Talab tushunchasi. Iqtisodiy holatda turli voqea va xodisalar bolib turadi. Aytaylik, qish ketib bahor kirib kelyapti. Dokon egasi fahmlab qoldiki, dokonda koplab qishki ust-bosh va oyoq-kiyimlar sotilmay qolib ketyapti. Nima qilish kerak? Balki, bu narsalarni narxini arzonlashtirib sotishni uyushtirish kerakdir. Zor fikr! Chunki haridorlar bahorda qishki ust-boshlarni narxi arzon bolgan taqdirdagina sotib olishadi. Shu yol bilan bahorda qishki mahsulotlarga talabni oshirish mumkin.
Talab iste'molchilarning muayyan davrda bozorda taklif etilayotgan narxlarni har birida sotib olishga tayyor holi yoki sotib olishga qodir mahsulotlar miqdorini bildiradi. «Sotib olishni istaydi», «Sotib olishga qodir»,degan gaplar bolib turadi. Istakning asosida extiyoj yotadi. Bir extiyojning ozi yetarli emas. «Extiyoj», «Qodir»lik bilan, ya'ni sotib olishga yetadigan pul bilan mustaxkamlanishi kerak, xaqi tolanmaydigan istakni bozor hisobga olmaydi. Binobarin, talab bu shunchaki istak, extiyoj emas, balki tolovga qodir pul bilan ta'minlangan istak, extiyojdir.
Talabning bozordagi harakatini va uning iqtisodiyotga ta'sirini mukammalroq bilish uchun chizma va jadvallardan foydalaniladi.
1-jadval ma'lumotlaridan korinib turibdiki, talab qator muqobil imkoniyatlarini bildiradi. Boshqa shart-sharoitlar ozgarmagani holda, turli narxlarda sotib olishi mumkin bolgan mahsulot miqdorini yoki turli miqdordagi mahsulotlarni iste'molchi qanday narxda olishi mumkinligini korsatadi. Agar bozorda 1kg uzumning narxi 100 som bolsa, iste'molchi xaftasiga 10 kg uzum sotib olishga tayyor, agar uzum bahosi 20 som bolsa, xaftasiga 80 kg uzum sotib olishga qodir boladi. Ammo, jadvalda keltirilgan raqamlar oz-ozidan keltirilgan 6 imkoniyatdagi narxdan qaysi biri uzum bozorida aniq amal qilyapti, degan savolga javob berolmaydi. Bozorda amal qilishi mumkin bolgan narx talab va taklifga bogliq. Binobarin, talab iste'molchining faqat jadval shaklida ifodalangan mahsulot sotib olishga nisbatan rejasi holi istagidir.
Talabning tub xususiyatlari quyidagilarda ifodalanadi: Boshqa shart-sharoitlar ozgarmagani xolda, narxlarning pasayishi shunga muvofiq ravishda talab miqdorining oshuviga olib boradi. Va aksincha, narxlarning kotarilishi shunga muvofiq ravishda talab miqdorini ozayishiga sabab boladi. Qisqasi, narx bilan talab miqdori ortasida teskari bogliqlik bor. Bu teskari aloqa boglanishni iqtisodchilar talab qonuni deb atashadi. Bu qonun asosida nima yotadi, u qanday munosabatlarni boshqaradi?
Bu savolga javob berishda quyidagi dalil-isbotlardan foydalanish mumkin:
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |