O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi keyingi o'rinlarda qo'mita


 Davlat soliq inspeksiyasi Hisobni yuritish va byudjet daromadlarini



Download 499,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana24.06.2022
Hajmi499,49 Kb.
#698807
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Davlat soliq

5. Davlat soliq inspeksiyasi Hisobni yuritish va byudjet daromadlarini 
prognozlashtirish bo‘limi
1. 
Mazkur Nizom davlat soliq inspeksiyasi Hisobni yuritish va byudjet 
daromadlarini prognozlashtirish bo‘limining (keyingi o‘rinlarda bo‘lim deb 
yuritiladi) 
maqomi, 
vazifalari, 
funksiyalari, 
huquqlari, 
majburiyatlari, 
javobgarligi va faoliyatining tashkil etish tartibini belgilaydi. 
2. 
Bo‘lim davlat soliq inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda inspeksiya deb 
ataladi)ning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. 
3. 
Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, 
Soliq kodeksiga, “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi qonuniga, Oliy Majlis 
palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, 
qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda 
farmoyishlariga, “O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida 
xizmatni o‘tash to‘g‘risida”gi Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga, davlat soliq 
xizmati organlarining ichki idoraviy hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal 
qiladi. 
4. 
Bo‘lim o‘z yo‘nalishi bo‘yicha byudjet daromadlarini prognozlashtiradi 
va tushumlarning hisobini yuritadi. 
5. 
Bo‘lim o‘z vakolatiga kiradigan ishlarning to‘g‘ri tashkil etilishini 
ta’minlaydi, mavjud muammolarni bartaraf etadi va kelgusida shu kabi 
holatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi. 
6. 
Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni inspeksiyaning tarkibiy 
bo‘limlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi 
boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tijorat banklar va 


35 
boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda bajaradi. 
7. 
Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi: 
davlat soliq siyosatini amalga oshirishda qatnashish; 
davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlarni 
prognozlashtirish; 
davlat 
byudjeti 
daromadlari 
bo‘yicha 
belgilangan 
prognoz 
ko‘rsatkichlarining ijrosini ta’minlanishini nazorat va tahlil qilish; 
soliq to‘lovlari va tushumlari statistikasini olib borish; 
ortiqcha to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobini yuritish; 
soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalari to‘g‘ri va to‘liq yuritilishini 
ta’minlash. 
8. 
Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni 
bajaradi: 
a) davlat soliq siyosatini amalga oshirishda qatnashish sohasida: 
soliqqa oid qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, soliqlarni va 
boshqa majburiy to‘lovlarni unifikatsiya qilish, soliq yukini qisqartirish, soliq 
ma’muriyatchiligini takomillashtirish va erkinlashtirish, soliq to‘lovchilarning 
faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflarni davlat soliq boshqarmasiga 
taqdim etadi; 
moliya bo‘limi bilan birgalikda soliq qonunchiligiga muvofiq byudjet va 
byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga tushumlar statistikasini yuritadi, 
tahlil qiladi; 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha tushumlarni to‘liq 
ta’minlashda, shu jumladan respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini 
oshirishda qo‘shimcha zaxiralarini aniqlash yuzasidan aniq yo‘nalishlarni 
belgilaydi; 
soliq tizimi va soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning qonun 
hujjatlariga muvofiq sir tutilishini ta’minlaydi. 
b) davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlarni 
prognozlashtirish borasida: 


36 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha byudjet va byudjetdan 
tashqari maqsadli jamg‘armalar kesimida oylik, choraklik va yillik prognoz 
ko‘rsatkichlarini belgilash uchun hisob-kitob qiladi va davlat soliq 
boshqarmasiga taqdim etadi; 
hisobot davrida (oy, chorak, yil) byudjet va byudjetdan tashqari davlat 
maqsadli jamg‘armalariga kutilayotgan tushumlarni hisob-kitob qiladi va 
prognoz ko‘rsatkichlarini bajarilmaslik xavflarini oldini olish maqsadida tegishli 
bo‘linmalar tomonidan byudjetga qo‘shimcha mablag‘larni jalb etish lozimligi 
yuzasidan rahbariyatga axborot kiritib boradi hamda qo‘shimcha aniqlanib, 
amalga oshirilgan tushumlar yuzasidan kunlik monitoring olib boradi. 
v) davlat byudjeti daromadlari bo‘yicha belgilangan prognoz 
ko‘rsatkichlarining ijrosini ta’minlanishini nazorat va tahlil qilish sohasida: 
byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar uchun belgilangan 
prognoz ko‘rsatkichlarini kunlik, oylik, choraklik, yillik ijrosini nazorat qilib 
boradi; 
hududni soliq salohiyatiga, shuningdek to‘lovlarning to‘liq tushishiga 
ta’sir etuvchi omillarni o‘rganadi, tushumlarni soliq to‘lovchilar va soliq turlari 
kesimida tahlil qiladi; 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasini va hududning soliq 
salohiyatini tizimli ravishda tahlil qiladi, byudjet va byudjetdan tashqari 
maqsadli jamg‘armalariga tushumlar miqdorini maksimal oshirish yuzasidan 
chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi hamda ijrosini kunlik nazorat qiladi. 
g) soliq to‘lovlari va tushumlari statistikasini olib borish sohasida: 
byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga kelib tushgan 
tushumlar bo‘yicha hisobotlarini yagona shakllarda yuritilishini ta’minlaydi; 
Davlat byudjeti va maqsadli jamg‘armalariga tushumlarni har oy yakuni 
bo‘yicha o‘sib borish tartibida g‘aznachilik idoralari bilan o‘zaro solishtirib 
boradi hamda byudjet tasnifiga muvofiq yuritilishini ta’minlaydi; 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga tushumlarining soliq to‘lovchilar 
va soliq turlari bo‘yicha dinamikasi hamda statistikasini olib boradi; 


37 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha tushumlarning tarkibi
turlari, to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) kesimida yig‘uvchanlik 
darajasini tahlil qiladi. 
d) ortiqcha to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobini 
yuritish sohasida:
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha ortiqcha to‘langan 
summalar hisobini yuritadi, ularning kelib chiqish sabablarini tahlil qiladi hamda 
qisqartirish choralarini ko‘radi; 
soliq to‘lovchilarning yuzaga kelgan ortiqcha to‘lovlarini qaytarish 
yuzasidan murojaatlarining tegishli bo‘limlardan olingan aylanma varaqa 
asosida ijrosini ta’minlaydi; 
ortiqcha to‘lovlarni mustaqil ravishda boshqa soliq turlaridan bo‘lgan 
soliq qarzi hisobiga o‘tkazish yuzasidan G‘aznachilik bo‘limiga xulosa taqdim 
etadi, ularning reestrini inventarizatsiyadan o‘tkazadi va hisobini yuritadi; 
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq hisobotlarini taqdim 
etishdagi yo‘l qo‘yilgan xatoliklar natijasida yuzaga kelgan ortiqcha to‘lovlar 
yoki soliq qarzini qisqartirish maqsadida, hisobotlarga tuzatish kiritish lozim 
bo‘lgan hollarda tegishli tuzilmalarga soliq to‘lovchiga xatoliklarni bartaraf etish 
yuzasidan xizmatlar ko‘rsatilishi lozimligi bo‘yicha murojaat qiladi; 
davlat reestridan chiqarilgan korxonalar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va 
jismoniy shaxslarning shaxsiy kartochkalarda soliq qarzi yuzaga kelishini tahlil 
qiladi, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tuzilmalarga axborot etkazadi va 
ijrosini nazorat qiladi. 
e) soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalari to‘g‘ri va to‘liq yuritilishini 
ta’minlash sohasida: 
byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga to‘langan (to‘lov 
va inkasso topshiriqnomasi, fuqarolar uchun undirilgan to‘lovlar reestri hamda 
inspeksiyaning xulosasiga asosan boshqa soliq turlariga yoki hisob raqamlariga 
qaytarilgan tushumlar va boshqalar) to‘lovlarni shaxsiy kartochkalarga 
kiritilishini ta’minlaydi; 


38 
vakolatli organlarning qarorlari asosida to‘lov muddatlari uzaytirilgan 
yoki kechiktirilgan hamda hisobdan chiqarilgan soliq qarzi, shuningdek 
normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan shartlarda va tartibda soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash 
bo‘yicha murojaatlar asosida shaxsiy kartochkalarga o‘zgartirishlar kiritadi va 
hisobini yuritadi; 
soliq tekshiruvlari natijasi bilan byudjetga qo‘shimcha hisoblangan 
soliqlar, qo‘llanilgan sanksiyalar, shuningdek o‘tkazilgan kameral natijasi bilan 
undirish to‘g‘risidagi sud qarorlarni tegishli bo‘linmalardan taqdim etilgan 
hujjatlar asosida shaxsiy kartochkalarga hisoblashga kiritadi; 
tegishli tuzilma tomonidan Soliq kodeksining 48-moddasiga asosan 
qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda 
qo‘llanilgan sanksiyalar summasini tegishli huquqni muhofaza qiluvchi 
organlarning depozit hisob raqamlariga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi to‘lov 
hujjatlarining nusxasi taqdim etilganda, shaxsiy kartochkalarga tegishli 
o‘zgartirish kiritadi; 
soliq tekshiruvlari va nazorat tadbirlari natijalariga ko‘ra qo‘shimcha 
hisoblangan, to‘langan tushumlar va soliq qarzi to‘g‘risidagi (2-N) hisobotni 
yuritadi; 
shaxsiy kartochkaga hisoblangan yoki kamaytirishga hisoblangan soliq 
summalarida haqiqatda hisoblanishi lozim bo‘lgan summalarga nisbatan farq 
aniqlanganda, tegishli tuzilmalardan olingan hujjatlar asosida shaxsiy 
kartochkalarga bir martalik yozuvlar kiritish orqali xatoliklarni bartaraf etadi; 
soliq kodeksining 188-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan 
olinadigan daromad solig‘i har oyda, keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay 
byudjetga to‘lanishi belgilanganligidan kelib chiqib, daromad solig‘i 
hisobotidagi qoldiq summalari bilan ma’lumotlar bazasidagi (saldo) qoldiq 
summalarida farq aniqlanganligi holatlar bo‘yicha shaxsiy kartochkaga tegishli 
o‘zgartirish kiritish uchun tegishli tuzilmalardan kelgan axborot asosida 
o‘zgartirish (bir martalik yozuv kiritish asosida) kiritadi; 


39 
tegishli tuzilmadan olingan ma’lumot asosida yuridik shaxslarning 
normativ muddatda tugallanmagan qurilish ob’ektlariga, bo‘sh turgan 
binolariga, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlarga, shuningdek, 
foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari uchun soliqlarni hisoblaydi; 
yuridik va jismoniy shaxslarning shaxsiy kartochkalarini to‘g‘ri yuritilishi 
bo‘yicha doimiy tarzda inventarizatsiyadan o‘tkazib boradi; 
yuqori turuvchi soliq organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining farmon va qarorlari, hukumat qarorlari va boshqa topshiriqlari 
asosida yuklatiladigan vazifalarni ijrosini ta’minlaydi hamda ularning hisobini 
yuritadi. 
Bo‘lim qonun hujjatlarida hamda davlat soliq xizmati organlarining ichki 
idoraviy hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifa va funksiyalarni ham 
bajarishi mumkin. 

Download 499,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish