21-Mavzu: Mehnat munosabatlari va mehnatga haq tolash.
(2 soat maruza)
Reja:
1. Ish haqining iqtisodiy mazmuni.
2. Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari.
3. Ish haqining umumiy darajasi va mehnat bozorida ish haqi stavkasining shakllanishi.
4. Mehnat shartnomalarining iqtisodiy mazmuni. Mehnat munosabatlarini shakllantirishda kasaba uyushmalarining roli.
5. Ish haqi darajasini (stavkasini) tabaqalashtirish. Inson omiliga investitsiyalar.
Tayanch soz va iboralar:
Ish haqi, nominal ish haqi, real ish haqi, vaqtbay ish haqi, ishbay ish haqi, ish haqi stavkasi, mehnat shartnomasi, shartnoma munosabatlari, jamoa shartnomalari, ijtimoiy sugurta, mahnat intizomi, mehnat nizolari, ish haqi tolash koeffitsenti.
Biz oldingi mavzularda bozor iqtisodi va unga otish sharoitida yaratilgan ichki milliy mahsulotning bir qismi ishchi va xizmatchilarga tegishli bolib, ular ortasida mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanishini qayd qilgan edik. Ishchi va xizmatchilar tomonidan mehnatga qarab olinadigan daromad ish haqi deb yuritiladi. Ish haqi hozirgi davrda hamma mamlakatlar iqtisodiyotida muhim orin tutadi. SHuning uchun uni tashkil etish va tartibga solish muhim muammo bolib hisoblanadi.
SHuning uchun ham iqtisodchi olimlar ish haqining mazmuniga katta etibor beradilar. Ish haqining mazmunini aniqlashda turli iqtisodchilar turli tomondan yondashib, unga turlicha tarif beradilar.
Masalan, «Yashash uchun vosita minimumi» (D.Rikardo va T.Maltuslarning) kontseptsiyasida ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimumi bilan bir xil deb hisoblaydi. Lekin ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimumi bilan bir xil deb qarash togri emas. Bu minimum oz ichiga ishchi kuchi shakllanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy shart-sharoitlar tugdirgan ehtiyojlarni ham oladi. SHu bilan birga ishchi kuchi bahosining quyi chegarasini yashash uchun zarur vositalar miqdorining minimumi bilan aniqlash, ishga yollovchilar ish haqini mazkur quyi chegaradan pasaytirishga intilishiga olib kelishi mumkin. Iqtisodiy jixatdan rivojlangan mamlakatlarning xojalik amaliyotidagi ish haqining darajasini kuzatish shuni korsatadiki, ishchi kuchi bozorida real ish haqining ortacha darajasi yashash uchun zarur jismoniy vositalar minimumiga qaraganda ancha yuqori darajada ornatilgan.
Qiymatning mehnat nazariyasi (Angliya klasik siyosiy iqtisod maktabi, marksistik yonalishidagi iqtisodchilar) ishchi kuchini alohida, oziga xos tovar deb xisoblaydi. SHu sababli bu nazariya ish haqiga tovar bolgan ishchi kuchi qiymatining ozgargan shakli, yani puldagi ifodasi sifatida qaraydi va uni ishchi kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur bolgan tirikchilik vositalari qiymati sifatida aniqlaydi. Mazkur goya tarafdorlari ishchi kuchi qiymatiga bir qator omillar,avvalo tabiiy shart-sharoitlar, aholining madaniy rivojlanishi, ularning malakasi va ishchi oilasini saqlash hamda ularning tabiiy takror ishlab chiqarish sharoitlari tasir qilishini korsatadi. SHu bilan birga bu goyada hayotiy ehtiyojlar hamda ularning qondirilish usullari mamlakatning ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishida erishilgan darajaga bogliqligi takidlanadi.
Bu fiklar hozirgi davrda ham kopgina kozga koringan i-tisodchi olimlar tomonidan maqullanib takrorlanmoqda. Masalan: A.F. SHishkin, Ye.F. Borisovlar ozlarining «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida ish haqini ishchi kuchi va tovar qiymatining puldagi ifodasi deb tariflamoqdalar.
Bu mualliflar oz fikrlarini asoslashda kopgina olimlar mehnat jarayoni bilan ishki kuchining farqiga bormaganligini, shu sababli bozorda mehnat sotiladi deb fikr yuritishini tanqid qilib bozorda mehnat emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotilishini, bu jarayon yuzaki qaralganda mehnatga haq tolashga oxshab korinishini isbotlashga harakat qilganlar.
Lekin ish haqiga «ishchi kuchi qiymatining puldagi ifodasi» sifatida qarash, aniq ishchi kuchi bozorida ish haqi darajasiga uning unumdorligi, mehnat intensivligi, talab va taklif kabi omillarning tasirini yetarli hisobga olmaydi.
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida juda kop mualliflar tomonidan, jumladan Ekonomiks darsliklarida, 1998 yilda Moskvada chiqarilgan V.D. Kalshev rahbarligida chiqarilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» (rus tili) darsligida, 1997 yilda Toshkentda chiqarilgan A.Olmasovning «Iqtisodiyot asoslari va nazariyasi» oquv qollanmasida va boshqalarda ish haqi mehnat bahosi sifatida talqin qilinadi. Bunda ular asosan bozorda mehnat sotiladi degan bizningcha notogri tushunchaga asoslanishadi. Mehnat ishchi kuchining funktsiya qilish, uning malum maqsadga qaratilgan faoliyat jarayoni bolib, uning na qiymati, na bahosi yoqligi, bu jarayonni bozorga olib chiqib sotib bolmasligi fanda ham, real hayotda ham, iqtisodiy amaliyotda ham hammaga ayon alla qachon isbotlangan xodisadir. SHuning uchun buni isbotlashga harakat qilmasak ham boladi.
Lekin bu goyaning negizida bir ijobiy tomon borki, undan albatta foydalanish zarur. Bu ham bolsa ular malakasi, intensivligi va natijasi bilan boglashga harakat qilganlar. Ish haqining mazmuni togrisidagi turli nazariyalarni, (turli mamlakatlardagi, oz mamlakatimizdagi amaliyotni) umumlashtirib, quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin.
Ish haqi togrisidagi nazariyalarda unga bir tomonlama yondashish xarakteri mavjud bolib, uning murakkab va kop qirrali iqtisodiy jarayon ekanligi ozgina etibordan chetda qolgan korinadi.
Lekin bu nazariyalarning har birida ish haqining u yoki bu tomoniga togri baho berilgan bolib, ularda foydalanish mumkin bolgan ijobiy yoki ratsional magiz mavjuddir.
Ish haqining umumiy darajasi har doim har bir mamlakatda iqtisodiyotning erishgan darajaga, yani, umumiy mehnat unumdorligi, milliy mahsulot hajmi, uning aholi jon boshiga togri keladigan miqdoriga bogliq boladi. CHunki shu mahsulotlarning bir qismi mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi. SHuning uchun ham u turli mamlakatlarda turli miqdorlarda boladi.
Ish haqi tovar sifatida oldi sotdi boladigan ishchi kuchining qiymati bilan bogliqdir. CHunki uning miqdori ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga, ishchining ozini, oila azolarini boqishga yetadigan darajada bolishi lozim.
Ish haqining miqdori va darajasi ishchi kuchining malakasi, uning mehnatning va unumdorligi bilan bogliq boladi.
Ish haqining darajasi har bir firma yoki korxonaning erishgan darajasi bilan, yani ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi, va bir ishchiga togri kelgan miqdori bilan bogliq boladi. SHuning uchun ham u mehnat miqdori, malakasi bir xil bolsada turli firmalarda, turli korxonalarda turlicha miqdorda bolishi mumkin.
Ushbu xulosalardan keyin ish haqining mazmuniga tarif berib aytish mumkinki, ish haqi ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir.
Ish haqining asosiy vazifasi ishchi kuchini sotishdan boshqa daromad manbai bolmagan ishchi xizmatchilarning hayot va mehnat sharoitini yaxshilash mehtanning miqdori va sifatiga bogliqliligini boshqacha qilib aytganda mehnat meyori bilan istemol meyori ortasidagi bogliqlikni taminlashdan iboratdir.
