Kadrlar tayyorlash Iqtisodiyotimizning turli sohalari uchun xalqaro standartlar darajasidagi A.K.T yo`nalishidagi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimni yaxshilash maqsadida Toshkent axboro texnologiyalari universiteti bir qator yangi yo`nalishlarda, jumladan, kompyuter injiniringi, dasturiy injiniring, telekommunikatsiya texnologiyalari, televizion texnologiyalar, A.K.T yo`nalishida iqtisod va menejment kabi yo`nalishlarda o`qitishni boshladi. Shuningdek, joriy yilda Prezidentimiz qaroriga asosan, universitetda magistraturaning ikki yangi yo`nalishi ochildi: “Elektron hukumat” tizimi boshqaruvi hamda axborotlashtirish va kutubxonachilik. 2014-yilning 1 oktyabridan Toshkentda Koreyaning Inxa Universiteti filiali o`z faoliyatini boshladi. Prezidentimizning 2014 yil 24 martdagi “Toshkent shahrida INHA universitetini tashkil etish to`g‘risida”gi qarori asosida ish boshlagan mazkur o`quv dargohi kompyuter va dasturiy injiniring, kompyuter tarmoqlari injiniringi kabi yo`nalishlarda yuqori malakali kadrlar tayyorlaydi. O`tgan yillar davomida TATU va filiallarining yosh va iqtidorli o`qituvchilari Janubiy Koreya va Germaniyada malaka oshirish kurslarini o`tab qaytishdi. A.K.T samaradorligini oshirishda turli soha mutaxassislarining bilim va ko`nikmalarini oshirib borish zarur. Shu maqsadda TATU qoshida elektron hukumat o`quv markazi tashkil qilindi. Bu yerda davlat xo`jaligi va boshqaruvi, mahalliy boshqaruv organlarining xodimlari va rahbarlari o`qitilmoqda. Bugungi kunga qadar davlat idoralarining xodimlaring aksariyati o`quv kurslarini o`tashga muvaffaq bo`ldilar. Albatta, bu jarayonda aholining ham savodxonligini oshirib borish talab etiladi. TATUning zukko talabalari tomonidan tuzilgan “Bunyodkor yoshlar” kompyuter savodxonligi guruhi har yili iyul-avgust oylarida aholi va tadbirkorlarga zamonaviy texnologiyalar asoslarini o`rgatadilar.
Masalaning qo`yilishi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishining maqsadi tasix tarmogida Shifokorlar bazasi veb ilovasini ishlab chiqishga qaratilgan.
Shifokorlar bazasi veb ilovasini ishlab chiqishda quyidagilar amalga oshirilsin:
Fodalanuvchilarga qulay menyular paneli shlab chiqilsin;