Xissadorlik mulkchiligi eng demokratik (xalqchil) mulk shaklidir. Bozor iqtisodiyoti mulkchilik tizimida xissadorlik (aktsionerlik) mulkchiligini ham ilgari suradi. Bozor munosabatlari jamiyatning barcha qatlamlarini, fuqarolarini, sarmoyasi bor kishilarni o’ziga tortishi bilan xarakterlidir, barchani tovar-pul munosabatlariga jalb etishi bilan ahamiyatlidir, xissadorlik mulkchiligi esa xuddi ana shu maqsadni ruyobga chiqaradi. Bunda har bir fuqaro o’z qo’lidagi bo’sh sarmoyalarni baholi qudrat ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etish imkoniyatiga ega bo’ladi va undan olinadigan foydaning taqsimlanishida dividend (daromad) olish tariqasida ishtirok etishi mumkin. Xissadorlik mulkchiligining talqchilligi yana shundaki, xissadorlar o’z korxonasini boshqarishda qatnashib, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish ko’nikmalarini ham oladilar. Mulkchilikning bu shakli noishlab chiqarish tarmoqlaridagi kishilar uchun ishlab chiqarish bilan bog’lanish, iqtisodiy hayotda real qatnashish, iqtisodiy munosa-batlarning sub’ekti bo’lib harakat qilish uchun qulay sharoitlar yaratib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |