5. Ozgarishlarni kutish. Istemolchilar ongida turli korinishdagi kutishlar bolib turadi: xozirgiga nisbatan tovarlar narxi kelgusida oshadi, daromad kopayib boradi, bozorda bolgan tovarlar taklifida ozgarish bolmaydi. Bahor oylarida bolib otgan qattiq sovuq meva-chevalar hosiliga katta zarar yetkazdi. Buni sezgan istemolchilar yoz va kuz oylarida katta miqdorda meva-cheva gamlashga tushadi, yani meva-chevagatalab oshadi. Istemolchilarning daromadlari kopayib boradi degan fikrga kelishi, ularni oz pullarini ayamasdan sarflashlariga sabab boladi. Bunda ham talab oshadi. Kelgusida daromadlar kamayadi, degan fikr esa istemolchilar oz pullarini juda extiyotlab sarflashadi, sotib olishni rejalashtirgan qator mahsulotlarni sotib olishni keyinga suriladi. Bunday holda talab kamayadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, narx tasirida talab miqdorida ozgarishlar boladi. Talab chizmasi narx va talab miqdori ozgarishiga muvofiq bir nuqtadan boshqa nuqtaga otib turadi. Narxdan boshqa omillar tasirida esa, talab ozgaradi, talab chizmasi ongga yoki chapga siljiydi.
Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Taklif - ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan va muayyan paytda bozorga chiqarilgan yoki keltirish mumkin bolgan jami tovarlar va xizmatlar miqdoridir.
Bozorda taklif qilinadigan tovar miqdoriga faqat narx tasir etmaydi. Taklifning ozgarishiga sabab boluvchi boshqa omillar ham bor. Bolar:
1. Resurslarni narxi;
2. Ishlab chiqarish texnologiyasi;
3. Soliqlar va subsidiyalar;
4. Boshqa tovarlar narxi;
5. Narxning oshish ehtimoli;
6. Bozordagi sotuvchilar soni kabilar.
1) Resurslar narxi. Ishlab chiqaruvchilar mahsulot ishlab chiqarish uchun resurslar sarflaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish harajatlari bilan taklif ortasida juda yaqin aloqa bor. Korxonalar taklif chizmasi ishlab chiqarish harajatlariga asoslanadi. Mahsulotning qoshimcha birligiga korxona yuqoriroq, narx qoyishi lozim, chunki ushbu qoshimcha mahsulotni ishlab chiqarish katta harajat talab etadi. Resurslar narxining pasayishi ishlab chiqarish harajatlarini qisqartiradi va taklifni oshiradi, yani taklif chizmasini ongga jildiradi. Masalan, gazlama, ip narxining pasayishi yuz bersa, kiyim-kechak taklifi oshishini kutish mumkin. Va aksincha, resurslar narxi kotarilishi ishlab chiqarish harajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi, taklif chizmasi chapga siljiydi. Masalan, temir rudasi va koks narxining oshuvi polat ishlab chiqarish harajatlarini oshiradi va polat taklifini qisqarishiga olib boradi.
2) Ishlab chiqarish texnologiyasi. Ishlab chiqarishda takomillashuv shuni bildiradiki, yangiliklarni yaratilishi va ishlab chiqarishda qollanilishi resurslarni kamroq, ishlatib, mahsulot birligi samaraliroq, ishlab chiqarishga imkon beradi. Resurslarning muayyan narxlarda ishlab chiqarish harajatlari kamayadi, taklif esa kopayadi.
3) Soliqlarni qoyilishiga korxonalar ishlab chiqarish harajati deb qaraydilar. Shuning uchun, mulkka yoki sotishga soliq miqdorini kopayishi harajatlarni kopaytiradi va taklifni qisqartiradi. Aksincha, soliqlarni kam bolishi, u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun davlat tomonidan dotatsiyalar berilishi, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytiradi va taklif oshadi.
4) Boiqa tovarlar narxi. Boshqa tovarlarni narxdagi ozgarishi ham mahsulot taklifi chizmasini ozgartirish mumkin. Pomidor narxining pasayib ketishi, dehqonlarni bodring etishtirib amalda bolgan narxlarda sotish uchun koproq olib chiqishga qiziqtiradi. Va aksincha, pomidor nraxining kotarilishi, dexqonlardan bodring etishtirish va uni bozorga olib chiqishini kamaytirishni talab qiladi. Firma ayollar koylagini tikar edi. Vaqt kelib atlas koylak narxi kotarilib ketdi deylik. Firma koylagini tikishni kamaytirib, atlas koylak tikishga kirishadi. Ushbu koylak taklifi qisqaradi, atlas koylak taklifi esa oshadi.
5) Narxning oshish ehtimoli. Mahsulotlar narxini kelajakda ozgarishni kutish, joriy vaqtda ishlab chiqaruvchilarning tovar olib chiqish xoxishga tasir etadi. Aytaylik, piyoz narxi bozorda juda qimmatlaydi, degan mish-mish gap tarqaldi. Bozorda joriy vaqtda piyoz taklifi sezilarli qisqardi. Va aksincha, dehqon oz piyozlarini bozorda sotish uchun joylab qoyyapti. Bahorda piyoz rosa arzon boladi, degan mish-mishni tarqalishi joriy vaqtdagi piyoz taklifini kopaytiradi.
6) Sotuvchilar soni. Har bir korxonaning muayyan ishlab chiqarish xajmida, yetkazib beruvchilar soni qanchalik kop bolsa, bozor taklifi shunchalik oshadi. Muayyan tarmoqda koplab firmalarning kirib kelishi, taklif chizmasini ongga siljitadi. Va aksincha, muayyan tarmoqdan bor qancha firmani chiqib ketishi taklifni qisqartiradi va taklif chizmasini chapga siljishini taminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |