Birinchidan, jahon tajribasi shuni korsatadiki, kichik biznes ichki bozorni zarur tovar va xizmatlar bilan toldiradigan, iqtisodiyotning tarkibiy negizini belgilab beradigan eng muhim sestor hisoblanadi, shuningdek, aholini ish bilan taminlashda, uning daromadlarini oshirishda eng asosiy omil va manba bolib xizmat qiladi.
Ikkinchidan, hozirgi sharoitda jahon va mintaqaviy bozor-larda raqobat keskinlashib bormoqda. Aynan kichik biznes ozining harakatchanligi, kam sarmoya talab qilishi hisobidan ishlab chiqarishni yengilroq va tez modernizatsiya qilish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini yangilash imkoniyatiga ega ekani va shu tariqa bozor konyukturasining ozgaruvchan talablariga yaxshi moslasha olishi bilan etiborlidir.
Uchinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda aholi bandligini taminlaydigan va uning asosiy daromad manbai bolgan muhim boginga aylanmoqda.
Ayni paytda u iqtisodiyotni izchil rivojlantirishning eng muhim omili, jamiyatimiz ijtimoiy va siyosiy barqarorligining kafolati, mamlakatimizni taraqqiyot yolidan olga yetaklaydigan faol harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bolmoqda.
Songgi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yolida kop ish qilindi.
Yuqorida aytilganidek, davlatning biznes faoliyatiga aralashuvi keskin cheklandi, kichik biznes subektlarini royhatga olish jarayoni sezilarli darajada soddalashtirildi va ularning oshkoraligi taminlandi, soliq stavkalari unifikatsiya qilindi va kamaytirildi, mahsulotlarni standartlash va sertifikatsiyalash tizimi takomillashtirildi, birja savdolarini rivojlantirish orqali tadbirkorlarning moddiy texnik resurslardan erkin foydalanishi bilan bogliq kop masalalar hal qilindi, mikrokreditlash va mikrolizing yoli bilan tadbirkorlarga kredit berishning yanggi shakllari joriy etildi.
Shuni takidlash lozimki, bularning barchasi ozining ijobiy natijasini berdi. Faqat 2006 yilning ozida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida qoshimcha ravishda 290 ming yangi ish orinlari yaratildi, bu esa mamlakatimizda ochilgan yangi ish joylarining 50 % dan ortigini tashkil etadi.
2007 yilning boshida faoliyat korsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining soni qariyb 350 mingtaga yetdi yoki 2000 yildagiga nisbatan 2,3 marta kopaydi. Bugungi kunda kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 42,1 % ni tashkil etmoqda. Qolaversa 2007 yilda uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 45 5 ga, 2010 yilda esa 50-52 % ga yetkazishdan iborat.
SHuningdek, I.A.Karimov kichik va orta tadbirkorlik mamlakatimizni iqtisodiy tanglikdan chiqarish va barqaror rivojlanib ketishning lokomativi deb harakterlaydi. Kichik va orta biznes bozordagi tez orgaruvchi talabga juda moslashuvchan va kam harajatli bolganidan yirik ishlab chiqarishga nisbatan tez rivojlanadi. Ayniqsa, kichik va orta biznesning xususiy mulkchilik bilan bevosita bogliq ekanligi ham uning erkin va tez rivojlanishiga olib keladi.
Qolaversa, kichik korxonalarda 50 tagacha odamlar ishlagani va «orta korxona»larda 50 tadan 500 tagacha ishlovchilar soni borligi ham 35 minglab ishlovchilar bolgan yirik korxonalarga nisbatan ozgaruvchan, sharoitga tez moslashuvchan boladi.
Dexqon va fermer xojaliklari Ozbekistonda kichik va orta tadbirkorlikning eng qulay va kopchilikka manzur boladigan shakllaridan biriga aylanmoqda. CHunki qishqloq xojaligining rivojlanishi, qishloq infratuzulmasini shakllanishi ham istiqbolda bozor iqisodiyotining eng samarali va xal qiluvchi bogini bolib qoladi.
Tadbirkorlikning asosiy soxalari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yashab, xozirgi vaqtda iqisodiyoti rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni korsatmoqdaki, tadbirkorlikning asosiy soxalari ishlab chiqarish, xizmat korsatish, savdo-sotiq; moliya va kredit hamda tashqi iqtisodiy aloqalar bolib qoldi.
Ishlab chiqarish tadbirkorlikning asosiy soxasi bolib, uning turli muddatlar uchun ozaro kelishib tuzilgan shartnomalar asosida ishlovchi mayda va yirik korxonalarda tashkil etadi.
SHartnoma shartlari keng qamrovli bolib, uning mazmunini asosan onlab yirik korxonalar tomonidan minglab mayda korxonalarning asosiy ehtiyojini taminlashga qaratilgan. SHu maqsadda kichik korxonalarga yirik korxonalar kop miqdordagi mahsulotini sotib olishga kafolat berish, ishlab chiqarish vositalarini ijaraga berish, xom-ashyo va turli hil jxozlar sotib olish kabi ishlarda bir qancha imtiyozlar beradi.
SHuningdek, savdo markasidan foydalanish xuquqiy kengaytirish imtiyozlarini ham beradi.
Savdo va xizmat korsatish tadbirkorlikda tobora keng orin egallamoqda. Ayniqsa, «Francheyzing» (frantsuz tilidan olingan bolib «imtiyoz» degan manoni bildiradi) hamkorlik shakli bolib 510 yilga shartnoma tuziladi va bundan yirik korxona xuquqiy jixatdan mustaqil bolgan kichik korxonalarga bozorda ishini yuritish uchun oz huquqini beradi va uning evaziga kichik korxona tovar oboroti xajmidan 23 foiz miqdorida xizmat haqi oladi. Keyingi yillarda har ikki tomon uchun shartnoma munosabatlarining eng ommaviylashgan shakli sifatida umumiy ovqatlanish, xalq istemol tovarlari chakana savdosi va moliyaviy xizmat soxalarida keng qollanilmoqda.
Kooperativ usul boyicha kichik korxonalarga yirik korxonalarni savdo markasidan foydalanish bilan bir qatorda xojalik faoliyatiga ham tola aralashish huquqi berilgan.
SHuningdek bunday munosabatlarni moliya va kredit, tijorat banklari, investitsion fondlar orasidagi munosabatlarda ham korish mumkin.
Tadbirkorlik subektlari. Tadbirkorlik subektlari deganda mamlakat fuqarolarini, xorijiy mamlakatlar fuqarolarini turli mulk shakliga munosib bolgan korxonalar, mehnat jamoalarini tushunamiz. Ozbekiston Respublikasida yashovchi har bir fuqaro oz imkoniyatlaridan kelib chiqib, qonunlar boyicha ruxsat etilgan har qanday faoliyat turi bilan jismoniy shaxs yoki xuquqiy shaxs bolib, tadbirkorlik bilan shugullanish xuquqiga ega. Keyingi paytlarda yakka tadbirkorlarga ham bankdan uncha katta bolmagan kredit olish uchun imkoniyat yaratildi. SHuningdek, xorijiy mamlakatlarning fuqarolariga ham Ozbekistan xududida foyda olish maquladida tadbirkorlik bilan shugullanish xuquq berildi va ularning faoliyatini davlat tomonidan tola kafolatlandi. Tadbirkorlikni bir mamlakat xududida yoki xorijiy mamlakatlar xudida yolga qoyish mumkin. Hozirgi paytda bir qancha xissadorlik jamiyatlari, qoshma korxonalar ham ichki ham tashqi bozorda samarali faoliyat korsatmoqdalar.
Tadbirkorlik tashkiliy xuquqiy jihatdan shakllanib, takomillashib bormoqda. Hozirgi yakka shaxs yoki individual tadbirkor, ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari, ishlab chiqarish kooperativlari, ijara korxonalari, jamoa va shirkat xojaliklari, davlat munitsipial idoralari, matlubot jamiyatlari, diniy uyushmalar, moliyaviy firmalar va boshqa vositachilik ishlari bilan shugullanuvchi tashkilotlar faoliyat korsatmoqda. Tadbirkorlik faoliyatining eng oddiy shakli yakka holdagi tadbirkorlik bolib, uning ham kop jihatlari bor. CHunonchi unda kop yollanma ishchilar ham mehnat qilishi mumkin, lekin bunday sharoitdagi tadbirkorni sohibkor deyiladi, sohibkor butun ma’suliyagni oz zimmasiga olib ishni nazorat qilib turadi va hattoki u tushgan daromadlarni ham hisob-kitob qilib boradi. U ozi mustaqil ravishda qarorlar qabul qilishadi va shularga asoslanib ish yuritadi.
Tadbirkorlikda sherikchilik asosida daromad topish ham samarali qoshilgan shaxsiy hissasiga qarab boladi. Korporatsiya tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy korinishlaridan bolib, bir maqsad yolida ham fikr bolgan bir necha tashkilotlar mustaqil huquqiy subekt bolib ish yuritadi. AQSHda koplab munitsipial tashkilotlar, diniy jamoalar, ilmiy, oquv, madaniy, tibbiy muassasalar, tijorat tashkilotlari bir maqsad yolida birlashib faoliyat korsatmoqda.
Tadbirkorlik daromadi turli manbalar hisobiga tashkil topadi. Masalan: fuqarolarni shaxsiy mablaglari, jamgarmalari, sheriklikdan tushgan hissa, talab qilingan ssudalar, aktsiya sotishdan kelgan daromad, davlat korxonalarida sarmoya ularning ustav fondlari, jamoa shirkat xojaliklarida shirkatlar mulki, jamoa tashkilotlarida azolik badallaridan tushgan tushumlar.
Tadbirkorlik rivojlanishi uchun avvalo uning mustaqil xuquq bazasi yaratilishi lozim. Mustaqillik yillarida Ozbekistonda «Mulkchilik togrisida», «Korxonalar togrisida», «Kooperativlar togrisida», «Ijara va ijara munosabatlari togrisida», «Tadbirkorlik togrisida», «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish togrisida», «CHet el investorlari togrisida», «Banklar togrisida», «Soliq togrisida» qonunlar chiqarilib, hozirgi paytda ular tadbirkorlikni qollab quvvatlashning asosli xuquqiy bazalari bolib qoldi. Bundan tashqari 2000 yil 25 mayda Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonuni va Tadbirkorlik faoliyatini qollab-quvvatlovchi bir qator qarorlar chiqdi.
Tadbirkorlikning manaviy qiyofasi ham kop jihatdan etiborga molik bolishi kerak. Manaviy qiyofa umuminsoniy fazilatlarda oz ifodasini topadi va buni tadbirkorda bolishi juda muhim ahamiyatga ega. Biz tariximizga bir nazar tashlasak, savdogarlik rivojlangan bizning mamlakatimizda tadbirkor odamlarning yuqori obro-etiborga ega ekanligi kop narsani xal etgan. Ayniqsa «Buyuk ipak yoli» otgan yurtlardagi savdo karvonlarni orasida katta obro-etiborga ega bolgan tadbirkorlarning halolligi, oz sozining ustidan chiqish kabi oliyjanob fazilatlar qadr qimmatga ega bolganligini ozaro ishonch va obro yuksak darajada xurmat qilinganligini koramiz. Masalan, savdo-sotiq, qilish uchun uzoq, olkalarga safarga ketayotgan savdogarlar katta va ogir yuklarini ozlari bilan kotarib yurmasdan, uni obro-etiborga ega bolgan mahalliy ishonchli tadbirkorga tashlab, undan tilxat olar edi xolos va songra boshqa shaharga yetib kelgandan keyin u yerdagi tadbirkorga tilxatni korsatib, bemalol undan pul olavergan. Bu esa tadbirkor manaviy qiyofasi, uning umuminsoniy fazilatlari yuksak qadrlanganligining natijasidir. Bunday sozga ishonish, odamlardan halol, togri va haqoniy harakat qilishini kutish umuman bozor iqtisodiyotiga xos xislatlar bolib, bunday bolishda din va tarbiyaning ham tasiri bor albatta. Lekin bu masalaga iqtisodiy nuqtai nazardan qarasak rostgoylik, raqobat bozor taqozosi ekanligini koramiz. CHunki savdogar bugun bir haridorni girromlik qilib aldagan bolsa, birinchidan, u yomon nom chiqaradi, ikkinchidan esa haridoridan maxrum boladi, kelgusida u bundan katta zarar koradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |