Gul va Navoiy navosi
Alisher Navoiy o‘z asarlarida gul, uning vazifasini o‘taydigan giyoh va o‘simliklar, gulga aloqador ashyolar, shuningdek, mavjudotlarning juda ko‘pidan va xilma-xillaridan keng foydalanadi. Shu bilan bir vaqtda ulug‘ shoir o‘z maqsadlarini ifodalashda gul va gulistonlardan ayrim g‘azallarining ba’zi baytlaridagina foydalanib qo‘ya qolmay, balki o‘nlab g‘azallarini butun-butunligicha ana shunday ifodalashga bag‘ishlaydi. Ularda o‘nlab xildagi gullar: nasrin, nastarin, nargis, nilufar, savsan, rayhon, xino, zanboq guli, lola, sadbarg, ra’no, hazorg‘uncha, zag‘far, sumanpar; yoqimli hidi va go‘zal ko‘rinishi bilan gulni eslatuvchi giyohlar: sunbul, ishqi pechan; manzarali daraxtlar: sarv, ar-ar, arg‘uvon, shamshod kabilar haqida ma’lumot beradi. Ya’ni: guloroy — gul bilan bezangan, gulrez — gul to‘kuvchi, gulpo‘sh — gul yopingan, qip-qizil gulday kiyingan, gulbang — yoqimli ovoz, bulbul ovozi, guldastaband — majozan quyosh nurlari kabi iboralar Navoiy asarlarining mazmunini ochib berishda mislsiz zo‘r xizmat qiladi.
Shuningdek, yuqorida aytib o‘tilgan iboralarning aksariyatini ulug‘ Navoiy sinonimiya vositasida turli variantlarda ishlatgan: gul, chechak, vard, shugufa kabi. Shu bilan birga, gulga oid ko‘pchilik iboralardan omonimiya yordamida turli ma’nolar hosil qilgan: gul (chechak), gul (bezak), gul (yashnamoq), gul (mahbuba), gul (go‘dak), gul (umuman inson), gul (qizamiq) singari.
Buyuk shoirning asarlarida gul tushunchasidan foydalanish ko‘lami katta va keng.
Tabib
«Nosir buva o‘rikdan yiqilib tushibdi», degan xabar juda tez tarqaldi. O‘g‘illari, qizlari, boringki, jamiki qarindosh-urug‘lari to‘plandi. Nosir buva yetmishga kirgandi. Shunday ekan, bu yog‘i ma’lum-da! Erkaklar bir-birlari bilan ma’noli bosh chayqashar, xotinlar burchak-burchaklarda «otamo‘-o‘»lab yig‘lash mashqini boshlashdi. Busiz mumkin emas-da! Axir, yetmishga kirgan ota o‘rikdan yiqilib, so‘rida yotgancha inqillashni ham ja o‘rniga qo‘ymoqda. Faqat kampiri — Chaman xola beparvo. Qarib miyasi suyulib qolgan-da, shu pallada sigirining kanasini terish bilan band. Eshikdan o‘rtancha o‘g‘li Akramjon kirganidagina u sal sergaklandi. Akramjon onasiga bosh irg‘ab qo‘ydi-yu, boshqalarga qaramadiyam.
— Ota, tuzukmisiz? — bemorni turtib so‘radi u.
— Ixi, ixi, ixi! A-a-akram, s-s-senmisan? — ota ko‘zini xiyol ochdi.
— Menman, otam, menman.
— Rozi bo’lasan endi, — deb vidolashganday ko‘zini yumdi.
— E, qayoqdagi gaplar bilan odamni qo‘rqitmang! — Akram qo‘l siltadi. — O‘rikdan yiqilganlarning hammasi o‘laversa — sanoqli odamlar qolardi bu dunyoda!
— Sen oldin men yiqilgan joyni ko‘rgin! — bemorning ovozi dadilroq yangradi. Hatto qo’lini ko‘tarib o‘rikka imladi. — Hov anovi ayridan yiqildim!
— E, bu ayri nima bo‘libdi! — Akram o‘rik tomon yurib, shart shoxga chiqdi. — Shu yerdan yiqildingizmi? —so‘radi yana u.
— Ha, ha...
— Bu yerdan yiqilgan odam o‘lmaydi.
— O‘ladimi? Bo’lmasa menam tashlayman, o‘laman, birgalashib ketamiz. Mana qarab turing! — deb Akram tashlamoqchi bo‘ldi.
— Hay-hay-hay! — Nosir buva qaydan g‘ayrat topdi, o‘mganini ko‘tarib qo‘l siltay ketdi.
— O‘lmaydikan, o‘lmaydikan! Tashlama, mana, men, o‘lmadim-ku!?
— O‘lmasa ham et-beti lat yeydi, o‘n-o‘n besh kun oh-voh deb ko‘rgani kelganlarning ovqatini yeb mazza qilib yotadi! Menam bekorchiman, ota, hasratlashib yotamiz-da. Qarab turing!
— Yo‘-yo‘-yo‘q! Lat ham yemas ekan, mana! — bemor o‘rnidan dast turib ketdi. — Qara, hamma yog‘im sog‘-u salomat! Tush!
Akramjon o‘rikdan tushdi. O‘g‘il-qizlar, qarindoshlar qo‘l siltashib jo‘nab qolishdi. Chaman xola qo‘li bilan Akramjonning yelkasiga qoqdi:
— Akram, yaxshiyam sen borsan, bolam. Bilardim otang, o’lmasdi, ammo «oh-voh» qilib yotib olardi. Uch oy kasal boqardik.
Do'stlaringiz bilan baham: |