25-Mavzu: Bozorni boshqarishda davlatning iqtisodiy vazifalari.
(2 soat ma’ruza)
Reja:
Boshqarish tushunchasi. Boshqarishning zarurligi va mazmuni.
Menejment — bu ishlab chiqarishni boshqarish bo’yicha faoliyatdir
Boshqarish uchburchagi.
Tayanch so’z va iboralar:
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari va xususiyatlari Respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo’nalishlari. Boshqarish. Boshqarishning zarurligi. Boshqarish uchburchagi. Davlat bosh islohotchi.
Tabiatdagi va iqtisodiyotdagi juda ko’p jarayonlar ularga insonning ta’sirisiz tabiiy, kimyoviy va biologik qonunlarning talablariga muvofiq, boshqarilib turiladi. Bunga misol qilib kun bilan tunning almashib turishini, fasllarning navbatma-navbat o’rin almashib turishini, suvlarning muzlashi va erishini, jismlarning reaktsiyaga kirishini, bahor kelishi bilan daraxtlarning ko’rtak chiqarishini, tog’larning ko’tarilishi va yemirilishini olsak bo’ladi.
SHu jarayonlarning juda ko’pining natijasi insonlarning yashashi va faoliyat ko’rsatishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. SHunga ko’ra odamlar tabiatdagi jarayonlarga, iqtisodiy jarayonlarga o’z ta’sirini o’tkazib, ularning o’zlari uchun kerakli yo’nalishlarga soladilar.
Daryolarni bo’g’ib ularning yo’nalishini o’zgartiradilar, o’simliklar va xayvonlarni madaniylashtiradilar, yerga organik va mineral o’g’itlar solib, unumdorligini oshiradilar, quyosh nurlarini to’plab energiya sifatida foydalanadilar. Bularning hammasida inson ta’siri o’tkazilyapti, tabiiy va iqtisodiy jarayonlar jamiyat maqsadlari sari yo’naltirilyapti. SHuning o’zi boshqarishdir.
Boshqarish — bu ob’ektlarga, jarayonlar va iqtisodiy faoliyatga muayyan yo’nalish berib, ko’zlangan natijaga erishish maqsadida shu ob’ekt va jarayonlarga, hamda faoliyat ko’rsatadigan kishilarga ish yurituvchilarning ongli ta’sir ko’rsatishidir. Boshqarish ishining natijasi bevosita ob’ektlarda faoliyat ko’rsatadigan odamlarga, ayniqsa ularning xulq-atvoriga, intilishiga bog’liq. SHuni e’tiborga olgan holda, boshqarish nazariyasining asoschisi frantsiyalik Anri Feyilh boshqarishga shunday ta’rif beradi: Boshqarish barcha imkoniyatlardan iloji boricha foyda olgan holda, mexnat ahlini korxona maqsadlari sari yetaklashdir... Boshqarish, avvalo hamma narsani oldindan ko’ra bilish, keyin rejalashtirish, tashkilotchilik, muqobillashtirish va nazoratdan iborat.
Kishilik jamiyati taraqiy etib borgan sari tabiiy va iqtisodiy jarayonlarni boshqarish zarariyati kuchayib keldi. Boshqarish ob’ektlarining miqyosi tobora kattalashib, murakkablashib bordi, iqtisodiy faoliyatda band bo’lganlar soni mislsiz ko’paydi. Bunga sabab shuki, davrlar o’tib borgani sari mamlakatlar aholisi va dunyo aholisi ko’payib, har bir kishining va umuman dunyo aholisining ehtiyojlari uzluksiz oshib bormoqda. Aholi ehtiyojlarini cheksiz o’sib borishi bu ehtiyojlarni qondirish uchun tobora ko’proq, moddiy-ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarishni haqqoniy talab qiladi. Bunday talabni qondirish maqsadida kishilik jamiyati tabiiyik iqtisodiy jarayonlarga o’z ta’sirini kuchaytirib kelmoqda. Yangi-yangi yerlarni o’zlashtirilishi, yirik suv inshootlarining barpo etilishi, sanoat ishlab chiqarishini vujudga kelishi va rivojpanishi, transport va aloqa soxalarining, savdo-sotiqing va xo’jalikning boshqa soxalarini kengayib, murakkablashib borishi, shahar va qishloqlarning vujudga kelishi va obod bo’lishi bo’larning barcha barchasi boshqarishning natijasidir.
XXI asr insoniyat tarixiga fan-texnika inqilobi asri, sanoat asri, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, robotlashtirish, kompyuterlashtirish asri, atom asri, koinotni o’zlashtirish asri kabi juda ko’p nomlar bilan kirib keldi.
Xuddi shu asrda boshqa asrlarda yuz bermagan, o’ziga xos voqelik yuz berdi: dunyo aholisining soni xuddi shu yuz yillik davomida to’rt barobarga yaqin ko’paydi. Insonning cheksiz extiyojlarini cheklangan resurslar asosida qondirish muammosi — olamshumul muammolardan biriga aylandi. Insonning cheksiz extiyojlarini qondirishning birdan-bir vositasi insonlarning ongli faoliyati asosida amalga oshiriladigan ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarish xodimlarning moddiy manfaatdorligi asosida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishning har bir qatnashchisi o’z mexnat faoliyati natijasida ko’proq naf ko’rishga intiladi. Ko’proq, naf ko’rishga intilish va bu maqsadga erishuv-xaqoniy ravishda odamlarni tabaqalashuviga olib keladi. Jamiyat a’zolari orasidan ko’plab ishbilarmonlar, tadbirkorlar, moxir boshqaruvchilar yetishib chiqib, mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishga, xalqlar farovonligini oshirishga katta xissa qo’shdilar, o’zlari esa, yirik mulkdorlarga aylandilar. Bu jarayon ayniqsa XX asrning 20—30-yillarida jadal kechdi. Bu davrga kelib dunyoning qator mamlakatlarida ulkan iqtisodiy, ishlab chiqarish, ilmiy-texnika, texnologiya imkoniyatlariga (potentsialiga), butun bir davlatning kuch-qudratiga teng keladigan kuch-qudratga ega bo’lgan ulkan korporatsiyalar vujudga keldi, bunday ulkan korxonalar, birlashmalar, banklar buyuk millatlarning kuch-qudratiga aylandi. Davlat siyosatining taqdiri, xalq taqdiri ko’p jixatdan xuddi shu korxonalarning faoliyati natijasiga bog’liq bo’lib qoldi. Qolaversa, bunday ulkan korporatsiyalar dunyo mamlakatlari aro o’zlarining ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash, servis va axborot to’rini to’qib trans milliy harakteriga ega bo’lib qoldilar. Binobarin, dunyodagi ko’p mamlakatlar va xalqlar taqdiri ham u yoki bu darajada transmilliy korporatsiyalar faoliyatiga aloqador.
XX asr ishlab chiqarishidagi yana bir xususiyat shuki, muayyan mamlakat korxonalarining eng katta qismini tashkil etgan kichik va o’rta korxonalar aksariyat ko’pchiligining faoliyati ulkan korporatsiyalar faoliyati bilan integrallashib ketgan. Ular ulkan korporatsiyalar uchun ma’lum qismlar, detallar yetkazib beruvchi korxonachalarga aylanib ketgan.
Qayd etib o’tilganlardan kelib chiquvchi xulosa shuki, xozirgi davrga kelib, dunyo miqyosida, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda xalq xo’jaligi nixoyatda kengayib, murakkablashib ketdi. Mamlakatlar ichidagi va tashqarisidagi necha o’nlab, necha yuzlab korxonalarning iqtisodiy faoliyatlari bir-birlari bilan kirishib, chirmashib, bir mexanizmga aylangan. Ishlab chiqarish jarayonida bir necha millionlab, milliardlab qiymatiga ega bo’lgan asosiy ishlab chiqarish fondlari qatnashadi. Korxonalar ko’rishi mumkin bo’lgan foyda ham, zarar ham juda katta raqamlarda ifodalanadi. Mobodo qaysidir korxona tanazzulga yuz tutadigan bo’lsa, u keltirishi mumkin bo’lgan zarar mamlakat iqtisodiyotini katta qismini o’pirib ketadi. Binobarin, xozirgi davrga kelib, boshqarishning ahamiyati nixoyatda oshdi, uning faoliyat doirasi o’ta kengaydi.
Boshqarish iqtisodiyotning muxim tarmoqlaridan biriga aylandi, boshqaruvchilar esa, jami kasb egalari ichida eng ehzozlisi kasb egalari sifatida ajralib chiqdi. Adabiyotlarda, amaliy hayotda boshqarishning zamonaviy mohiyatini ifodalovchi «menejment» boshqaruvchi shaxsi anglatuvchi «menedjer» tushunchalari keng ishlatila boshladi.
Tashkilot — menejmentni amal qilishining sababchisi. Boshqarish ob’ekti tashkilotdir. Tashkilot — umumiy maqsad yoki maqsadlarga erishish uchun faoliyatlari O’zaro muvofiqlashtiruvchi kishilar guruhidir. Kishilar tashkilot hisoblanishi uchun quyidagi shartlarga javob berishi kerak: o’zini ushbu guruho’ing qismi deb biluvchi, hech bo’lmaganda ikki kishining bo’lishi shart; b) muayyan guruh a’zolarining umumiy maqsad deb qabul qilgan, hech bo’lmaganda bir maqsadning bo’lish;
v) umumiy maqsadga erishish uchun birgalikda sidqidildan ishlaydigan guruh a’zolarining bo’lishi. Hozirgi zamon tashkilotlarining ko’pi o’zaro bog’liq, maqsadlar dastasiga ega bo’lgan murakkab tashkilotlardir. Rivojlangan mamlakatlardagi ayrim korporatsiyalar dunyoning ko’plab mamlakatlarida faoliyat olib borayotgan minglab korxonalarni o’z ichiga oladi.
Masalan, AQSHdagi «Makdonalds» yetti mingdan oshiq» mustaqil korxonalardan tashkil topgan ulkan tashkilotdir. Bo’lar ichida magazinlar va korxonalar kiruvchi, reklama olib boruvchi, mahsulotlarni sotib oluvchi, yangi hil mahsulotlarni kashf etuvchi, mahsulotlar sifatini nazorat qiluvchi, qisqasi hilma-hil maqsadlar yo’lida faoliyat ko’rsatuvchi tashkilotlar bor. Bu tashkilotlarning har biri murakkab, bosh tashkilotning umumiy maqsadi va o’zlarining maqsadlarini ro’yyobga chiqarish uchun tovarlar xizmatlarning u yoki bu to’rini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan holda, gorizontal mexnat taqsimoti asosida iqtisodiy faoliyat olib boruvchi bo’limlar hisoblanadi. Yuzlab, minglab bo’limlarning o’z maqsadlari va korporatsiyaning umumiy maqsadi sari muvaffaqiyatli olib borishlarini umumiy tartibga solish talab etiladi. Bu ishni vertikal mehnat taqsimoti asosida boshqaruv xizmati amalga oshiradi. Binobarin, xozirgi vaqtda yirik tashkilotlarni boshqarish pog’onama-pog’ona olib boriladi. Adabiyotlarda va amaliy hayotda raxbarlarni tashkilotlarda bajarayotgan vazifalariga qarab uchta toifaga ajratiladi.
Boshqaruv pog’onalari:
1. Oliy bo’g’in boshqaruvi
2. O’rta bo’g’in boshqaruvi
3. Qo’yi bo’g’in boshqaruvi
Texnik darajadagi shaxslar bevosita mahsulotlar va xizmatlarni to’xtovsiz, samarali ishlab chiqarilishini ta’minlovchi kundalik operatsiyalarni va harakatlarni boshqaradilar. Bular juda ko’p sonlidir. Bular — masterlar (ustalar), smena masterlari, bo’lim boshliqlari, kichik zobidlar, katta hamshiralar, biznes maktabining kafedra mudirlari kabilardir. Amaliyotda ularni quyi bo’g’in rahbarlari deb ataladi. Ular ishlab chiqarishda ishchilar va rahbar bo’lmagan boshqa xodimlar faoliyatini boshqaradilar.
Yirik tashkilotlarda juda ko’pchilikni tashkil etgan quyi bo’g’in rahbarlari faoliyatini nazorat qilib, tashkilotning umumiy maqsadi sari uyg’unlashtirib turish talab etildi. Bu ishni o’rta bo’g’in rahbarlari amalga oshiradi. O’rta bo’g’in rahbarlariga maktablarda o’quv, tarbiya ishlarini boshqaruvchilar, kollejlarda bo’lim boshliqlari, xo’jalik ishlari boshliqlari, ishlab chiqarishda tashkilotga qarashli zavod va fabbrikalarning direktorlari, turli bo’limlarning boshliqdari kiradi. Bu toifadagi rahbarlar boshqaruv darajasidagi ishlarni amalga oshiradilar, ya’ni rahbarlar ustidan rahbarlik qiladilar.
Har bir tashkilotning oliy bosh bo’g’in rahbarlari bo’ladi. Bular - korporatsiyalarning prezidentlari, vitse-prezidentlari, shahar, tuman, viloyat hokimlari, maktab va kollejlarning direktorlari, oliy o’quv yurtlarining rektorlari kabilardir. Oliy bo’g’indagi rahbarlar tashkilot yoki tashkilotning asosiy faoliyatiga tegishli qarorlarni qabul qilinishiga va bu qarorlarni amalga oshirilishiga javob beradi. Oz sonli oliy bo’g’indagi rahbarlar tashkilotning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi. Oliy bo’g’in rahbarlarining xulq atvori, ularning faolligi tashkilot faoliyatining umumiy jarayoniga va faoliyat natijasiga sezilarli ta’sir qiladi.
SHuni qayd etib o’tish joizki, aksariyat xollarda oliy bo’g’in rahbarlari o’rta bo’g’in rahbarlari hamdir.
Masalan, kollej miqyosida kollej direktori oliy bo’g’indagi rahbar, ta’lim tizimining yuqori organlari miqyosida esa u o’rta bo’g’indagi rahbardir.
Ma’lumki, tashkilotlar, ijtimoiy, jamoaviy, guruhiy va shaxsiy ehtiyojlarni qondirish va shu yo’l bilan daromad, foyda olish maqsadida faoliyat olib boradilar. Har qanday iqtisodiy mahsulotni ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish omillaridan, ya’ni ish kuchi, yoqilg’i, energiya, xom-ashyo, qurilmalar, asbob-uskunalar, materiallar, axborot, pul mablag’lari kabi iqtisodiy resurslardan foydalanadilar. Binobarin, tashkilot boshqarish deganda ishchilarni, ishlab chiqarish vositalarini, moddiy resurslarni, moliyani, axborotni boshqarish tushuniladi. Korxona ta’minoti, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bilan bog’liq, harakatlar ham boshqarish ta’sir doirasiga kiradi.
Har bir korxona muayyan sifatga, xalqaro qabul qilingan normalar va standartlarga muvofiq mahsulot ishlab chiqarishi kerak. SHunday ekan, korxonani boshqarishga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibini va sifatini boshqarish, ishlab chiqarish texnologiyasini boshqarish ham kiradi. Qisqasi, yuqorida qayd etib o’tilganlarning hammasi menejment qamroviga kiruvchi ishlardir. Uni ta’riflash mumkin: menejment - rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, tejamkorlikni ta’minlash va foyda olish maqsadida ishlab chiqarilgan va amalda qo’llanilayotgan ishlab chiqarishning printsiplari, usullari vositalari va shakllarining yig’indisidir. Menejment - boshqa odamlarning mexnatidan, aql-idrokidan xulq-atvor va boshqa qobiliyatlaridan oqilona foydalanib, qo’yilgan maqsadga erishishdir. Lug’aviy ma’noda menejment — «boshqarmoq» vazifani bajarmoq, ya’ni turli-tuman tashkilotlarda odamlar ustidan rahbarlik qilish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat turidir.
Bundan tashqari menejment ishlab chiqarish jarayonidagi, hamda iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning o’zaro aloqalaridagi insoniy munosabatlarni boshqarish xaqidagi fandir. Bu fan eng yaxshi yutuqlorga erishish maqsadlarida ishlab chiqarish jarayonining o’ziga, hamda shu ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan ishchi xodimlarga ta’sir etishning vositalari hamda usullarini o’rganadi. Va nixoyat menejment «menedjer» so’zidan kelib chiqqan yig’ma tushuncha bo’lib, ruxshunoslikni, jamiyatshunoslikni, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqalarni yaxshi biladigan, boshqarish ishlarini zo’r olib boradigan professional boshqaruvchilarni, bosh direktorlarni, prezidentlarni, rahbarlarni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |