O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi



Download 369,2 Kb.
bet157/192
Sana15.01.2022
Hajmi369,2 Kb.
#369363
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   192
Bog'liq
AKADEMIK YOZUV majmua 2021-22 tayyor (2) 14372

Ismoil Somoniy maqbarasi

«Ilm-fanni egallash har bir muslima va muslimga farzdir». Bu da’vat ushbu shahardagi madrasa eshigining yuqori qismiga o‘yib bitilgan.

Buxoro O‘rta Osiyoning ko‘hna shaharlaridan. Bu o‘lkani va unda qad ko‘targan dastlabki shaharni aholi qadimda «Bug‘ora», ya’ni «tangri jamoli» deb yuritishgan.

Buxoro ko‘p asrlar davomida O‘rta Osiyoning asosiy shahri bo‘lib keldi. Bu esa arxitektura yodgorliklarining nihoyatda ko‘payib ketishiga sabab bo‘ldi. Hozir shaharni «muzey shahar» desa arziydi. Bu nomga, butun manzaralari saqlangan holda o‘sib borayotgan qurilishlar, inshootlar juda mos keladi. Buxoro tarixiy obidalarga juda boy. Bu obidalardan biri Ismoil Somoniy maqbarasi hisoblanadi.

Ismoil Somoniy 849-yilda Farg‘ona shahrida tavallud topgan. 14 yoshida otasi vafot etib akasi Nasr qo‘lida qolgan. Ismoil Somoniy o‘z hokimligining (874-907) dastlabki davrlarida katta qiyinchiliklarga duch keladi.

Ismoil Somoniy o‘z davrining yirik va aqlli davlat arboblaridan bo‘lgan. U asosiy diqqat-e’tiborini o‘z davri uchun ilg‘or hisoblanmish markazlashgan davlat tizimini joriy etishga qaratdi. Ismoil Somoniy shunday bir qudratli markazlashgan davlat barpo qiladiki, bu davlat o‘sha vaqtda Sharqda shuhrat topadi. Ismoil Somoniy aqlli, adolatli, shavkatli, fikr va tadbir egasi bo‘lgan. Ismoil Somoniy 907-yilda vafot etadi. Taxtga o‘g‘li Ahmad (907-914) o‘tiradi.

Ismoil Somoniy maqbarasi Somoniylar nomli madaniyat va istirohat bog‘ida joylashgan.

Maqbaraning ichki va tashqi devorlari jimjimador tiniq g‘ishtdan qurilgan. O‘sha vaqtlarda koshin bo’lmagani uchun bino shunday usul bilan bezatilgan. Ustalar kvadrat shaklidagi g‘ishtlarni har xil usulda terib devorni badiiy jihatdan juda chiroyli qilib bezatganlar. Bu o‘ziga xos naqsh maqbaraning tekis devorini juda nafis qilgan. Ertadan kechgacha quyosh og‘ishgan sari maqbaraning g‘isht bezaklari ham har xil tusga kirib tovlanadi. Oy yorug‘ida, ayniqsa, chiroyli bo‘ladi. Jahon arxitekturasida bu usulda bezatilgan birorta boshqa tarixiy yodgorlik yo‘q. Shuning uchun ham maqbara jahon ahamiyatiga egadir. Agar bu maqbaraga har tomonlama qaraganda yetti xil tovlanadi.

Maqbaraning to‘rt tomoni bir xilda. Maqbaraning yuqori qismida binoning bir tomonidan ikkinchi tomoniga o‘tgan qirq darchali yo‘lak mavjud. Bu yo‘lak yodgorlikning chiroyini biroz ochadi va uning vazmin gumbazini yengillashtiradi.

Maqbara kvadrat shaklidagi pishiq g‘ishtdan qurilgan. Devorlari tekis bo‘lib, to‘rt tomonidan bittadan ravoqli eshigi bor. Yog‘och xariga maqbaraning qurilgan vaqti va boshqa yozuvlar yozilgan, sharq tomoni binoning old tomoni hisoblanadi. Maqbara atrofiga g‘ishtdan maydoncha qurilgan. Hozir bu yerga sayohatchilar tez-tez kelib turadi. Ismoil Somoniy maqbarasini Vatanimizdan tashqari joylarda ham yaxshi biladilar. Maqbara kub shaklida bo‘lib, yarimsharsimon qubba bilan yopilgan. Burchaklarida to‘rtta kichkina qubba bor. Devori qalin bo‘lganligi tufayli bu yodgorlik ming yildan beri yaxshi saqlanib keladi.

Ismoil Somoniy maqbarasi har tomonlama o‘z zamonasining manfaatlari va ruhini aks ettiradi.

Yozma manbalar va xalq rivoyatlariga qaraganda bu yodgorlik somoniylar sulolasi asoschisi Ismoil Somoniyning o‘zi hayot bo‘lganda otasining qabri ustiga qurilgan. Keyinchalik o‘zi ham shu yerga dafn etilgan. Bu yodgorlik 892 va 907-yillarda qurilgan deb taxmin qilinadi.

Download 369,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish