O`zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari.
Ma’lumki, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish – istalgan davlat taraqqiyotining zaruriy sharti hasoblanadi. Bozor iqtisodiyoti va demokratik islohotlar yo`lidan borayotgan O`zbekiston ham bundan mustasno emas. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo`nalishida erishilgan yutuqlar, natijalarga bugun barchamiz guvoh bo`lib turibmiz. O`tagan yillar davomida – nafaqat A.K.T sohasi, balki shu yo`nalishda mehnat qilayotgan har bir inson hayotida yodda qolarli voqealarga boy bo`lgani, shubhasiz.
Rivojlanish strategiyasi
Yurtimiz axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish strategiyasi 2013-2020 yillarga mo`ljallangan O`zbekiston Respublikasining milliy axborotkommunikatsiya tizimini kompleks rivojlantirish dasturi asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur dastur Prezidentimizning 2013 yilning 27 iyunidagi qarori bilan tasdiqlangan.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag‘ishlangan majlisida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo`mitasi oldiga Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini kompleks rivojlantirish dasturida belgilangan loyiha va chora-tadbirlarni o`z vaqtida bajarish vazifasi qo`yilgandi.
Telekommunikatsiyalar
Telekommunikatsiyalar infratuzilmasi A.K.Tni rivojlantirishning asosi hisoblanadi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida bu yo`nalishda qator natijalarga erishildi.Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi 2014 yil davomida 42,3 foizga o`sdi va 15,5 Gbit/s.ga yetdi.Operator va provayderlar uchun internet-xizmatlari (tashqi kanal) tarifi 1 Mbit/s. uchun 276,27 AQSh dollarigacha tushirildi. Narxlarning pasayishi 2014 yilda 11,6 foizni tashkil etdi.“Bo`zatau– Qo`ng‘irot”, “G‘uzor–Boysun”, “Denov–Uzun–Sharg‘un”, “Jaslik– Qoraqalpog‘iston”, “Mo`ynoq–Qibla Ustyurt”, “Uzun–Tojikiston chegarasi” uchastkalarida zamonaviy texnologiyalar asosida kengpolosali aloqani ta’minlovchi 2000 km.dan ortiq optik tolali aloqa liniyasi qurildi. Natijada ushbu tarmoq orqali mijozlarga videotelefoniya, internet-televideniye, yuqori tezlikdagi internet, HDTV-kanallar va boshqa xizmatlarni ko`rsatish imkoni yaratildi.
Internetga kengpolosali ulanish xizmatlariikini ko`rsatish uchun o`rnatilgan portlar soni 640 mingga oshirildi, foydalanilayotgan portlar soni esa 135,1 foizga o`sdi.
Yirik loyihalarning amalga oshirilishi simsiz aloqaning taraqqiy etishiga ham xizmat qilmoqda. Bugungi kunda mobil aloqa operatorlari to`rtinchi avlod tarmog‘i – 4G (LTE)ni joriy qilishmoqda. Ushbu texnologiyalar internetfodalanuvchilarning A.K.Tdan foydalanish imkoniyatlarini yanada oshiradi.
“O`zbektelekom” AK chaqiriqlarga xizmat ko`rsatuvchi Yagona markaz loyihasini joriy etish doirasida respublikamizning barcha hududlarida 13ta mintaqaviy markazlar tashkil etildi. Mazkur loyihaning amalga oshirilishi telekommunikatsiya va internet-xizmatlar ko`rsatish sifatining yanada yuqori bosqichga chiqishini ta’minlaydi.Mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini yangi avlod texnologiyalari asosida modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda. Joriy yil davomida respublikamiz bo`ylab 26ta zamonaviy kommutatsiya uskunalarining ekspluatatsiya qilinishi telefon raqamlari sig‘imini sezilarli miqdorda oshirishga imkon berdi.
Mamlakatimiz rahbarining “Xitoy Xalq Respublikasi Davlat taraqqiyot banki ishtirokida O`zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmog‘ini modernizatsiya qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to`g‘risida”gi qaroriga ko`ra telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo`yicha 117,6 mln. AQSh dollariga teng (shu jumladan, Xitoy Davlat taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan 100 mln. AQSh dollaridagi kredit vositalari hisobiga) loyihalar amalga oshirilmoqda. Ushbu yirik loyihalar magistral ma`lumotlar uzatish tarmoqlari imkoniyatini kengaytirishga qaratiladi: xalqaro yo`nalishda — 10 barobarga (100 Gbit/s.gacha), viloyatlar markazlarida — 4 barobar (40 Gbit/s.gacha) va tumanlar markazlarida — 10 barobar (10 Gbit/s.gacha).
O`zbekiston Respublikasida 2014–2015 yillar davomida Wi-Fi texnologiyasi bo`yicha kengpolosali ulanish tarmoqlarini rivojlantirish dasturi ham amalga oshirilyapti. Mazkur dasturdan ko`zlangan maqsad – barcha viloyatlarda, jumladan aeroportlarda, vokzallarda, sayyohlar ko`p tashrif buyuradigan joylarda, istirohat bog‘lari, savdo markazlari va boshqa jamoatchilik joylarida simsiz kengpolosali ulanishni tashkil qilishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |