Uchinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda aholi bandligini ta’minlaydigan va uning asosiy daromad manbai bo’lgan muhim bo’g’inga aylanmoqda.
Ayni paytda u iqtisodiyotni izchil rivojlantirishning eng muhim omili, jamiyatimiz ijtimoiy va siyosiy barqarorligining kafolati, mamlakatimizni taraqqiyot yo’lidan olg’a yetaklaydigan faol harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo’lmoqda.
So’nggi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yo’lida ko’p ish qilindi.
Yuqorida aytilganidek, davlatning biznes faoliyatiga aralashuvi keskin cheklandi, kichik biznes sub’ektlarini ro’yhatga olish jarayoni sezilarli darajada soddalashtirildi va ularning oshkoraligi ta’minlandi, soliq stavkalari unifikatsiya qilindi va kamaytirildi, mahsulotlarni standartlash va sertifikatsiyalash tizimi takomillashtirildi, birja savdolarini rivojlantirish orqali tadbirkorlarning moddiy texnik resurslardan erkin foydalanishi bilan bog’liq ko’p masalalar hal qilindi, mikrokreditlash va mikrolizing yo’li bilan tadbirkorlarga kredit berishning yanggi shakllari joriy etildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, bularning barchasi o’zining ijobiy natijasini berdi. Faqat 2006 yilning o’zida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida qo’shimcha ravishda 290 ming yangi ish o’rinlari yaratildi, bu esa mamlakatimizda ochilgan yangi ish joylarining 50 % dan ortig’ini tashkil etadi.
2007 yilning boshida faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining soni qariyb 350 mingtaga yetdi yoki 2000 yildagiga nisbatan 2,3 marta ko’paydi. Bugungi kunda kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 42,1 % ni tashkil etmoqda. Qolaversa 2007 yilda uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 45 5 ga, 2010 yilda esa 50-52 % ga yetkazishdan iborat.
SHuningdek, I.A.Karimov kichik va o’rta tadbirkorlik mamlakatimizni iqtisodiy tanglikdan chiqarish va barqaror rivojlanib ketishning lokomativi deb harakterlaydi. Kichik va o’rta biznes bozordagi tez o’rgaruvchi talabga juda moslashuvchan va kam harajatli bo’lganidan yirik ishlab chiqarishga nisbatan tez rivojlanadi. Ayniqsa, kichik va o’rta biznesning xususiy mulkchilik bilan bevosita bog’liq ekanligi ham uning erkin va tez rivojlanishiga olib keladi.
Qolaversa, kichik korxonalarda 50 tagacha odamlar ishlagani va «o’rta korxona»larda 50 tadan 500 tagacha ishlovchilar soni borligi ham 3—5 minglab ishlovchilar bo’lgan yirik korxonalarga nisbatan o’zgaruvchan, sharoitga tez moslashuvchan bo’ladi.
Dexqon va fermer xo’jaliklari O’zbekistonda kichik va o’rta tadbirkorlikning eng qulay va ko’pchilikka manzur bo’ladigan shakllaridan biriga aylanmoqda. CHunki qishqloq xo’jaligining rivojlanishi, qishloq infratuzulmasini shakllanishi ham istiqbolda bozor iqisodiyotining eng samarali va xal qiluvchi bo’g’ini bo’lib qoladi.
Tadbirkorlikning asosiy soxalari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yashab, xozirgi vaqtda iqisodiyoti rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, tadbirkorlikning asosiy soxalari ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, savdo-sotiq; moliya va kredit hamda tashqi iqtisodiy aloqalar bo’lib qoldi.
Ishlab chiqarish tadbirkorlikning asosiy soxasi bo’lib, uning turli muddatlar uchun o’zaro kelishib tuzilgan shartnomalar asosida ishlovchi mayda va yirik korxonalarda tashkil etadi.
SHartnoma shartlari keng qamrovli bo’lib, uning mazmunini asosan o’nlab yirik korxonalar tomonidan minglab mayda korxonalarning asosiy ehtiyojini ta’minlashga qaratilgan. SHu maqsadda kichik korxonalarga yirik korxonalar ko’p miqdordagi mahsulotini sotib olishga kafolat berish, ishlab chiqarish vositalarini ijaraga berish, xom-ashyo va turli hil jxozlar sotib olish kabi ishlarda bir qancha imtiyozlar beradi.
SHuningdek, savdo markasidan foydalanish xuquqiy kengaytirish imtiyozlarini ham beradi.
Savdo va xizmat ko’rsatish tadbirkorlikda tobora keng o’rin egallamoqda. Ayniqsa, «Francheyzing» (frantsuz tilidan olingan bo’lib «imtiyoz» degan ma’noni bildiradi) hamkorlik shakli bo’lib 5—10 yilga shartnoma tuziladi va bundan yirik korxona xuquqiy jixatdan mustaqil bo’lgan kichik korxonalarga bozorda ishini yuritish uchun o’z huquqini beradi va uning evaziga kichik korxona tovar oboroti xajmidan 2—3 foiz miqdorida xizmat haqi oladi. Keyingi yillarda har ikki tomon uchun shartnoma munosabatlarining eng ommaviylashgan shakli sifatida umumiy ovqatlanish, xalq iste’mol tovarlari chakana savdosi va moliyaviy xizmat soxalarida keng qo’llanilmoqda.
Kooperativ usul bo’yicha kichik korxonalarga yirik korxonalarni savdo markasidan foydalanish bilan bir qatorda xo’jalik faoliyatiga ham to’la aralashish huquqi berilgan.
SHuningdek bunday munosabatlarni moliya va kredit, tijorat banklari, investitsion fondlar orasidagi munosabatlarda ham ko’rish mumkin.
Tadbirkorlik sub’ektlari. Tadbirkorlik sub’ektlari deganda mamlakat fuqarolarini, xorijiy mamlakatlar fuqarolarini turli mulk shakliga munosib bo’lgan korxonalar, mehnat jamoalarini tushunamiz. O’zbekiston Respublikasida yashovchi har bir fuqaro o’z imkoniyatlaridan kelib chiqib, qonunlar bo’yicha ruxsat etilgan har qanday faoliyat turi bilan jismoniy shaxs yoki xuquqiy shaxs bo’lib, tadbirkorlik bilan shug’ullanish xuquqiga ega. Keyingi paytlarda yakka tadbirkorlarga ham bankdan uncha katta bo’lmagan kredit olish uchun imkoniyat yaratildi. SHuningdek, xorijiy mamlakatlarning fuqarolariga ham O’zbekistan xududida foyda olish maquladida tadbirkorlik bilan shug’ullanish xuquq berildi va ularning faoliyatini davlat tomonidan to’la kafolatlandi. Tadbirkorlikni bir mamlakat xududida yoki xorijiy mamlakatlar xudida yo’lga qo’yish mumkin. Hozirgi paytda bir qancha xissadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar ham ichki ham tashqi bozorda samarali faoliyat ko’rsatmoqdalar.
Tadbirkorlik tashkiliy xuquqiy jihatdan shakllanib, takomillashib bormoqda. Hozirgi yakka shaxs yoki individual tadbirkor, ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari, ishlab chiqarish kooperativlari, ijara korxonalari, jamoa va shirkat xo’jaliklari, davlat munitsipial idoralari, matlubot jamiyatlari, diniy uyushmalar, moliyaviy firmalar va boshqa vositachilik ishlari bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar faoliyat ko’rsatmoqda. Tadbirkorlik faoliyatining eng oddiy shakli — yakka holdagi tadbirkorlik bo’lib, uning ham ko’p jihatlari bor. CHunonchi unda ko’p yollanma ishchilar ham mehnat qilishi mumkin, lekin bunday sharoitdagi tadbirkorni sohibkor deyiladi, sohibkor butun ma’suliyagni o’z zimmasiga olib ishni nazorat qilib turadi va hattoki u tushgan daromadlarni ham hisob-kitob qilib boradi. U o’zi mustaqil ravishda qarorlar qabul qilishadi va shularga asoslanib ish yuritadi.
Tadbirkorlikda sherikchilik asosida daromad topish ham samarali qo’shilgan shaxsiy hissasiga qarab bo’ladi. Korporatsiya tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy ko’rinishlaridan bo’lib, bir maqsad yo’lida ham fikr bo’lgan bir necha tashkilotlar mustaqil huquqiy sub’ekt bo’lib ish yuritadi. AQSHda ko’plab munitsipial tashkilotlar, diniy jamoalar, ilmiy, o’quv, madaniy, tibbiy muassasalar, tijorat tashkilotlari bir maqsad yo’lida birlashib faoliyat ko’rsatmoqda.
Tadbirkorlik daromadi turli manbalar hisobiga tashkil topadi. Masalan: fuqarolarni shaxsiy mablag’lari, jamg’armalari, sheriklikdan tushgan hissa, talab qilingan ssudalar, aktsiya sotishdan kelgan daromad, davlat korxonalarida sarmoya ularning ustav fondlari, jamoa shirkat xo’jaliklarida shirkatlar mulki, jamoa tashkilotlarida a’zolik badallaridan tushgan tushumlar.
Tadbirkorlik rivojlanishi uchun avvalo uning mustaqil xuquq bazasi yaratilishi lozim. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda «Mulkchilik to’g’risida», «Korxonalar to’g’risida», «Kooperativlar to’g’risida», «Ijara va ijara munosabatlari to’g’risida», «Tadbirkorlik to’g’risida», «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida», «CHet el investorlari to’g’risida», «Banklar to’g’risida», «Soliq to’g’risida» qonunlar chiqarilib, hozirgi paytda ular tadbirkorlikni qo’llab quvvatlashning asosli xuquqiy bazalari bo’lib qoldi. Bundan tashqari 2000 yil 25 mayda “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni va Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlovchi bir qator qarorlar chiqdi.
Tadbirkorlikning ma’naviy qiyofasi ham ko’p jihatdan e’tiborga molik bo’lishi kerak. Ma’naviy qiyofa umuminsoniy fazilatlarda o’z ifodasini topadi va buni tadbirkorda bo’lishi juda muhim ahamiyatga ega. Biz tariximizga bir nazar tashlasak, savdogarlik rivojlangan bizning mamlakatimizda tadbirkor odamlarning yuqori obro’-e’tiborga ega ekanligi ko’p narsani xal etgan. Ayniqsa «Buyuk ipak yo’li» o’tgan yurtlardagi savdo karvonlarni orasida katta obro’-e’tiborga ega bo’lgan tadbirkorlarning halolligi, o’z so’zining ustidan chiqish kabi oliyjanob fazilatlar qadr qimmatga ega bo’lganligini o’zaro ishonch va obro’ yuksak darajada xurmat qilinganligini ko’ramiz. Masalan, savdo-sotiq, qilish uchun uzoq, o’lkalarga safarga ketayotgan savdogarlar katta va og’ir yuklarini o’zlari bilan ko’tarib yurmasdan, uni obro’-e’tiborga ega bo’lgan mahalliy ishonchli tadbirkorga tashlab, undan tilxat olar edi xolos va so’ngra boshqa shaharga yetib kelgandan keyin u yerdagi tadbirkorga tilxatni ko’rsatib, bemalol undan pul olavergan. Bu esa tadbirkor ma’naviy qiyofasi, uning umuminsoniy fazilatlari yuksak qadrlanganligining natijasidir. Bunday so’zga ishonish, odamlardan halol, to’g’ri va haqoniy harakat qilishini kutish umuman bozor iqtisodiyotiga xos xislatlar bo’lib, bunday bo’lishda din va tarbiyaning ham ta’siri bor albatta. Lekin bu masalaga iqtisodiy nuqtai nazardan qarasak rostgo’ylik, raqobat bozor taqozosi ekanligini ko’ramiz. CHunki savdogar bugun bir haridorni g’irromlik qilib aldagan bo’lsa, birinchidan, u yomon nom chiqaradi, ikkinchidan esa haridoridan maxrum bo’ladi, kelgusida u bundan katta zarar ko’radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |