Savollar va o’quv topshiriqlari:
1. Narxning iqtisodiy mazmunini uning vazifalari orqali tushuntirib bering. Narx asosiy turlarining qisqacha tavsifini bering.
2. Sof raqobat sharoitida narxning tashkil topish mexanizmini tushuntirib bering. Mahsulotga bozor talabi haqidagi ma’lumotlar quyidagicha.
Muvozanatli narx qanday bo’ladi? Har bir firma uchun mahsulot ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi qanday bo’ladi? Mahsulot birligiga foyda yoki zarar miqdori qanday bo’ladi? Firma uchunchi? Uzoq muddatli davrda tarmoq kengayadimi yoki qisqaradimi?
3. Nima uchun qo’shimcha daromad va qo’shimcha xarajat tengligi bozorning barcha nusxalarida foydani maksimallashtirish uchun xos xususiyat hisoblanadi? Tarmoq va tipik firma uchun diagrammadan foydalanib, uzoq muddatli raqobatli muvozanatlikni tasvirlang. Bozor talabining a) ortishi va b) kamayishi bu uzoq, muddatli muvozanatlikni qanday o’zgartirishini ko’rsating.
4. Sof monopolist va sof raqobatlashuvchi firma mahsulot birligiga bir xil xarajat qilgan deb faraz qilamiz. Bu ikkalasini qo’yidagi nuqtai nazardan taqqoslang: a) narxlar, b) mahsulot chiqarish, v) foyda, g) daromadlarni taqsimlash va d) daromadlarni taqsimlashga ta’sir ko’rsatish. Monopolist va raqobatlashuvchi firmalar foydani maksimallashtirish qoidasiga amal qilsada, har xil natijalarga erishishini nima bilan tushuntirasiz? Nima uchun ularning ishlab chiqarish xarajatlari bir xil bo’lmaydi xarajatlardagi bunday farqlarning ahamiyati qanday?
5. Universitet ayrim talabalarga o’qish uchun to’liq haq to’lashni belgilasa va boshqalariga moliyaviy yordam ko’rsatsa baholi kamsitish hisoblanmaydimi? Bu amaliyotning afzallik va kamchiliklari nimadan iborat?
6. Monopolistik raqobat sharoitida narx qanday aniqlanadi? Mahsulot tabaqalanishi nimaga olib keladi? Monopolistik raqobat sharoitida nima uchun firma ko’pincha narxli raqobatdan, narxsiz raqobatni afzal ko’radi?
7. Nima uchun oligopoliya mavjud bo’ladi? Oligopoliya monopolistik raqobatdan nima bilan farq qiladi? Siz doimiy ravishda mahsulotini xarid qiladigan bir nechta oligopolistlarni sanab ko’rsating.
8. Nima uchun oligopolistik tarmoqda narxga nisbatan xufyona kelishuv ro’y berishi mumkin? Narx belgilashda xufyona kelishuv taqozo qiladigan iqtisodiy maqsadga muvofiqlikni aniqlang. Agar har bir firma raqiblarining bir-biri tomonidan o’rtaniladigan, narx, uning o’zining narxlariga bog’liqligini bilsa, narxlar qanday aniqlanishi mumkin? Xufyona kelishuv uchun asosiy to’siqlar qanday?
9. Oligopolistik tarmoqda narxdagi hukmronlik qanday rivojlanishi va amalga oshirilishi mumkinligini tushuntiring. “Oligopolistik tarmoq texnika taraqqiyotiga moyillikni va uni amalga oshirish uchun zarur mablag’larga ega bo’ladi. Siz bu tasdiq bilan kelishasizmi? Tushuntiring.
10. Narxlarni erkinlashtirish nima uchun zarur? Narxlar qanday yo’llar bilan erkinlashtiriladi? O’zbekistonda narxlarni erkinlashtirish yo’lining xususiyatlari va amalga oshirish bosqichlarini tavsiflab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |