4.Mamlakatimizda olib borilayotgan soliq islohotlari.
Mamlakatimizda
so’nggi
yillarda
barcha
sohalarda
amalga
oshirilayotgan chora-tadbirlar qatori soliq sohasida ham rivojlanishning asosiy
maqsadlari belgilab olindi
Аsosiy maqsad:
• davlat soliq xizmati organlarini soliq toʼlovchilarning biznes-hamkori
va maslahatchisi sifatidagi yangi imidjini yaratish orqali xizmat koʼrsatishga
yoʼnaltirilgan idoraga aylantirish, har bir xodim tomonidan «Soliq xizmati —
insofli soliq toʼlovchilarning ishonchli hamkori» degan maqsadli vazifani
soʼzsiz bajarish;
• eksterritoriallik printsipi asosida soliq toʼlovchilar oʼz soliq
majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishi, biznesni qonuniy, shaffof va qulay yuritish
uchun maqbul shart-sharoitlar yaratish, soliq toʼlovchilarning qoniqish
darajasining oshishini taʼminlash;
• uchinchidan, soliq maʼmuriyatchiligi va nazoratining mutlaqo yangi
tizimini yaratish, shuningdek, korrupsiyaviy omillarga yoʼl qoʼymaslik boʼyicha
preventiv va oldini olish choralarini qoʼllash. Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020-yil 8-yanvar kuni Davlat
byudjeti parametrlarini ijro etish va hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish
boʻyicha joriy yilgi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi
oʻtkazildi.
Ilgʻor xorijiy tajriba hamda sinalgan amaliyot asosida mamlakatimizda
milliy soliq tizimi yaratildi. Soliqlar soni va stavkalari optimallashtirildi.
Qoʻshilgan qiymat soligʻining stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirildi.
31
Buning natijasida oʻtgan yili tadbirkorlar ixtiyorida jami 2 trillion soʻm mablagʻ
qoldi.
2020-yil 1-yanvardan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi amaliyotga tatbiq
etildi. Bu islohotlardan asosiy maqsad – joriy va kelgusi yillarda iqtisodiy
barqarorlikni taʼminlashdir.
Yigʻilishda buning uchun tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash va bu orqali
byudjet tushumlarini muntazam oshirib borish zarurligi taʼkidlandi.
– Yagona yoʻlimiz – tadbirkorlar sonini koʻpaytirish, odamlarni
ishbilarmon qilish! Har bir hokim byudjetga qoʻshimcha daromadlarni
taʼminlashi uchun oʻzi izlanishi, tadbirkorga sharoit yaratib, biznes vakillari
bilan yelkama-yelka ishlashi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Joylardagi rahbarlarning eskicha ish uslubi, energiya resurslari isteʼmoli
va toʻlovi boʻyicha hisob-kitob yuritishi, tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarga
yondashuvi tanqid qilindi. Oʻtgan yili Mirzo Ulugʻbek, Gʻuzor va Muborak
tumanlarida faoliyat koʻrsatmayotgan tadbirkorlar soni oshgani koʻrsatib oʻtildi.
– Bitta tadbirkor oʻz faoliyatini toʻxtatsa ham, bunga “favqulodda holat”
sifatida qaralishi kerak, – deya taʼkidladi Prezident. – Iqtisodiy barqarorlik asosi
raqobatbardosh tadbirkorlarni koʻpaytirishdir.
Yigʻilishda joriy yil birinchi chorakda byudjetga soliq tushumlarini
taʼminlash uchun hokimlar boshchiligida, ularning iqtisodiy masalalar boʻyicha
birinchi oʻrinbosarlari, moliya va soliq idoralari tomonidan amalga oshiriladigan
vazifalar belgilab berildi.
Avvalo, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish hamda faoliyatini
toʻxtatgan korxonalarni tiklashga koʻmaklashish kerakligi taʼkidlandi. Buning
uchun elektr, gaz, yoʻl, suv bilan bogʻliq infratuzilmani yaxshilash, yangilarini
barpo etish zarur. Shu bois hokimiyatlar tomonidan oshirib bajarilgan
daromadlar, birinchi navbatda, hududlarda mavjud infratuzilmani yaxshilashga
yoʻnaltirilishi belgilandi.
Shuningdek, tayyor infratuzilmasi bor kichik sanoat zonalarining 263
gektar maydoni va 50 mingdan ziyod obyektlaridan samarali foydalanilsa,
koʻplab yangi quvvatlar tashkil etish mumkin. Davlat aktivlarini boshqarish
32
agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga viloyat hokimliklari bilan birgalikda
shu borada manzilli dastur ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
Davlatimiz rahbari har bir tuman kesimida resurs soligʻi toʻlovchilarni
hamda ularning obyektlarini hisobga olish, ish oʻrinlari va tadbirkorlar
faoliyatini legallashtirish boʻyicha ham topshiriqlar berdi.
Elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli uchun qarzdorlikni qisqartirish
masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Navoiy viloyatlari va boshqa joylarda
debitor qarzdorlik koʻpaygani, avtomobillarga gaz quyish shohobchalarida katta
miqdorda talon-torojliklar aniqlanayotgani koʻrsatib oʻtildi. Bu energiya ishlab
chiqaruvchi korxonalarning moliyaviy ahvoliga salbiy taʼsir etishi bilan birga
hududlardagi tadbirkorlarning elektr va tabiiy gaz taʼminotida uzilishlarga sabab
boʻlmoqda.
Davlatimiz rahbari bunday holatlarga chek qoʻyib, elektr energiyasi va
tabiiy gazdan qarzdorlikni qisqartirish, aholi va tadbirkorlarni ushbu manbalar
bilan uzluksiz taʼminlash zarurligini taʼkidladi.
Maʼlumki, Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari,
“Oʻzbekneftgaz”, “Oʻztransgaz”, “Oʻzqurilishmaterillari”, “Oʻzkimyosanoat”
kabi yirik korxona va tashkilotlar byudjet koʻrsatkichlariga sezilarli taʼsir
koʻrsatadi. Endilikda ulardan tushumlar yaqinda tuzilgan Yirik soliq toʻlovchilar
bilan ishlash inspeksiyasi tomonidan mustaqil yigʻiladi.
Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilariga oʻz komplekslari
tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini har oyda muhokama
qilib borish boʻyicha koʻrsatma berildi.
Byudjetga tushumlarni oshirishda yana bir muhim yoʻnalish – davlat
aktivlari. Oʻtgan yili davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan byudjetga jami
1,6 trillion soʻm dividend toʻlangan, xolos.
Shu bois mutasaddilarga davlat mulki obyektlarini, jumladan, yogʻ-moy
va alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni xususiylashtirish, yirik
soliq toʻlovchi subyektlar boʻyicha dividend toʻlash miqdori va davriyligini
belgilash vazifasi yuklatildi.
33
Yigʻilishda berilgan topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish uchun
viloyat hokimlarining iqtisodiy masalalar boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari
moliya, soliq, bojxona, bank va iqtisodiy kompleks tarkibidagi boshqa
tashkilotlar bilan birgalikda tadbirkorlarga munosib sharoit yaratish va byudjet
daromadlarini oshirish boʻyicha doimiy ishlashi zarurligi qayd etildi.
Videoselektorda yana bir muhim masala – yangi Soliq kodeksini hayotga
toʻliq tatbiq etish masalasi ham atroflicha muhokama qilindi.
Maʼlumki, oʻtgan yili soliq tizimidagi oʻzgarishlarning mazmun-
mohiyatini aholi va tadbirkorlarga chuqur tushuntirish boʻyicha Ishchi guruh
tuzilgan edi. Uning hududiy tuzilmalari tomonidan bu borada manzilli ishlar olib
borildi.
Joriy yil 1-yanvardan mamlakatimiz soliq tizimida 120 dan ortiq yangi
qoidalar amaliyotga kiritildi. Bu qoidalar toʻgʻri qoʻllanishi, aholining huquq va
manfaatlari taʼminlanishi uchun oʻzgarishlardan barcha xabardor boʻlishi kerak.
Shu bois viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari boshchiligida iqtisodiy
kompleks idoralari xodimlari va tadbirkorlarni oʻqitishni tashkil etish zarurligi
taʼkidlandi.
Kodeksning mazmun-mohiyatini anglagan holdagina uning sifatli
ijrosini taʼminlashga imkon boʻladi. Undan tashqari, hujjatda koʻzda tutilgan
qoidalarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida barcha tumanlarda davra
suhbatlari, seminarlar va boshqa targʻibot tadbirlarini oʻtkazish muhimligi qayd
etildi. Ommaviy axborot vositalarida targʻibot boʻyicha media reja ishlab chiqib,
birinchi chorak davomida barchaga yetkazish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Yangi kodeksda soliq organlariga ham koʻplab vazifalar yuklatilgan.
Ularni sifatli amalga oshirish uchun soliq xodimlari bilim va saviyasini keskin
oshirishi, tadbirkorlarga munosabatini tubdan oʻzgartirishi zarurligi taʼkidlandi.
Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va
Biznes-ombudsmanga xalqaro tajriba asosida, tadbirkorlar bilan muhokama
qilgan holda soliq tekshiruvlari oʻtkazish tartibini ishlab chiqish vazifasi
qoʻyildi.
34
Yigʻilishda qurilishni moliyalashtirish masalasiga ham toʻxtalib oʻtildi.
Moliyalashtirish manbasi aniq boʻlmagan obyektlarda qurilishni boshlash va
loyiha-smeta hujjatlarisiz qurilishni moliyalashtirish taqiqlanishi qayd etildi.
– Bugungi topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish iqtisodiy
kompleksdan katta masʼuliyat talab etadi. Shu bois bu yil hukumat va hududlar
uchun “iqtisodiy kompleksni safarbar qilish yili” boʻladi, – dedi Shavkat
Mirziyoyev.
Do'stlaringiz bilan baham: |