Yakka istemolchining uzumga bolgan talabi.
1 kg narxi som Xaftalik talab miqdori kg
100 10
80 20
60 35
40 55
20 80
10 100
1) Amalda odamlar muayyan tovarning narxi past bolsa, uning narxi baland bolgandagiga qaraganda koproq sotib oladilar. Va aksincha, u tovarning narxi oshib ketsa, kamroq, sotib oladilar. Istemolchilar uchun narx mahsulot sotib olishni amalga oshirishda xalaqit berib turuvchi tosiqdek tuyuladi. Bu tosiq, qancha baland bolsa, shuncha kop mahsulot sotib oladilar. Boshqacha aytganda, baland narx istemolchi-larning sotib olish xoxishini sindiradi, past narxlar esa ularning sotib olish istagini kuchaytiradi. Har bir firma oz tovarlarini tezroq sotib bolishidan manfaatdor. Ular oz tovar zaxiralarini kotarish hisobiga emas, balki pasaytirish yoli bilan qisqartiradilar. Shu maqsadda narxi arzonlashtirilgan tovarlar «kuni»ni otkazadilar. Bu tadbirni otkazish talab qonuniga asoslanadi.
2) Savdo-sotiqda oziga xos qiziq xodisalar bolib turadi. Shulardan birini korib chiqamiz. Haridor birinchi koylakni sotib olganda juda xursand boladi, koylakni ardoqlab, extiyot qilib kiyadi va xuzur qiladi. Xuddi shunday koylakdan ikkinchisini sotib olganda ardoq va xuzur biroz pasayadi, uchinchi va tortinchilarini sotib olganda koylakka nisbatan qiziqish, ardoq, va xuzur yana ham pasayib ketadi. Bu Shuni bildiradiki, istegmol meyoriy naflikni pasayib borishi qonuni tasirida boladi, extiyoj tuydirilgan sayin tovarning istemoli uchun nafligi pasayib boradi. SHu sababli istemolchilar tovarlarning qoshimcha birligini, ularning narxi pasayib borgan Sharoitdagina sotib oladilar.
3) Talab qonunini chuqurroq tahlilini daromad va qarindoshlik samarasi orqali berishi mumkin. Daromad samarasi shuni bildiradiki, past narxlar sharoitida kishilar muayyan mahsulotdan koproq sotib oladi va shunga oxshash bolgan boshqa mahsulotlardan ham sotib olishni istaydi. Boshqacha qilib aytganda, mahsulot narxining pasayishi istemolchi pul daromadining sotib olish qurboni oshiradi, shuning uchun u muayyan mahsulotdan koproq sotib olish imkoniyatiga ega boladi. Yuqoriroq narx esa, qarama-qarshi natijaga olib keladi. Qarindoshlik samarasi shunda ifodalanadiki, narxlarning past bolishi kishida narxi yuqoriroq tovarlar orniga, ancha past narxdagi, ammo orindosh bolgan tovarni sotib olishga qiziqish uygotadi. Istemolchilarda narxi yuqori tovarlarni shunga oxshash, ammo narxi pastroq mahsulotlarga almashtirish moyilligi vujudga keladi. Masalan, qolyozuv qogozi narxining pasayishi talabalar daromadining sotib olish qurboni oshiradi va ularga koproq qolyozuv qogozi sotib olishga imkon beradi (daromad samarasi). Qolyozuv qogozining arzon bolishi uni jozibalirok qilib qoyadi, talabalar uni daftar orniga ham, turli ish qogozlari orniga ham, sotib oladilar (qarindoshlik samarasi). Daromad samarasi va orindoshlik samarasi bir bolib shunga olib keladiki, istemolchilarda yuqori narxlardagiga qaraganda arzon narxlarda koproq tovarlar sotib olish qurbi va istagi vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |