Mehnatga talabni oshirish. Kasaba uyushmalar nuqtai nazaridan ish haqini oshirishning eng qulay usuli mehnatga bolgan talabni kengaytirish hisoblanadi. Mehnatga bolgan talabning ortishi natijasida ish haqi stavkasi ham, ishchi orinlari soni ham ortadi. Kasaba uyushmalari mehnatga bolgan talabni belgilovchi bir yoki bir necha omillarni ozgartirish yoli bilan ishchi kuchiga bolgan talabni kopaytirish mumkin.
Xususan, ular quyidagilarga erishishga xarakat qiladi:
1) ishlab chiqariladigan mahsulot yoki korsatiladigan xizmatga talabni oshirish;
2) mehnat unumdorligini oshirish
3) ishchi kuchi bilan birgalikda foydalanadigan boshqa ishlab chiqarish omillari baholarini ozgartirish.
Mehnat taklifini qisqartirish. Kasaba uyushmalari mehnat taklifini qisqartirish yoli bilan ish haqi stavkasini oshirishi mumkin.
Bunga quyidagi yollar bilan erishiladi:
a) immigratsiyani cheklash;
b) bolalar mehnatini qisqartirish;
v) pensiyaga muddatida chiqishni qollab-quvatlash;
g) ish haftasini qisqartirishga yordam berish.;
Bulardan tashqari kasaba uyushmalari tadbirkorlarni oz azolarini ishga yollashga majbur qilib, mehnat taklifi ustidan toliq nazorat ornatadi. Kasaba uyushmalari oz azolari sonini qisqartirish siyosati orqali (masalan, uzoq muddatli oqitish, yangi azolarni qabul qilishni cheklash yoki taqiqlash) mehnat taklifini suniy ravishda qisqartiradi. Bu, oz navbatida, ish haqi stavkasining ortishiga olib keladi.
Kasbni malakali litsenziyalash. Bu malum mehnat turi taklifini cheklash vositasi hisoblanadi. Bunda kasaba uyushmalari korxona mamuriyatiga kasbdagi ishchilar aniq korsatilgan talablarga javob bergan taqdirda ishga qabul qilishga tasir korsatadi. Bu talablar oz ichiga ishchining talim darajasi, mutaxassislik boyicha ish staji, imtihon natijasi va shaxsiy tavsiflarini oladi.
Kasaba uyushmalari jamoa shartnomalari tuzishda monopol xolatga ega bolgan tadbirkorlarga qarshilik korsatish yoli bilan ham ish haqi stavkasini oshirishga erishishi mumkin. Buning natijasida ish haqini oshirish bilan bogliq qoshimcha sarflar, yangi ishchi kuchini yollash natijasida olinadigan qoshimcha mahsulot xajmidan ortiq boladi.
Ayrim hollarda kasaba uyushmalarining ish haqi stavkasini muvozanatini darajadan yuqori ornatishga harakati, bandlilikning, yani ish bilan band ishchilar sonini kamayishiga olib kelishi mumkin. Bu,oz navbatida, kasaba uyushmalarining ish haqini oshirish boyicha talabiga qarshi tasir korsatadi. Ish haqini oshirishning ishsizlikka tasirini kasaba uyushmalari ikkita yol bilan yumshatishi mumkin. Birinchidan, iqtisodiyotning vaqti bilan odatdagi osishi mehnatning kopchilik turlariga talabning oshishini keltirib chiqaradi. Ikkinchidan, ishsizlik miqdori mehnatga bolgan talabning ozgaruvchanligiga bogliq. Talab qanchalik ozgaruvchan bolsa, ishsizlik miqdori shunchalik kam boladi va bu ish haqi stavkasining kopayishi bilan birga boradi. Hozirgi zamon mehnat munosabatlari, yozida davlatning tasirini ham aks ettiradi. Davlatning qonunchilik faoliyati mehnat munosabatlarining barcha tomonlarini qamrab oladi. U nafaqat iqtisodiyot davlat sektorining ishchi kuchiga bolgan talabini bildiradi, balki uni xususiy sektorda ham tartibga soladi, milliy iqtisodiyot miqyosida ishga yollashning asosiy olchamlarini aniqlaydi.
Mehnat munosabatlariga davlatning ijtimoiy dasturlari (kam taminlangan oilalarga yordam, ishsizlik boyicha nafaqa, har-xil ijtimoiy tolovlar, pensiya taminoti va boshqalar) katta tasir korsatadi. Bu dasturlar bozor taxlikasi yuqori bolgan davlatlarda aholining ijtimoiy iqtisodiy ahvolini barqarorlashtirishga malum bir darajada ijobiy tasir korsatadi.
Davlatning mehnat bozoridagi vositachilik roli ham mehnat munosabatlariga sezilarli darajada tasir korsatishi mumkin. Jumladan, oziga qisman ishchi orinlarini qidirish va tavsiya qilish hamda ishga joylashtirish boyicha umummilliy dasturni ishlab chiqarish vazifalarini oladi. Ishchilarni oqitish va qayta tayyorlashning davlat tizimi, bozorning ozgaruvchan talablariga tez moslashishga imkon beradi.
Amaliy hayotda ish haqining darajasi(stavkasi)dagi farqlar quyidagi obektiv omillar asosida kelib chiqadi:
1. Ishchilar layoqati hamda kasbiy tayyorgarlik darajasi boyicha farqlanadi va natijada bir-biri bilan raqobatlashmovchi malaka guruhlariga ajraladi.
2. Ish turlari ozlarining xilma-xilligi va jozibadorligi bilan farqlanadi.
3. Ishchi kuchi bozori odatda raqobatning cheklanganligi bilan xarakterlanadi. Hatto bir kasbdagi ishchilar ozlarining aqliy va jismoniy layoqatlari hamda talim va tayyorgarlik darajalari bilan bir-biridan sezilarli farqlanadi. SHu sababli ularning ish haqi darajasida farqlar mavjud boladi. Har-xil kasbdagi ishchilarga raqobatlashmovchi guruhdan iborat deb qarash mumkin. Bu guruhning har biri shu guruhning tarkibini aniqlab beruvchi bir yoki bir nechta kasьlarni o’z ichiga olishi mumkin. Masalan, aholining nisbatan ko’p bo’lmagan qismi, neyro-xirurg, musiqashunos, ximik-tadqiqodchi bolish layoqatiga ega va shunda ham ularning faqat kam qismigina zarur tayyorgarlikni olish uchun moliyaviy mablaglarga ega boladi. Natijada kasblarning bu aniq turlarining taklifi kam, ularga bolgan talab esa ancha yuqori boladi va shunga mos ravishda ish haqi darajasi ham yuqori boladi. Bu va shunga oxshash guruhlar bir-biri bilan yoki boshqa malakali va orta malakali ishchilar bilan raqobatlashmaydi. Ammo mazkur holat, aniq kasbning minglab turlaridan har biri ishchilarning alohida raqobatlashmovchi guruhini tashkil qilishini bildirmaydi. Turli kasbdagi qator malakasiz va orta malakali ishchilar bitta raqobatlashmovchi guruhga tegishli bolishi mumkin. Masalan, avtomobilga yog quyish tarmogining ishchisi, qishloq xojaligida band ishchilar va malakasiz qurilish ishchilari bitta raqobatlashmovchi guruhga kiritilishi mumkin, chunki ulardan har biri boshqasining ishini bajara oladi.
Vaqt otishi bilan ishchilar albatta bitta raqobatlashmovchi guruhdan boshqasiga otishi mumkin, chunki ular talim va tayyorgarlik tizimi yordamida ozlarining layoqatini rivojlantiradi va kasbga ega boladi. Masalan, malakasiz ishchi oquv yurtida bilim olib, hisobchi yoki huquqshunos bolishi mumkin. Lekin har xil kishilarda tugma layoqat va yuilim olish imkoniyati turlicha bolishi raqobatlashmovchi guruh ish haqini tabaqalashtirishni saqlab qolishni taqozo qiladi.
Raqobatlashmovchi guruh tushunchasi, ishchilarning cheklangan qismi bajarishi mumkin bolgan ishlarning har xil turi uchun ish haqini tabaqalashtirish zarurligini bildiradi. Ishchi kuchining xarakatchanligini har xil cheklashlar ham bir xil ishlarga ish haqidagi farqlar bolishini tushuntirishga yordam beradi. Bunga xarakatchanlikni geografik muassasaviy va ijtimoiy cheklashlarni misol qilib keltirish mumkin. Ishchilar sof geografik jixatdan bitta yashash joyiga boglanib qolgan. Ularga qarindoshlari, dostlarini tashlab ketish, uylarini sotish, bolalarini yangi yashash joyidagi maktabga joylashtirish kabi yangi ish bilan bogliq sarflar va noqulayliklar qiyinchiliklar tugdiradi. Geografik harakatchanlik asosan mehnat konikmasiga ega bolgan va pensiya olishi kafolatlangan katta yoshdagi ishchilar uchun oz orniga ega bolmaydi. Harakatchanlikni geografik cheklashga har xil tashkilot va muassasalar ornatadigan suniy cheklashlar qoshimcha bolishi mumkin. Masalan, tarmoq kasaba uyushmalari oz maqsadlaridan kelib chiqib ularning azolari sonini cheklaydi. CHunki tarmoqda ishchilar kop bolsa, ularning ish haqi pasayadi. SHuni ham tan olishimiz zarurki, kopchilik mamlakatlarda mehnat qonunchiligi mavjud bolishiga qaramasdan bir hil ish uchun ayollar erkaklarga qaraganda kam ish haqi oladi. Bu irqiy va milliy kamsitish bilan birga xarakatchanlikni ijtimoiy cheklashga misol bola oladi.
Qarab chiqilgan barcha uchta omil ish haqining amalda tabaqalanishini tushuntirishda malum rol oynaydi.
Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo davlat tarif tizimi yordamida amalga oshiriladi. Tarif tizimi majmui yordamida tarmoqlar va mamlakat mintaqa boyicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasi tartibga solib turiladi.
Tarif tizimi tarif-malaka spravochniklarini va ish haqiga har xil koeffitsientlarini oz ichiga oladi.
Tarif-malaka spravochniklari ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil tarifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va konikmalariga qoyiladigan talablardan iborat boladi, shuningdek, unda bu ishni tariflash uchun qoyiladigan razryadlar ham korsatiladi. Birinchi razryad bilan ishchilardan uzoq vaqt tayyorgarlikni talab qilmaydigan eng oddiy ishlar, oxirgi (eng yuqori) razryad bilan esa eng murakkab ishlar tariflanadi. Ulardan ishchilarga malaka razryadlari berish uchun foydalaniladi.
Tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffitsientlari ham bolib , ular birinchi razryadli ishchiga haq tolash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq tolashning ozaro nisbatini korsatadi (birinchi razryadning tarif koeffitsienti hamma vaqt birga teng).
Tarif stavkalari tegishli razryadga ega bolgan ishchining mehnatiga tolanadigan haq miqdorini belgilab beradi. Bunda boshlangich nuqta muayan tarif setkasida belgilangan birinchi razryad stavkasidir. Birinchi razryadning tarif stavkasini tegishli tarif koeffitsientiga kopaytirish yoli bilan har qanday razryadli ishchining tarif stavkasi aniqlanadi.
Mehnat qilish sharoiti ogir va zararli bolgan ishchilarga tarif stavkasiga qoshimcha haqlar belgilanadi. Tarif stavkalariga ustamalar shaklidagi haq (razryadlar boyicha farqlantirilgan) professional mahorat uchun belgilanadi.
Alohida tarmoqning xalq xojalik ahamiyatiga qarab amalda ish haqini va mansab maoshlarini farqlantirish ishlari amalga oshiriladi. Bunda mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega bolgan yetakshi tarmoqlarga tajribali, malakali qadrlarni jalb etish, bu tarmoqlarda ishchi va xizmatchilar tarkibi barqaror bolishini taminlaydigan sharoitlarni vujudga keltirish maqsadi kozlanadi.
Inson kapitaliga investitsiyalar. Ishchilarning raqobatlashmovchi guruhlari demak ish haqini tabaqalashtirish kop darajada inson kapitaliga har xil investitsiyalar qilinishi tufayli mavjud boladi. Inson kapitaliga investitsiyalar bu ishchilarning malakasi va layoqatini yoki bishqacha aytganda, mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan ijobiy xarakat hisoblanadi. Umuman inson kapitaliga investitsiyalarning uchta turi ajratilib korsatiladi: Birinchidan, talimga sarflar-umumiy va maxsus, rasmiy va norasmiy talimga, ish joyida malaka oshirishga va shu kabilarga qilinadigan sarflarni oz ichiga olib , inson kapitaliga investitsiyalarning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Talim ancha malakali va ancha mahsulli ishchi kuchini shakllantiradi.
Ikkinchidan, sogliqni saqlashga qilinadigan sarflar ham katta ahamiyatga ega. Zero, kasalliklarning oldini olish, tibbiy xizmat korsatish, parxez ovqatlanish va yashash sharoitini yaxshilashga sarflar kishilarning umrini uzaytiradi, ishchilarning mehnat unumdorligini va ishlash layoqatini oshiradi.
Uchinchidan, harakatchanlikka sarflar inson kapitaliga investitsiyalarning navbatdagi shaklini tashkil qilib, bu sarflar tufayli ishchilar mehnati nisbatan past bolgan joylardan yuqori unumli bolgan joylarga kochib otadi. (migratsiya) Ishchilarning geografik migratsiyasi, ular mehnat sarflarining bozor qiymatini oshirishdan kelajakda naf korish uchun hozirgi davrda qilinadigan sarflardir. Qisqacha aytganda, yollanadigan ishchilar ozida mehnat sarflarining kelajakdagi oqimini gavdalantiradi. Ish haqi nazariyasiga kora, ishchilarning mehnat unumdorligi va shunga mos ravishda mehnat sarflarining bozor qiymati (ish haqi) malum darajada, alohida kishi yoki uning oilasi uchun talim, sogliqni saqlash va ish joylarini ozgartirishga qancha investirlash zarur deb hisoblash bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |