Qimmatbaho qog’ozlar ham mulk. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning yanada chuqurlashuvi ko’p jihatdan qimmatbaho qog’ozlar, ularning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi, odamlarni mulkdor bo’lishdagi o’rniga, iqtisodiyotning erkinlashuvi va demokratiyalashuvidagi ahamiyatining qanchalik tushunib olinishiga ham bog’liq. bo’lib qolayotir. Bu haqda Prezidentimiz O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasida (1995 yil) so’zlagan nutqida shunday degan edi: «Biz kishilar ongiga qimmatbaho qog’ozlar ham aslida mulkka egalik shakli ekanini singdirishimiz kerak» (ta’kid bizniki — muallif). Buning uchun, avvalo, qimmatbaho qog’ozlarning mohiyati, ulardan foydalana olish uslublarini anglab olishga ko’maklashmoq darkor. Shuningdek, odamlar qimmatbaho qog’ozlar ham oilaning izchil daromad manbai ekanligini bilib olishlariga yordamlashmoq zarur. Qimmatbaho qog’ozlar nima? Ma’lumki, muomalaga chiqarilgan naqd pullar har doim ham tovarlar bilan ta’minlanmaydi. Ayniqsa, o’tish davrida yoki iqtisodiyotning sekin rivojlanayotgan sharoitlarida bu nomutanosiblik takrorlanib turadi. Markaziy bank iqtisodiyot talablaridan kelib chiqib tovar bilan ta’minlanmagan naqd pullarni chiqarishga (emissiyaga) majbur ham bo’ladi. Boshqacha aytganda, pulning qadrsiz-lanishi kelib chiqadi. Bunday og’ir vaziyatdan chikishning yo’li — qimmatbaho qog’ozlar chiqarish ekanligi jahon tajribasida allaqachon isbotlangan. Bunday sharoitda davlat haqiqatan ham tashkilotchilik ko’rsatadi, ya’ni o’z qarz majburiyatlari belgisi bo’lmish obligatsiyalarni sotuvga chiqarib, naqd pullarni xazinaga tushirishga muvaffaq bo’ladi. Dastlab, qisqa muddatli obligatsiyalar chiqarsa, keyinchalik talab o’sgani sari to’lash muddati uzoqroq bo’lgan qimmatbaho qog’ozlar chiqara boshlaydi. Demak, qimmatbaho qog’ozlar tovar o’rnini bosuvchi moliyaviy dastaklardir.
Qimmatbaho qog’ozlarni chiqaruvchi muassasalar — emitentlar deb ataladi. Ular banklar, davlat va mahalliy hokimiyatlar, aktsionerlik jamiyatlari, korxonalar, tashkilotlar va boshqalar bo’lishi mumkin. Qimmatbaho qog’ozlarni sotib oluvchilar yoki ularning egalari investorlar deb ataladi. Ular davlat, korxonalar, chet el investor-lari va aholining keng qatlamlari bo’lishi mumkin. Davlatning investor sifatida xarid qilishining sababi — mamlakatdagi qimmatbaho qog’ozlar kursini (narxini) barqaror-lashtirish va pul kredit munosabatlarini boshqarib turishdan iboratdir. Korxonalar boshqa, o’zlari iqtisodiy aloqada bo’lgan korxonalar mulkiga qisman ega bo’lishlari uchun ularning faoliyati ustidan nazorat qilib turish maqsadida qimmatbaho qog’oz-larni sotib oladilar. Aholi esa o’z pullarini qadrsizlanishidan himoya qilish va doimo daromad olib turish maqsadida harid qiladi. Qimmatbaho qog’ozlar maxsus bozorlarda — fond birjalarida va ulardan tashqarida sotiladi. Qimmatbaho qog’ozlar bozori — moliya bozorining alohida shakli va bozor infrastrukturasining bir butinidir.
Qimmatbaho qog’ozlarning qanday turlari mavjud, ulardan qaysilari O’zbekis-tonda hozircha ko’prok, tarqalgan? Qimmatbaho qog’ozlarga obligatsiyalar, aktsiyalar, veksellar, depozitlar, sertifikatlar va jamoa xo’jaliklarining maxsus qimmatbaho qog’ozi — paylar kiradi. Davlat xazina majburiyatlarini, xazina veksellarini va obligatsiyalarni chiqaradi va shular yordamida byudjetni, davlat ahamiyatidagi loyixalarni moliyaviy ta’minlaydi, olingan qarzlarni qoplaydi hamda bahzi korxonalar-ni iqtisodiy jihatdan kuqo’llab-quvvatlaydi. Banklar aktsiya, obligatsiya, veksel, depozit va sertifikatlarni chiqaradi. Aktsionerlik jamyatlari esa aktsiya hamda obliga-tsiyalar chiqara oladi. Mamlakatimizda ko’proq tarqalgan qibaxo qog’ozlar aktsiya va vekseldir. Aktsiyalar yopiq ochiq turdagi xissadorlik jamiyatlariniki bo’ishi mumkin. Isloholarning ikkinchi bosqichida ochlik jamiyatlarini kengaytirishga ustuvorlik beriladi. Zero, ularning aktsiyalari ochiq usulda barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan erkin sotib olinishi mumkin. Aktsiya egalari tegishli ravishda xissadorlik korxonasi foydasiga sheriklik asosida egalik qiladilar, foydaning bir qismini daromad tariqasida olib turadilar. 1995 yilning ikkinchi yarmidan boshlab muomalaga veksellar chiqarildi. Veksel tovar oldi-sotdi jarayoniga va mol-mulk yuzasidan amalga oshirila-digan bitimlarga xizmat qiladi. Vekselning xizmati shuki, u naqd pulsiz hisob-kitoblarda foydalaniladi hamda hisob-kitoblarni ancha tez amalga oshiradi, korxonalar-ning o’zaro qarzlarini qisqartirishga olib keladi. 1995 yilning o’zidayok, veksel yordamida korxonalarning o’zaro qarzlari 52 mlrd. so’mga qisqarganini aytib o’tish o’rinlidir. Veksellar yordamida xorijiy mamlakatlar korxonalari bilan bo’ladigan hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, veksel ikkilamchi bozorda ham aylanish imkoniyatiga ega. Mamlakatimizda qimmatbaxo qog’ozlar bozori endi shakl-lanmoqda. Bu bozorda xalqni keng ishtirok ettirish dolzarb ishdir. Shu narsa haqiqatki, xususiy mulkdan, davlat korxonasidan boshqa daromad manbai bo’lishini bilmaydigan odamlarimiz qimmatbaho qog’ozlar orqali ham oila daromadlarini to’ldirib borish mumkinligini tushunib yetmaydilar. Yuqorida qayd qilingandek, xalqimizni daromad-ning g’oyat qulay manbai bo’lgan qimmatbaho qog’ozlardan bahramand bo’lishga o’rgatmoq kerak.
O’zbekistan Respublikasi Prezidentining mamlakatimizda qimmatbaho qog’ozlar bozorini vujudga keltirish to’g’risidagi maxsus farmoni aynan ana shu maqsadlarni ro’yobga chiqarishni ko’zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |