(2 soat maruza)
Reja:
Ishlab chiqarish fondlari va ularning aylanishi
Ishlab chiqarish harajatlari va ularning turlari.
Doimiy, ozgaruvchan, yalpi harajatlar. Tannarx
Daromad va foyda.
Tayanch soz va iboralar:
Ishlab chiqarish jarayoni, doimiy, ozgaruvchan, umumiy xarajatlar, aylanma fondlar, asosiy fondlar, undagi mavjud boladigan xarajatlar, korxona foydasi, rentabelligi.
Ishlab chiqarish fondlari va ularning aylanishi.
Odatda takror ishlab chiqarish yakka tarzda, ayrim hojalik yurituvchi subekt, firma (korxona) doirasida amalga oshadi. Buning uchun firma hisobidan, uning «chontagi» dan ishlab chiqarish harajatlari, chiqimlar qilinadi. Bu harajatlar moddiy va pul shakllarida sarflanadi. Garb iqtisodiyotida korxonani ishlab chiqarish uchun avanslangan resurslarni investitsional resurslar deb yuritiladi. Bu resurslar korxonaga tegishli boladi, uning ixtiyolri va tasarrufida harakatlanadi. Investitsion resurslarning qiymat (pul) shaklida firma (korxona) tasarrufida bolishi, yani ularning firmaga biriktirilishiga ishlab chiqarish fondlari deyiladi. Korxona fondi pul, ishlab chiqarish va tovar shakllarini oladi. Bu yerda shuni eslatib otish kerakki, ayni bir vaqtda firmaning bir qism resursi pul shaklida, ikkinchi qism resursi unumli (ishlab chiqarish shaklida), uchinchi qism resursi tovar shaklida bolib, ular navbatma-navbat orinlarini almashtirib turadi. Korxona fondlarining doim, bosqichma-bosqich har uchchala bosqchni bosib otib qiymat shaklida avvalgi, asliga qaytib turish jarayoniga qimmati qollangan boshqa fondlar aylanishi deyiladi. Boshqacha qilib aytganda korxona fondlari doiraviy aylanishining uzluksizligi fondlar aylanishidir.
Fondlar aylanishida barcha fondlar bir hilda aylanmaydi. Bazi ishlab chiqarish fondi bir marta aylanishda bolganida boshqa fondlar bir necha marta doiraviy aylanishini otkazadi. Masalan, fabrika binosi 100 yilda bir marta aylansa (yani 100 yilda uning qiymati qaytarib olinsa) mashina va asbob uskunalar 510 marta, xom-ashyollar 3040 marta va ishchi kuchi uchun avanslangan pul resursi bundan ham koproq doiraviy aylanishni otkazadi. Ana shunga kora fondlar asosiy va aylanma fondlarga bolinadi.
Korxonaning asosiy fondlari deb fondlarning shunday qismiga aytiladiki, ular ozlarining qiymatini yangi mahsulotga asta-sekin, yemirilishga qarab otkazib boradi. Bunda ular ozining natural (buyum) shaklini saqlab qoadi. Bularga bino va inshootlar, mashina, mexanizmlar, asbob-uskunalar, transport va aloqa vositalari kabilar kiradi. Asosiy fondlar korxona iqtisodiy saloxiyatining juda muxim korsatkichidir. Albatta, ilmiy texnika taraqqiyoti tufayli korxonaning asosiy fondlari yangilanib, takomillashib boradi. Korxonaning asosiy fondlar bilan qanchalik taminlanganligi mexnatning fondlar bilan qurollanishi korsatkichi orqali ifodalanadi.
Fondlar samaradorligi esa fond qaytimi korsatkichida ifodalanadi. Bu korsatkichni quyidagicha ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |