Akramov Abdumannonjon Ahadjon o’g’li
“MAKROIQTISODIYOT” FANIDAN
YOZMA ISH VARIANTI-1
Savolar
Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar. Keyns xochi.
AS egri chizig‘i va unga ta’sir etuvchi omillar.
YaIM ni xisoblash usullari
Javoblar
1."Haqiqiy (real) xarajatlar- sotish hajmining kutilmagan o'zgarishi sharoitida firmalar tovar -moddiy zaxiralarga rejadan tashqari investitsiyalarni kiritishga majbur bo'lganda. Rejalashtirilgan xarajatlar- barcha sub'ektlar (uy xo'jaliklari, korxonalar, hukumat va tashqi dunyo) mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarga sarflashni rejalashtirgan miqdor."
Grafikdagi A nuqta haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar o'rtasidagi tenglik nuqtasidir. Shu bilan birga, chiqish hajmi potentsialga teng. Ushbu model "Keynes xochi" deb nomlanadi.
Keyns xochi faqat rejalashtirilgan investitsiyalar, davlat xarajatlari va soliqlar darajasida ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi qanday o'rnatilishini ko'rsatadi.
2.Yalpi taklif – mavjud narx darajasida sotish mumkin bo’lgan, sotishga shiqarilgan va tayyorlangan turli-tuman tovarlar va xizmatlarning hajmidir. Bu narxlarning har xil mumkin bo’lgan o’rtacha darajasida milliy ishlab chiqarishning mavjud real hajmini ko’rsatadi. Ancha yuqori narxlar qo’shimsha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag’bat yaratadi. Narxlarning past darajasi tovar ishlab chiqarishning qisqarishiga olib keladi. Shu sababli narxlar va milliy ishlab chiqarish hajmi o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri yoki bevosita bog’liqlik mavjud bo’ladi. Bu bog’liqlik taklif egri chizig’ida aniq aks etadi.
Ishlab chiqarish hajmi ko’payishi yoki kamayishi bahoga bog’liq bo’lmagan omillar hisobiga ham ro’y berishi ,bu omillar esa yalpi talab egri chizig’ini o’ng yoki chap tomonga siljishi mumkin.Bahoga bog’liq bo’lmagan omillarning xususiyati shundaki, ular mahsulot birligiga ketgan xarajatlarga bevosita ta’sir qiladi va shu orqali jami taklif egri chizig’ining siljishiga sabab bo’ladi.Bu omillrga texnologiyalardagi o’zgarishlar,ishlab chiqarish omillari miqdorining o’zgarishi ,resurslar baholarining o’zgarishi, firmalarni soliqqa tortishdagi o’zgarishlar va boshqalar kiradi.
3. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bu - yalpi ichki mahsulotdir.
Yalpi ichki mahsulot (YaIM) – bu muayyan davr mobaynida (bir yil) kim tomonidan yaratilishidan qatiy nazar mamlakat hududida yaratilgan barcha yakuniy tovar va xizmatlarning bozor qiymatidir.
YaIM - bu biror-bir mamlakat xududida joylashgan korxona va tashkilotlarda ishlab chirarilgan tovar va xizmatlarning umumiy yiuindisidan iboratdir.
Yalpi ichki mahsulot 3 xil usul asosida aniqlanadi ;
1) Ishlab chiqarish usuli – bunda yalpi ichki mahsulot barcha qo’shilgan qiymatlar yig’indisi sifatida aniqlanadi.
Yalpi ichki mahsulot = ∑ QQ
2) Xarajatlar usuli – bunda yakuniy iste’molchilarning xarajatlari yig’indisi sifatida aniqlanadi.
Yalpi ichki mahsulot = C + I + G + Xn
Bu erda S – shaxsiy iste’mol xarajatlari; I– investitsiya xarajatlari ya’ni xususiy ichki investitsiyalar ; G – davlat xarajatlari ya’ni tovar va xizmatlarnin davlat xaridi ; Xn – chet elliklarning xarajatlari, ya’ni sof eksport;
3) Daromadlar usuli – bunda yalpi ichki mahsulot barcha yakuniy iste’molchilarning daromadlari yig’indisi sifatida aniqlanadi. Shu bilan birga yalpi ichki mahsulot tarkibiga biznesga egri soliqlar va amortizatsiya ham kiritiladi.
YaIM = amortizatsiya + biznesga egri soliqlar + ijara haqi + foiz ko’rinishidagi daromadlar + yollanma ishchilarning ish haqi + yakka tartibdagi qo’yilmalardan daromadlar + korporatsiya foydasiga soliqlar + dividentlar + korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi
Do'stlaringiz bilan baham: |