5. Ozgarishlarni kutish. Istemolchilar ongida turli korinishdagi kutishlar bolib turadi: xozirgiga nisbatan tovarlar narxi kelgusida oshadi, daromad kopayib boradi, bozorda bolgan tovarlar taklifida ozgarish bolmaydi. Bahor oylarida bolib otgan qattiq sovuq meva-chevalar hosiliga katta zarar yetkazdi. Buni sezgan istemolchilar yoz va kuz oylarida katta miqdorda meva-cheva gamlashga tushadi, yani meva-chevagatalab oshadi. Istemolchilarning daromadlari kopayib boradi degan fikrga kelishi, ularni oz pullarini ayamasdan sarflashlariga sabab boladi. Bunda ham talab oshadi. Kelgusida daromadlar kamayadi, degan fikr esa istemolchilar oz pullarini juda extiyotlab sarflashadi, sotib olishni rejalashtirgan qator mahsulotlarni sotib olishni keyinga suriladi. Bunday holda talab kamayadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, narx tasirida talab miqdorida ozgarishlar boladi. Talab chizmasi narx va talab miqdori ozgarishiga muvofiq bir nuqtadan boshqa nuqtaga otib turadi. Narxdan boshqa omillar tasirida esa, talab ozgaradi, talab chizmasi ongga yoki chapga siljiydi.
Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Taklif - ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan va muayyan paytda bozorga chiqarilgan yoki keltirish mumkin bolgan jami tovarlar va xizmatlar miqdoridir. Taklifni ishlab chiqaruvchilarning muayyan vaqtda bozorda amalda bolgan narxlarning har birida sotish yoki ishlab chiqib taklif qilishni xoxlovchi turli miqdordagi mahsulotlarni korsatuvchi jadvalda ifodalasak boladi.
2-jadval.
Yakka ishlab chiqaruvchining uzum taklifi.
1 kg narxi - - som Xaftalik taklif miqdori - - kg
500 700
400 550
300 400
200 200
100 100
Bu jadvaldagi malumotlar ishlab chiqaruvchining qator muqobil imkoniyatlarini korsatadi. Taklif, boshqa omillar ozgarishsiz qolgani holda, turli narxlarda sotish uchun bozorga qancha miqdordagi mahsulot kiritilishi mumkinligini korsatadi. Shu bilan birga, taklif, ishlab chiqaruvchilar turli miqdordagi tovarlarni bozorga olib chiqishlari uchun narxlar qanday bolishi kerakligini ham ifodalaydi. 2-jadval narx va bozorga olib chiqiladigan mahsulot miqdori ortasida ijobiy holi togridan-togri bogliqlik borligini bildiradi. Narxlarning oshib borishi bilan shunga muvofiq ravishda taklif miqdori kamayadi. Narx va taklif miqdori ortasidagi bu oziga xos aloqa taklif qonuni deyiladi. Taklif qonuni shuni bildiradi: yuqori narxlarda ishlab chiqaruvchilar past narxlardagiga nisbatan koproq mahsulotni ishlab chiqarishga va taklif etishga harakat qilishadi.
Esga olaylik, narx istemolchi nuqtai nazardan ushlab qoluvchi tosiq sifatida namoyon boladi. Yuqori narx korinishidagi tosiq shuni bildiradiki, pul tolovchi rolda qatnashuvchi istemolchilar bu bahoda nisbatan ozroq mahsulot sotib oladilar: narx-tosiq, qanchalik past bolsa, istemolchilar shuncha kop mahsulotni sotib ola boshlaydilar. Mahsulotni etkazib beruvchilar mahsulot uchun xaq oluvchilar rolida qatnashadi. Ular uchun narx har bir birlik mahsulot uchun keladigan tushum sifatida namoyon boladi. Shunga kora narx mahsulotlarining ishlab chiqarish va bozorda sotish uchun olib chiqish ragbati bolib xizmat qiladi. Ishlab chiqaruvchilar foyda korish ishtiyoqida bolganlaridan, narx qancha yuqori bolsa shuncha kop mahsulot ishlab chiqaradilar va sotish uchun bozorga olib chiqadilar. 2-jadval malumotlari asosvda tozilgan talab harakati chizmasi korsatib turibdiki, boshqa shart-sharoitlar ozgarishsiz qolgani holda narx oshib borgan sari taklif miqdori oshib boryapti. Narx va taklif miqdorlaridan otkazilgan perpendikulyar uchrashgan nuqtalar ozaro birlash-tirilsa, quyidan yuqoriga, onga siljib boruvchi chiziq hosil boladi. Bu chiziq taklif qilingan tovarlar miqdori bilan ularning narxi ortasidagi boglanishni korsatadi.
O 100 200 300 400 500 600 700 800 900
3-rasm. Taklif harakatining chizma ifodasi.
Bozorda taklif qilinadigan tovar miqdoriga faqat narx tasir etmaydi. Taklifning ozgarishiga sabab boluvchi boshqa omillar ham bor. Bolar:
1. Resurslarni narxi;
2. Ishlab chiqarish texnologiyasi;
3. Soliqlar va subsidiyalar;
4. Boshqa tovarlar narxi;
5. Narxning oshish ehtimoli;
6. Bozordagi sotuvchilar soni kabilar.
Taklif ozgarishi ushbu omillarning biri yoki bir nechtasi tasirida mahsulot taklifi chizmasi ongga yoki chapga siljiydi. Ongga, yani A dan A1 gacha siljish taklif kopayganligini bildiradi: ishlab chiqaruvchilar bozorda amalda bolgan har bir narxda sotish uchun katta miqdorda mahsulot olib chiqadilar. Chapga, yani A dan A2 gacha siljish esa, taklifni qisqartirilganligni bildiradi: ishlab chiqaruvchilar amal qilishi mumkin bolgan har bir narxda sotish uchun bozorga oz miqdorda mahsulot olib chiqadilar. (4-rasm). Endi narxdan tashqari omillarning taklifga tasirini korib chiqaylik:
1) Resurslar narxi. Ishlab chiqaruvchilar mahsulot ishlab chiqarish uchun resurslar sarflaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish harajatlari bilan taklif ortasida juda yaqin aloqa bor. Korxonalar taklif chizmasi ishlab chiqarish harajatlariga asoslanadi. Mahsulotning qoshimcha birligiga korxona yuqoriroq, narx qoyishi lozim, chunki ushbu qoshimcha mahsulotni ishlab chiqarish katta harajat talab etadi. Resurslar narxining pasayishi ishlab chiqarish harajatlarini qisqartiradi va taklifni oshiradi, yani taklif chizmasini ongga jildiradi. Masalan, gazlama, ip narxining pasayishi yuz bersa, kiyim-kechak taklifi oshishini kutish mumkin. Va aksincha, resurslar narxi kotarilishi ishlab chiqarish harajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi, taklif chizmasi chapga siljiydi. Masalan, temir rudasi va koks narxining oshuvi polat ishlab chiqarish harajatlarini oshiradi va polat taklifini qisqarishiga olib boradi.
2) Ishlab chiqarish texnologiyasi. Ishlab chiqarishda takomillashuv shuni bildiradiki, yangiliklarni yaratilishi va ishlab chiqarishda qollanilishi resurslarni kamroq, ishlatib, mahsulot birligi samaraliroq, ishlab chiqarishga imkon beradi. Resurslarning muayyan narxlarda ishlab chiqarish harajatlari kamayadi, taklif esa kopayadi.
3) Soliqlarni qoyilishiga korxonalar ishlab chiqarish harajati deb qaraydilar. Shuning uchun, mulkka yoki sotishga soliq miqdorini kopayishi harajatlarni kopaytiradi va taklifni qisqartiradi. Aksincha, soliqlarni kam bolishi, u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun davlat tomonidan dotatsiyalar berilishi, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytiradi va taklif oshadi.
4-r a s m. Taklif miqdorining ozgarishi
4) Boiqa tovarlar narxi. Boshqa tovarlarni narxdagi ozgarishi ham mahsulot taklifi chizmasini ozgartirish mumkin. Pomidor narxining pasayib ketishi, dehqonlarni bodring etishtirib amalda bolgan narxlarda sotish uchun koproq olib chiqishga qiziqtiradi. Va aksincha, pomidor nraxining kotarilishi, dexqonlardan bodring etishtirish va uni bozorga olib chiqishini kamaytirishni talab qiladi. Firma ayollar koylagini tikar edi. Vaqt kelib atlas koylak narxi kotarilib ketdi deylik. Firma koylagini tikishni kamaytirib, atlas koylak tikishga kirishadi. Ushbu koylak taklifi qisqaradi, atlas koylak taklifi esa oshadi.
5) Narxning oshish ehtimoli. Mahsulotlar narxini kelajakda ozgarishni kutish, joriy vaqtda ishlab chiqaruvchilarning tovar olib chiqish xoxishga tasir etadi. Aytaylik, piyoz narxi bozorda juda qimmatlaydi, degan mish-mish gap tarqaldi. Bozorda joriy vaqtda piyoz taklifi sezilarli qisqardi. Va aksincha, dehqon oz piyozlarini bozorda sotish uchun joylab qoyyapti. Bahorda piyoz rosa arzon boladi, degan mish-mishni tarqalishi joriy vaqtdagi piyoz taklifini kopaytiradi.
6) Sotuvchilar soni. Har bir korxonaning muayyan ishlab chiqarish xajmida, yetkazib beruvchilar soni qanchalik kop bolsa, bozor taklifi shunchalik oshadi. Muayyan tarmoqda koplab firmalarning kirib kelishi, taklif chizmasini ongga siljitadi. Va aksincha, muayyan tarmoqdan bor qancha firmani chiqib ketishi taklifni qisqartiradi va taklif chizmasini chapga siljishini taminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |