Boshqarish — ma’muriy boshqarish tarzida uzoq davrlardan buyon amal qilib kelgan. Albatta, menejment boshqarish rivojlanishining natijasi. Lekin menejmentning kelib chiqishi ko’proq xususiy tadbirkorlarni kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog’liq, xususiy tadbirkorlikni yuksaklikka ko’tarilishi XX asrning 30-yillariga to’g’ri keldi. Xuddi shu davrdan boshlab boshqarishning iqtisodiy taraqqiyotdagi ahamiyati nihoyatda oshdi. Boshqarish faoliyati aloxida kasbga, boshqarish ilmi — aloxida fanga boshqaruvchilar esa, ta’sir doirasi kuchli ijtimoiy qatlamga aylandi.
Hozirgi zamon tashkilotlarining faoliyati ko’p qirralidir. SHunga ko’ra uni boshqarish ham murakkabdir. Boshqarish — o’ziga xos uch burchakni tashkil etuvchi Inson —Tabiat — Jamiyat o’zaro aloqalari, bog’liqliklari bilan ish ko’radi. (2-chizma). CHizmada uchburchakning uchlarida I — inson, T — tabiat, J — jamiyat unsurlari joylashgan, uchburchakning markazida esa F — firma turibdi. Nuqtalarni o’zaro chiziqlar bilan birlashtirsak firma — unsurlar — bog’lanishlari ko’zga tashlanadi. CHizmadagi har bir nuqta va chiziqning chuqur ma’nosi bor.
Firmalar o’z faoliyatlarida ishlab chiqarish omillari ish kuchi (I) va ishlab chiqarish vositalari (T) dan foydalanadi va jamiyat (J) ehtiyojlarini qondirish uchun moddiy ne’matlar yaratadilar. Tabiatdan (T) firma resurslar oladi. Firmaning resurslarga bo’lgan ehtiyoji cheksiz resurslar esa cheklangan. F — T chiziqlari firma va tabiat o’rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Bu munosabatlar boshqarish jarayonidagi resurslardan tejamli foydalanishni, atrof-muxrt muxofazasini ta’minlashni talab qiladi. CHizmadagi I unsuri firma xodimi, insonni bildiradi. Inson — firma ichki muxitining asosiy komponenti (tarkibiy qismi). I-F chiziqlari ramziy ravishda inson va firma o’rtasidagi aloqa-bog’lanishlarni ifodalaydi, yoki ichki omillarni boshqarishni ya’ni menejmentni bildiradi. J - unsuri haridorlar va resurslarni yetkazib beruvchilarni, davlat va jamoat tashkilotlarini, banklar va sug’urta kompaniyalarini, raqobatchilarni, savdo tashkilotlari va boshqalarni o’z ichiga oluvchi firmaning tashqari muxitlarni mujassamlashtiradi. J-F chizig’i firmaning jamiyat bilan aloqalarini bildiradi, yoki tashqi omillarni hisobga olgan holda firmani boshqarishni anglatadi. Tashqi omillarni hisobga olgan holda firmami boshqarish — marketing vazifasidir. Marketing va menejment boshqarishning ajralmas ikki tomonidir. Marketing maqsadlar generatori rolini o’ynasa, menejment shu maqsadlarni amalga oshiruvchi hisoblanadi.
Xodimlarning yuksak ijodiy-guruxiy faolligi natijasidagina firma katta muvoffaqiyatlarga erishishi mumkin. Chunki, har bir xodim o’z ish joyiga o’z energiyasini olib keladi. Bu energiya imkoniyati (potentsiali) rahbarlarning o’z xodimlari energiya imkoniyatlarini ishga sola olishlari yaratib beradigan shart-sharoitlariga bog’liq. Menejmentning vazifasi bu energiya imkoniyatlarini ko’rinishini hosil qiluvchi aniq, natijalar olishga yo’naltirishdir. Boshqa shart-sharoitlar o’zgarmagani holda ish joyidagi yaxshi ijtimoiy-ruhiy muhit, do’stona muomala xodimlarning energiya imkoniyatlarini ishga solinishini oshiradi. Va aksincha, asabiylik, afsuslanish, janjallarni bo’lib turishi - xodimlarni salomatligini yomonlashtiradi, energiya imkoniyatlarini ishga solinishini keskin kamaytiradi. Rivojlangan mamlakatlar menedjerlarining ta’kidlashicha, odamlarga qancha yaxshi munosabatda bo’lsangiz, xodimlar firmadan qanchalik ko’p ma’naviy va moddiy rag’bat olsa, u firma uchun shunchalik ko’p qobiliyatini, qiziqishlarini va energiyasini beradi.
2-chizma. Boshqarish uchburchagi.
I
Do'stlaringiz bilan baham: |