Ff = Fd - Ix
Bu yerda: Ff firma foydasi;
Fd firma daromadi;
Ix ishlab chiqarish harajatlari (tannarx).
Foyda moddiy jixatdan yaratilgan qoshimcha mahsulotning korxona ozlashtirgan bir qismi xolosdir. Chunki, qoshimcha mahsulotning hamma ham foyda shaklini olavermaydi, u boshqa ijtimoiy korinishlarga ham kiradi. Odatda, bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda faqat pul shaklida boladi, u iqtisodiyotda ishlovchi subektlarning umumlashgan iqtisodiy natijasi, iqtisodiy faoliyat mezoni va pirovard maqsadidir.
Foyda shunday murakkab iqtisodiy korsatkichki, uning vujudga kelishi, taqsimlanishi va istemol qilinishi iqtisodiyotda bir qancha omillar bilan bogliqdir. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: mahsulotning ishlab chiqarish chiqimlari (tannarx), sifati, ishlatilgan xom-ashyo, yoqilgi, texnologik liniyalar qiymati va sifati, ishchi mutaxassislar kasb mahorati, madaniyati, manaviyati kabilar. Foyda massasiga yana tejamli va chiqindisiz texnologiyalar qollash, tadbirkorlik saloxiyati, ilgor ish va boshqaruv usullarini qollash kabilar ham tasir etadi. Xulosa qilib aytganda, foyda korxona faoliyatining haqiqiy iqtisodiy samarasidir.
Foyda bozor iqtisodiyotining kategoriyasi, tovar ishlab chiqaruvchilarning oliy maqsadidir. Ayni chogda u juda keng ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tushunchasidir. Firma fondlarini kengaytirish, sifat jihatdan yangilash, xodimlarning ragbatlantirilishi, dam olishi, davolanishi, tabiiy va soglomlashtirish markazlarining mavjudligi va ishlashi, bolalar bogchalari va tarbiya muassasalarining taminoti foyda bilan bogliqdir. SHuningdek, foyda davlat byudjetiga tushumlar, tolovlar, xayriya fondlari, kredit foizlari, harajatlarni qoplash kabi miqdorlarga yonaltiriladi.
Foyda goyat boy mazmun va tuzilishga ega bolgan iqtisodiy kategoriyaki, davlat va jamiyat hayotining barcha jihatlarida u bilan bogliq, munosabatlar vujudga keladi. SHuning uchun uning shakllanish manbalari yoki uning turlari haqida tasavvurga ega bolish maqsadga muvofiqdir.
Foydaning turlari quyidagilardir:
1) Mahsulot sotishdan (xizmat korsatish) olingan yalpi foyda. Uning miqdori mahsulot bahosi bilan ishlab chiqarish harajatlari ortasidagi farq bilan belgilanadi.
2) Asosiy faoliyatdan olingan foyda (qarzdordan ondirib olingan jarimalar, peniyalar, joriy yilda aniqlangan otgan yillar foydasi, yordamchi xojaliklardan tushgan daromadlar, korxona mulkini sotishdan tushgan daromad kabilar).
3) Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda (shoba korxonalar va uyushmadagi korxonalardan olingan dividentlar, ularga berilgan qarzlar yuzasidan olingan foizlar, investitsiya qilingan mablaglarni qayta baholashdan olingan foyda kabilar).
4) Favqulodda olingan foyda (kozda tutilmagan, odatdagi harakterda bolmagan korxona faoliyatidan chetga chiqadigan harakat natijasida tushgan daromadlar).
Bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda olmaydigan korxonaning istiqboli yoq, u xonavayron boladi. Yangi iqtisodiy tizimda iqtisodiy holat sohasining har bir subekti ortacha (normal) foyda olib ishlashi lozim. Bunday foyda firmaning saqlanib qolishiga malum dastak bolishi mumkin. Agar firma arzon xom-ashyo, ish kuchi, zamonaviy texnologiya, qulay sotish bozori, foiz stavkasi pastroq kredit va boshqa qulay tabiiy-iqtisodiy imkoniyatlarga ega bolsa, foyda ortiqcha (kop) olishi ham mumkin. Agar firma monopol, yani faqat ungagina tegishli qulay imkoniyat egasi bolsa u monopol foyda ham ozlashtiradi. Demak, bunday korxona ham oddiy foyda, ortacha foyda, ortiqcha foyda, ham monopol foyda ozlashtiradi. Masalan, biron mahsulotni faqat bir ozi chiqarsa yoki tabiiy cheklangan imkoniyatga ega bolsa, faqat shunday firma monopol foyda egasi boladi. Kopgina mamlakatlarda xususan bizning Respublikamizda ham shunday korxonalar bor.
Bozor iqtisodiy holati sharoitida firma tovarlarni shunchaki ishlab chiqaruvchi emas. Balki tijorat faoliyati bilan ham shugullanishi mumkin. Albatta, tijorat ishi har qanday iqtisodiy faoliyat kabi malum chiqimlarr bilan bogliqdir. U tovarlarni tashish, saqlash, sortalash, bezash, reklama qilish, bozorlarni korish yoki idoraga harajatlar qilish maqsadlariga ham pul sarflanadi (chiqim qiladi). Bu harajatlar tijorat harajatlari deb ataladi. Bu harajatlar ham tovar baholari orqali qoplanishi va tijorat foidasi keltirilishi kerak. Xozirgi sharoitda tijorat daromadi ham bozor subektlarining daromad shakli bolib, uning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Bozor iqtisodiy holatida faqat oz mablagi, sarmoyasi bilan tiklanish yoki rivojlanishi juda qiyin masala.
Firmaning normal faoliyati oz ornini saqlab qolish va rivoj (kamol) topish kuch jixatdan kredit (qarz) mablag bilan ham kafolatlanadi. Albatta, kredit tovar bolgani uchun ham u tekinga berilmaydi, u malum xaq evaziga, malum foiz tolash sharti bilan beriladi. Biroq kredit olishdan maqsad korxona faoliyatini yaxshilash, qoshimcha mahsulotni kopaytirish vositasidir. Kredit olgan korxona yaratilgan qoshimcha mahsulotining (foydaning) bir qismini bank foizi uchun tolasa, qolgan qismi uning soxibkorlik, tadbirkorlik daromadi boladi. Demak, foiz qarzga olingan sarmoya uchun tolangan xaqdir, kredit berilgan korxona uchun daromadning bir manbaidir. SHuni aytish kerakki, bozor iqtisodiy holati firmalar uchun ham iqtisodiy faoliyat turlarini kengaytiradi, cheklamaydi. Uning faoliyatini diversifikatsiyalash (kop tarmoqli qilish) imkoniyatini yaratadi. Zero, bozor iqtisodiy holatining kuchli unsuri bolgan raqobat kurashi diversifikatsiyalashni taqozo etadi. Buning manosi shundaki, diversifikatsiya sharoitida korxona daromad olish yoki ozini raqobatdan himoya himoya qudratini yaratadi. Natijada daromad foyda olishning shakllari ham kopayadi.
Foyda ham jamiyat miqiyosida (makroiqtisodiy holat darajasida) ham, korxona (mikroiqtisodiy holat darajasida) ham jamgarish fondini tashkil etishda manba bolib xizmat qiladi. Jamgarish esa iqtisodiy osish, ravnaq topish manbai bolish bilan birga bozor raqobatchilik sharoitida korxonani himoyalashning asosiy omilidir. Foyda tushunchasi ayrim olingan yakka subekt uchun ham taalluqli ekanligini ham unutmaslik kerak.
Foydani maksimallashtirish va zararni minimallashtirish shart-sharoitlari. Bozor iqtisodiy holati sharoitida korxona faoliyatining samarali bolishi shartlaridan biri bu uning shunchaki foyda olishini taminlashgina emas, shu bilan birga olinadigan foyda masalasini maksimallashtirish (kopaytirish) juda muxim ahamiyata ega. Umumiy tarzda qaraganda foydani maksimallashtirish koriladigan zararni minimallashtirish (eng kam zarar korish) bilan bogliqdir.
Foyda korxonaning raqobatbardoshligini oshirib borishning moliyaviy manbalaridan eng muhimidir. SHunday ekan, bu masala korxona jamoasining diqqat markazida turishi lozim. Foydani maksimallashtirishi shart-sharoitiga quyidagilarni kiritish mumkin:
Korxona oz mahsulotining tannarxini uzluksiz pasaytirib borishiga harakat qilishi, ishlab chiqarish va sotish harajatlarini kamaytirish hamda boshqa omillarni safarbar qilish demakdir. Buning uchun xom-ashyo qol materiallari va boshqa mexnat ashyo qurollarini arzon turlaridan foydalanish, ularni tejaydigan va chiqindi qilmaydigan texnologiyalar ornatish;
Imtiyozli kreditlar olishga erishish va kreditni oz vaqtida belgilangan foiz bilan qaytarish;
sifatsiz, qoloq, jaxon standartlari, halqaro bozor talabiga mos bolmagan tovarlar ishlab chiqarishga yol qumaslik;
eksportbop tovarlar ishlab chiqarishga tola moslashish, ichki va tashqi bozor talablarini tola hisobga olish asosida ish korish;
korxona mahsulotlariga oldindan buyurtma olish asosida ishlashni taminlash;
ozaro tovar yetkazib berish shartnoma va bitimlarni tola va oz muddatida bajarishga erishish;
mutaxassis va xodimlarni ragbatlantirib borish asosida ularning manfaatdorligi hamda masuliyatliligini oshirish kabilar.
Amaliy xojalik holatida shunday ham boladiki, korxona faoliyatida foyda bilan chiqish mumkin, biroq uni togri tasarruf eta bilmaslik xojalik yuritishda katta xatolarga yol qoyish oqibatida korxona ixtiyorlarida sof foyda qolmasligi mumkin. Masalan, korxona yil yakuniga kora 10 mln. som foyda oldi deylik, biroq korxona olingan buyurtmani bir oy kechiktirib bajargani uchun 5 mln. som buyurtmachi zararini qoplash talab etildi. SHuningdek, bankdan olingan kreditni qaytarish muddati 2 oyga chozib yuborish hisobiga 3 mln.som miqdorida tovon tolash talab etildi. Demak, olingan foydaning 8 mln. somi samarasiz ketdi. Bunday holat korxona jamoasining bir yillik ijobiy ish faoliyatini samarasiz bolishiga sabab boladi.
Korxona diqqat markazida turadigan ikkinchi muxim masala koriladigann zararni eng kam darajaga tushirish holi zarar olishga yol qoymaslikdir. Zarar korishni minimallashtirish uchun eng muxim omil raxbar va xodimlarning iqtisodiy savodxonligiga erishishdir. Zero har bir ishlovchi moliyaviy zarar korishining salbiy oqibatlarini chuqur idrok eta olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |