Mehmondo‘st o‘lka
Biz O‘zbekistonda yashaymiz. Serquyosh respublikamizning dovrug‘i butun olamga ketgan. Ajoyib tabiati, mehmondo‘st xalqi, asaldek nozik ne’matlari o‘zbek diyorining faxridir.
Xalqimizda, «Mehmon otangdan ulug‘« degan maqol bor. O‘zbek xonadonidan mehmon arimaydi.
Ular har bir mehmonni ochiq chehra bilan kutib oladilar. Mehmondan hech narsani ayamay, uyda borini baham ko‘radilar. O‘zbek xalqining bag‘ri keng.
Respublikamizning shaharlariga dunyoning turli burchaklaridan minglab sayohatchilar mehmon bo‘lib kelishadi. Ular serquyosh diyorimizning noz-ne’matlaridan bahramand bo‘lishadi. Turli davrlarga oid tarixiy yodgorliklarni hayrat bilan tomosha qilishadi. O‘z yurtlariga katta taassurotlar bilan qaytishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |