Serquyosh poytaxtim
Mustaqil O‘zbekistonning serquyosh poytaxti – Toshkent kun sayin chiroy ochib bormoqda.
Shahar ko‘chalari kengaytirilib, yangi yo‘llar, ko‘priklar qurilmoqda, bog‘lar barpo etilmoqda.
Shaharda qad roslayotgan binolar uning husniga husn baxsh etmoqda. Ayniqsa, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Milliy drama teatri binosi, Milliy bank, yangi konservatoriya binosi, mehmonxonalar e’tiborni tortmoqda.
Yurtboshimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Xotira maydoni va Shahidlar xotirasi xiyoboni xalqimizning ziyoratgohlariga aylanib ulgurdi.
Toshkent metrosining Yunusobod yo‘li ishga tushirilishi yana bir ajoyib voqea bo‘ldi.
Umuman, istiqlol yillarida Toshkent yanada chiroy ochib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |