O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi



Download 369,2 Kb.
bet142/192
Sana15.01.2022
Hajmi369,2 Kb.
#369363
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   192
Bog'liq
AKADEMIK YOZUV majmua 2021-22 tayyor (2) 14372

Registon

Samarqanddagi Registon majmuasi uchta salobatli binodan tashkil topgan. Bular: Ulug‘bek madrasasi, Sherdor va Tillakori madrasalaridir.

Ulug‘bek madrasasi 1407-yilda barpo etilgan. Bu bino Ulug‘bek qurdirgan madrasalarning eng kattasi va eng hashamatlisi edi. Madrasada diniy fanlardan tashqari, turli amaliy fanlar ham o‘rganiladi. Bu yer o‘z davrida ilm-fanning yirik markazi bo‘lgan. Madrasada mashhur olimlar, jumladan, Ulug‘bekning o‘zi ham dars bergan.

Sherdor madrasasi 1619-1636 – yillarda Samarqand hukmdori Yalango‘sh Bahodirning topshirig‘i bilan qurilgan. Bahaybat peshtoq tepasida sher va ohular rasmi solingani uchun, Sherdor madrasasi deb atalgan. Madrasa o‘z davrining ilmiy, diniy markazi bo‘lgan.

Tillakori madrasasi 1647-1660 – yillarda qurilgan. U zarhal naqshlar bilan ishlangani uchun shunday nom olgan. Bu madrasa qurilish bilan Registon majmuasi mukammal shakl olgan.

Hozirgi kunda bu uchala madrasa binosi qayta tiklandi.
Buxoro

Buxoro O‘rta Osiyoning ko‘hna shaharlaridan biridir. Bu shahar bundan 2300 yil muqaddam Zarafshon vodiysining quyi qismida qad ko‘targan. Dastavval daryoning Zarirud nomli quyi tarmog‘ining ikki sohilida paydo bo‘lgan. Qishloqning tevarak-atrofi qadimda nihoyatda xushmanzara edi. Butun vodiy bo‘ylab atrofni qoplab yotgan qalin daraxtzor va to‘qaylarda turli-tuman yovvoyi hayvonlar hamda ajoyib qushlar bo‘lgan. Shuning uchun bu o‘lkani «Bug‘-oro», ya’ni «Tangri jamoli» deb atashgan.

Ismoil Samoniy madrasasi (IX-X asrlar), Chashman Ayyub maqbarasi (XII asr), Nomozgoh masjidi (XIV, XVI asrlar), Buyon Qulixon maqbarasi (XIV asr), Ulug‘bek madrasasi (1417-yil), Masjidi Kalon (1514), Mir Arab madrasasi (1530), Ko‘kaldosh madrasasi (1578 yil), Sitorayi Mohi Xosa saroyi va boshqalar Buxoroning dovrug‘ini jahonga taratgan,

Buxoro O‘zbekistonning madaniy va obod shaharlaridan biri bo‘lib qoldi.
Toshkent

Men Toshkent shahrida tug‘ilganman. Bu shahar men uchun juda qadrdon. U qadimiy va shu bilan birga navqiron shahar. Toshkent – O‘zbekiston poytaxti.

U bundan 2300 yil burun tashkil topgan. Qadimda uni Shosh deb atashgan.

Toshkentda juda ko‘p tarixiy obidalar mavjud. Bular Ko‘kaldosh madrasasi, Shayhantovur, Zangiota, Xasti imom kabi madrasalar bor.

Ularni xalqimiz asrab-avaylab saqlagan. Toshkentda katta-katta ko‘chalar, istirohat bog‘lari, ajoyib binolar, chiroyli favvoralar bor.

Havo darvozasi bo‘lmish sayrgohdan shaharga eltuvchi ko‘chaning nomi Bobur deb ataladi. Bobur ko‘chasida baland-baland binolar, o‘quv yurtlari, savdo markazi bor.

Toshkentning markaziy ko‘chalaridan yana biri Navoiy ko‘chasidir. Keng va obod Navoiy ko‘chasida O‘zbek Milliy drama teatri, Navoiy nomli adabiyot muzeyi, «Zangori ekran» markazi, sirk va boshqa juda ko‘p diqqatga sazovor joylar bor.

Download 369,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish