan S- oksidlovchi bo’ladi.
Zn + S = ZnS 3S + 6KOH = K2SO3 + 2K2S + 3HOH
H2 + S = H2S Na2SO3 + S = Na2S2O3
Oltingugurt birikmalari. Н2S; H2S2 erkin holda juda beqaror, tuzi ma’lum еS2
H2S-rangsiz, zaharli gaz, hidi yoqimsiz, palag’da tuxum hidi keladi. Т±айн=-60,3оС. Тсую±=-85,5оС.
Yuqori temperaturada parchalanadi: Н2S = H2 + S
Suvda yaxshi eriydi. 3 hajm suvda 1 hajm vodorod sulfide eriydi. Kuchsiz 2 asosli kislota.
Н2S = H+ + HS-
HS- = H+ + S2-
NaOH + H2S = NaHS + HOH
NaHS + NaOH = Na2S + HOH
H2S-kuchli qaytaruvchi.
H2S + Сl2 = 2HCl + S 2H2S + O2 = 2H2O + 2S
2KMnO4 + 5H2S + 3H2SO4 = 2MnSO4 + 5S + K2SO4 + 8HOH
Quruq H2S yonganda oltingugurt (IV) va НОН hosil bo’ladi.
2H2S + 3O2 = 2H2O + 2SО2
Sulfid kislotaning tuzlari-sulfidlar suvda erimaydi. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallari tuzlari va ammoniy sulfid eriydi. Sulfidlarning xarakterli xossalaridan biri ularning rangli bo’lishidir. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallari tuzlari rangsi, og’ir metall tuzlari har xil rangga bo’yalgan. еS, CoS, NiS, Ag2S, PbS, Bi2S3 tuzlari qo’ng’ir-qora rangli, ZnS va СаS oq rangli, СdS, SnS, Аs2S3 sariq rangli, MnS teri rangli, Sb2S3 jigar rangli bo’ladi. Bundan analitik kimyoda qo’llaniladi, ya’ni kationlar shu asosda bir-biridan ajratiladi. Issiqqa nisbatan sulfidlar beqaror, qizdirilganda ular erkin oltingugurt hosil qilib parchalanadi.
Ularning suvdagi eritmalari gidrolizga uchraydi:
Аl2S3 + 6HOH = 2Al(OH)3 + 3H2S
Cr2S3 + 6HOH = 2Cr(ОН)3 + 3Н2S
Ko’p sulfidlar НСl da eriydi. РbS, ZnS, CuS lar HNO3 da eriydi. НgS zar suvida eriydi.
Hamma sulfidlar kuchli qaytaruvchilardir.
4NiS + 7O2 = 2Ni2O3 + 4SO2
NiS + 2O2 = NiSO4
3CuS + 14HNO3 = 3Cu(NO3)2 + 3H2SO4 + 8NO + 4HOH
CuS + 4HOH - 8e Cu2+ + SO42 -+ 8H+
NO3- + 4H+ + 3e- NO + 2HOH
SnS2 + 3O2 = SnO2 + 2SO2
2KMnO4 + 5Na2S + 8H2SO4 = 2MnSO4 + 5S + K2SO4 + 5Na2SO4 + 5HOH
Kuchli oksidlovchilar (НNO3, H2O2, KMnO4, K2Cr2O7) ta’sirida u sulfatlargacha oksidlanadi.
3PbS + 8HNO3 = 3PbSO4 + 4HOH + 8NO
CoS + H2O2 + 2CH3COOH = Co(CH3COO)2 + S + 2HOH
Olinishi: CuSO4 + H2S = CuS + H2SO4
FeCl2 = FeS + 2NH4Cl
Na2SO4 + 4C = Na2S + 4CO
Persulfidlar: bular poliserovodorodkislotaning tuzlari, umumiy formulasi (Н2S)n, bu yerda n=2,3,4,…9.
Ishqoriy va ishqoriy yer metallarining persulfidlari, ammoniyli tuzlari, pirit katta ahamiyatga ega.
Persulfidlar – oksidlovchilar.
(NH4)2S2 uch valentli surma va mishyakni besh valentlikkacha oksidlaydi va mos tuzlari hosil bo’ladi:
S + (NH4)2S2 = (NH4)2 SnS3
Do'stlaringiz bilan baham: |