Albatta ishchi kuchi takror hosil qilishda ish haqidan tashqari foiz, renta, foyda, devidend, turli imtiyozlar va nafaqalarning ham roli bor. Lekin ishchi va xizmatchilar kopchiligining hayot manbai mehnatdan keladigan ish haqi va boshqa darodmalardir. Ish haqining mazmunini tolaroq tushunish uchun naminal va real ish haqi tushunchalarini bilish zarurdir.
Ishchi uchun qanday shaklda va qancha summa ish haqi olishi emas, balki unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. SHu sababli nominal va real ish haqi farqlanadi. Nominal ish haqiq bu malum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi. Real ish haqi bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bolgan tovarlar va xizmatlar miqdori. Boshqacha aytganda real ish haqi bu nominal ish haqining «sotib olish layoqati». Oz-ozidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar (va xizmatlar) bahosiga bogliq. SHunday ekan real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bolganda, nominal ish haqiga togri mutanosibdir va istemol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir. Bu miqdorlar nisbatini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin:
VH bu yerda VP-real ish haqi ; VH-nominal ish haqi ;
VP=------
P R - istemol buyumlari va xizmatlarga baho darajasi.
Nominal ish haqi-ishlab topilgan pul daromadi darajasini, real ish haqi esa xodimlarning istemoli va farovonlik darajasini xarakterlaydi.
Ish haqining shakllari va turlari. Ishlab chiqarishning texnik asoslaridagi, ishchilar mehnatining mazmunidagi, ularga bilim berish va kasbkorlikka orgatish borasidagi ozgarishlar munosabati bilan ish haqi shakli va tizimlari ham ozgarib boradi. Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli: vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi. Vaqtbay ish haqida uning darajasi xodimning malakasi, mehnatning sifati va ishlagan vaqtiga qarab belgilanadi. U odatda mehnatning natijalarini aniq hisoblab bolmaydigan, balki ular aniq vazifalar doirasini bajarish bilan belgilanadigan vaqtda (masalan, injener-texnik xodimlar va xizmatchilar, sozlovchilar, elektromontyorlar va shu kabilarga haq tolashda) yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining borishi bilan belgilanadigan va bevosita ishchiga bogliq bolmagan paytlarda (masalan konveyerlar va avtomat liniyalarida ishlash) qollaniladi.
Ishbay ish haqida ish haqining miqdori mahsulot birligi uchun belgilangan tolov(ratsenka)ga muvofiq, tayyorlangan mahsulotning soniga bogliq bolishini nazarda tutadi. Mahsulot birligi uchun ratsenka (tolov), tarif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish normasiga taqsimlash yoli bilan aniqlanadi. Haq tolash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari ish haqining tizimini tashkil qiladi. CHunonchi, ishchilarning bir qismiga togri ishbay tizimi boyicha haq tolanadi. Bunda ishlab chiqarish normasi qay darajada bajarilishidan qatiy nazar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun belgilangan ratsenka boyicha tolanadi.
Ishbay-mukofot tizimi bir qancha korsatkichlar uchun mukofot berishni nazarda tutadi. Ishbay-progressiv haq tolashda ishchining belgilab qoyilgan norma doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun asosiy va ozgarmas ratsenka boyicha ish haqi beriladi, normadan yuqorisiga esa oshirilgan haq (ratsenka) boyicha pul tolanadi. Ishbay-ish haqining tizimida yakka tartibdagi, jamoa va ijara pudratida qollaniladigan mehnatga haq tolash farqlanadi. Bunda olingan tayyor mahsulot uchun uning sifati va ishlab chiqarish chiqimlarini hisobga olib haq tolanadi. Haq tolashning jamoa shaklida ish haqi brigada, tsex va boshqa bolinmaning pirovard mehnat natijalariga bogliq qilib qoyiladi. Bunda har bir xodim faqat oziga berilgan shaxsiy topshiriqlargagina emas, balki shu bilan birga bolinmaning butun ish xajmini ham bajarishdan manfaatdor boladi.
Ish haqining umumiy darajasi. Mamlakatda ish haqining umumiy darajasi jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanish darajasiga : foydalaniladigan asosiy kapital va tabiiy resurslar miqdoriga, texnologiyaga, mehnat sifati va uning unumdorligiga tasir qiluvchi boshqa omillarga bogliq. Ish kuchi resurslariga talab har qanday boshqa resurslarga talab kabi uning unumdorligiga bogliq. Mehnat unumdorligi qancha yuqori bolsa, unga bolgan talab ham shuncha yuqori boladi. Mehnatning mazkur yalpi taklifida talab qancha yuqori bolsa, real ish haqining ortacha darajasi shuncha yuqori boladi. Mehnat unumdorligini belgilab beruvchi yuqoridagi keltirilgan omillarni batafsil qarab chiqamiz.
Kapital. Ishchi mehnati qanchalik kop miqdordagi asosiy kapital bilan uygunlikda foydalanilsa, mehnat unumdorligi ham shunchalik yuqori boladi.
Tabiiy resurslar. Mamlakat ishchi kuchi miqdoriga nisbatan hisoblanganda tabiiy resurslar haydaladigan yerlar, asosiy mineral resurslar va energiya manbalariga qanchalik boy bolsa, mehnat shunchalik yuqori mahsulli boladi.
Texnologiya. Nafaqat kop miqdordagi, balki eng yaxshi sifatga ega bolgan asosiy kapitalni taqozo qiluvchi ishlab chiqarish texnologiyasi mehnat unumdorligining eng muhim omillaridan biridir.
Mehnat sifati. Ishchilarning sogligi, talim va tayyorgarlik darajasi, hamda mehnatga bolgan munosabati qanchalik yuqori bolsa ularning mehnati samarasi ham shunchalik yuqori boladi.
Ishchilar mehnatning yuqori unumdorligini taminlaydigan kam sezilarli, ammo muhim bolgan boshqa omillar ham mavjud boladi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
A) boshqarishning samarali va qulay tizimi;
B) ishlab chiqarish va unumdorlikni ragbarlantiruvchi ijtimoiy va siyosiy shart-sharoit;
V) korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish imkoniyatini taminlaydigan ichki bozorning mavjud xajmi.
Aniq mehnat bozorida ish haqining shakllanishi. Endi ish haqining umumiy darajasidan uning aniq stavkasining aniqlanishini tahlil qilishga otamiz. Ish haqining miqdori avvalo ishchi kuchiga bolgan talab va taklif tasiri ostida shakllanadi. Ishchi kuchiga bolgan talab ishga yollovchining xohishini aks ettiradi. Boshqacha aytganda ishchi kuchiga bolgan talab hosila talab deyiladi. Ishchi kuchi taklifi ishchining mehnat qilishga bolgan xohishini aks ettiradi va ish haqining dinamikasiga teskari mutanosib bogliqlikda tasir korsatadi. Boshqacha aytganda, agar ishchi kuchining taklifi ishlab chiqarish boshqa omillarining taklifiga nisbatan cheklangan bolsa, ish haqining osishi roy beradi.
Kopchilik mamlakatlarda ish haqining taklifi quyidagi omillar bilan aniqlanadi: aholi soni, umumiy aholi sonida mehnatga layoqatlilar ulushi, ishchining yil davomida ishlagan ortacha soatlar soni, mehnati sarflangan ishchining malakasi, mehnatining miqdori va sifati. Grafikda ishchi kuchiga talab va taklif egri chiziqlarini joylashtirib, Ye muvozanatli nuqtani hosil qilamiz. Grafikda ish haqining muvozanatli stavkasi WC , yollangan ishchilar soni esa QC-tashkil qiladi.
Ish haqining miqdori.
Ish haqi stavkasining hosil bolishi bozorning turli nusxa (model)larida oziga xos xususiyatga ega boladi. Ishchi kuchining sof raqobatli bozori quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi:
1. Mehnatning aniq turini yollashda ko’p sonli firmalar bir-biri bilan raqobatlashadi.
2. Bir xil malakaga ega bo’lgan, ko’p sonli malakali ishchilar bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda o’z ish kuchini taklif qiladi.
3. Firmalar xam, ishchilar ham ish haqining bozor stavkasi ustidan nazorat qila olmaydi.
Ishsizlik mavjud bolmaganda ishga yollovchi firmalar koproq ishchi yollash uchun ish haqining ancha yuqori stavkasini tolashga majbur boladi. CHunki firma bu ishchilarni boshqa tarmoq va korxonalardan jalb qilishi zarur boladi. Ancha yuqori ish haqi, hali ishchi kuchi tarkibiga kirmagan kishilarning ish izlashini ragbarlantirish uchun ham zarur.
Qisqacha qilib aytganda, sof raqobatli bozorda ish haqi muvozanatli stavkasi va ishga yollanuvchilarning muvozanatli soni aniq ishchi kuchiga bolgan yalpi talab va yalpi taklif tasir ostida aniqlanadi. Ishga yollovchi monopolistik kuchga ega bolgan ishchi kuchi bozori quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi:
1) Mazkur firmada band bolganlar soni mehnatning qandaydir aniq turi bilan band bolganlarning asosiy qismini tashkil qiladi;
2) Mehnatning mazkur turi nisbatan xaraktersiz hisoblanadi (geografik omilga kora yoki ishchi boshqa ish topganda yangi malakani ozlashtirishga majburligi tufayli);
3) Firma ish haqi ustidan hukmronlik qiladi, yani firma tolash zarur bolgan ish haqi stavkasi yollanadigan ishchilar soniga togri bogliqlikda joylashadi;
Alohida hollarda yollovchilar mohiyati bilan toliq manodagi monopolistik xukmronlikka ega boladi. Oligopoliya mavjud bolgan boshqa hollarda, uchta yoki tortta firma aniq bozordagi ishchi kuchi taklifining katta qismini yollashi mumkin. Bu yerda muhim holat quyidagi hisoblanadi: firma mavjud aniq mehnat turi taklifining asosiy qismini yollaganda uning kop yoki kam ishchilarni yollash haqidagi qarori shu mehnat uchun tolanadigan ish haqi stavkasiga tasir korsatadi. Xususan agar firma ishchi kuchi bozoriga nisbatan katta bolsa u koproq ishchini jalb qilishi uchun ish haqini ancha yuqori stavka boyicha tolashga majbur boladi.
Ishga yollash boyicha korxona mamuriyati va ishchilar ortasidagi munosabat mehnat shartnomalari yordamida shakllanadi. Mehnat shartnomalari avvalo ish haqi stavkasi, normadan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka, dam olish kunlari va tanaffuslar, pensiya fondlari va sogliqni saqlashga ajratmalar, hamda baholarning ozgarishini hisobga olib istemolchilik savati qiymatini tartibga solish kabi paketlarni oz ichiga oladi. Keyin mehnat sharoiti masalalari qarab chiqiladi. Nihoyat, qator tashkiliy masalalar hal qilinadi. Odatda kelishuv bir necha yilga (asosan uch nusxa) tuziladi.
Ayrim hollarda davlat ham korxona mamuriyati va ishchilar ortasidagi ozaro munosabatlarga tasir korsatishi mumkin. Asosan bu ish tashlash masalalariga tegishli. Ammo ish tashlash huquqi «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar haqidagi xalqaro paket»da mustahkamlangan asosiy ijtimoiyiqtisodiy huquq va erkinliklar jumlasiga kiradi.
Kopchilik mamlakatlarda mehnat munosabatlarining rivojlanishida bosh masala ishsizlikni ijtimoiy kafolatlashga, ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash va ish haqini oshirish imkoniyatlari bilan bog’liq masalalar hisoblanadi. Bu muammolarni hal qilishda asosiy rolь kasaba uyushmalariga tegishli bo’ladi.
Biz yuqorida sof raqobatli bozorda ishchilar o’zlarining ishchi kuchini sotishda faol raqobatlashadi degan faraz bilan cheklandik. Ko’pchilik bozorlarda ishchilar ozlarining ish kuchini kasaba uyushmalari orqali jamoa bolib «sotadi». Kasaba uyushmalari nisbatan kop sonli ishga yollovchilar bilan muzokaralar olib boradi va ularning asosiy iqtisodiy vazifasi ish haqini oshirishdan iborat boladi. Kasaba uyushmalari bu maqsadga turli xil yollar bilan erishishi mumkin.
Ularning asosiylarini qarab chiqamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |