Tarmoq trafigini boshqarish vositalari
Trafik ustuvorligini aniqlash vositasi - raqobatdosh xizmatlarni blokirovka qilishdan tashqari, tarmoqdagi xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilaydi. Bu kechikishni kamaytiradi va ma'lumotlar tarmoqlarida o'tkazish qobiliyatini ajratadi.
Tarmoq resurslarini boshqarish vositasi - tizimning joriy imkoniyatlarini kuzatib boradi, qayd qiladi va resurslar taqsimotini nazorat qiladi.
Tarmoqni inventarizatsiya qilish vositasi - Bu tarmoq kompyuterlarining dasturiy va apparat elementlarini tekshirishda yordam beradi.
Tizimni boshqarish vositasi - u server ishlashi va mavjudligini doimiy monitoring qilish uchun ishlatiladi.
2. TMN modeli vazifalari va sathlari
Telekommunikatsiyani boshqarish tarmoq‘i (TMN – Telecommunications Management Network) ― tarmoqni boshqarish atamasi 1980-yilning boshida paydo bo‘lgan bo‘lib, u telekommunikatsion tarmoqning to‘g‘ri ishlashi (normal holatda va tarmoq xarakteristikalari o‘zgargan holda tarmoqqa qo‘yilgan asosiy vazifalarni bajariishini)ni ta‘minlash va texnik xizmat ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Texnik xizmat ko‘rsatish deganda tarmoqqa kiruvchi elementlar faoliyati buzilganda xarakteristikalarini yoki ish faoliyatini qayta tiklash nazarda tutiladi (qurilma yoki dasturlarning buzilishi). Bunda ma‘lum kompleks chora tadbirlar ko‘riladi. Bunga nosozliklarni aniqlash va ularni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari kiradi. Oxirgi yillarda bu funksiyalarning sezilarli rivoji ― tarmoq boshqaruvi‖ terminining keng foydalanilishiga sabab bo‘ldi.
Telekommunikatsiya tarmoqlarining konsepsiyasi tarixida telekommunikatsiya tarmoqlari boshqaruvining paydo bo‘lishiga sabab tarmoq kengayishi natijasida ularga ketadigan sarf arajatlarning ko‘payishi bo‘ldi.Bu kabi harajatlarni kamaytirishning yagona yo‘li texnik xizmat ko‘rsatishning markazlashtirilganligi. Lekin bu qiyin masala bo‘lib chiqdi.Quyidagi sabablarga ko‘ra markazlashtirishdan olinadigan foyda ― nolga teng edi.
Elektr aloqa tarmoqlarining xilma xilligi. Bu ma‘lumotlarni qabul qilish, uzatish, kommutatsiyalash va qayta ishlashda foydalaniladigan qurilmalrning turli xilligini ko‘rsatadi. Masalan kommutatsion tugun texnologiyani taqdim etadi, lekin u signallarni uzatish va SDH talablari asosida qurilgan tizimga mos tushmaydi.
Turli stansiyalarning signalizatsiya tizimlari, qurilish tamoyillari ham o‘zaro juda farq qiladi. Masalan, statsionar tarmoqlar kommutatsion tuguni yuqorida qayd etilgan jihatlari bilan mobil aloqa tarmoqlari tugunlaridan farq qiladi. Shuning uchun tarmoq boshqaruv tizimlari turli xil texnik vositalar va qabul qilish, uzatish va kommutatsiya texnologiyalariga moslashuvchan bo‘lishi shart.
Xizmatlar va qabul qiluvchi qurilmalarning xilma xilligi. Bugungi kunda aloqa sohasida ko‘plab kompaniyalar faoliyat yuritmoqda, ular bizni aloqa xizmatlari bilan ta‘minlamoqda. Ular ta‘minlayotgan qurilmalar va ko‘rsatilayotgan xizmat turlariga mos ravishda turli xil. Masalan Siemens kompaniyasida chiqayotgan qurilma Alcatel mahsulotidan farq qiladi.
Shuning uchun tarmoq boshqaruv tizimi tarmoqda turli xil qurilmalar va xizmatlarni boshqarishga mos kelishi kerak.
Aloqa tarmoqlarining internatsionalligi. Bugungi kunga kelib ma‘lumot oqimlari internatsionallashib bormoqda. Shuning uchun texnik xizmat ko‘rsatish tizimlari xalqaro standartlar masshtabida xizmat ko‘rsatishi kerak.
TMN tizimlarining asosi ko‘plab tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi, lekin tarmoqda foydalaniladigan asosiy qonun-qoidalarni quyidagi tashkilotlar ishlab chiqadi: Xalqaro standartlar tashkiloti (ISO — International Standards Organization), Xalqaro elektr aloqa ittifoqi Elektr aloqa standartlashtirish sektori (ITU — International Telecommunications Union — Telecommunication Standardization), Amerika milliy standartlari instituti (ANSI — American National Standards Institute), Yevropa elektr aloqa standartlari instituti(ETSI–European Telecommunication Standards Institute).
TMN konsepsiyasi tarmoq elementlarini (NE) o‘z ichiga oladi – kompyuterlar, ma‘lumotlar bazasi, terminallar, aloqa taqmog‘i va faoliyatini ta‘minlovchi tizimlar (OSS). TMN bu elementlarning barchasini bitta strukturaga, arxitekturaga yig‘adi va turli xil tarmoq elementlari hamda tarmoq faoliyatini boshqaruvchi tizimlar o‘rtasida o‘zaro munosabatni taminlaydi. Shu bilan birga TMN ma‘lumot almashinuvida foydalaniladigan standartlashtirilgan interfeys va protokollarni ham nazorat qiladi.
TMN modelida boshqaruv obyektlariga quyidagilar kiradi:
Tarmoq elementlari— NE (Network Element)
Funksionalligini ta‘minlovchi tizimlar OSS (Operations Support Systems).
Tarmoq elementlari TMN da boshqariladigan tarmoqning apparatura qurilmalari. Bular oddiy, murakkab va rivojlangan tarmoq elementlari bo‘lishi mumkin, masalan dasturiy ta‘minot bilan boshqariladigan tarmoq tugunlari, ular o‘zining funksional va texnik xizmat ko‘rsatish tizimlariga ega. Bular tizim ishini uzluksiz nazorat qilib turadi, dasturiy va texnik ta‘minotidan kelayotgan avariya signallarini avtomatik tarzda qayta ishlaydi va ular qoshimcha qurilmalarga ega, masalan asosiy qurilmalarning dublikatlanishi. Nosozlik vujudga kelganda avtomat tarzda diagnostika xizmati ishga tushadi, u xatolik darajasini aniqlab defektli modulni va u bilan bog‘liq qurilmalarning faoliyatini taqiqlaydi.
Stansiya tarmoq elementiga qarama-qarshi misol sifatida boshqa NE ni keltiramiz - regenerator, u raqamli signallarni uzatishda eng kichik qurilmalardan biri hisoblanadi. Tarmoqdagi regeneratorlar soni juda ko‘p, lekin ularga xizmat ko‘rsatuvchi tizimosti elementlar unchalik ko‘p emas. Xatolik vujudga kelganda bu oddiy modullar katta nosozliklarga olib kelishi mumkin.
Tarmoq elementlariga misol sifatida keltiilgan bu ikki elementlar tarmoqning ikki tomoniga misol bo‘ladi – eng ko‘p boshqariladigan obyektlar (telefon stansiyalari) va eng kam boshqariladigan (regenerator)lar. Ular orasidagi diapason esa ko‘plab tarmoq elementlarini o‘z ichiga oladi.
TMNning ikkinchi turdagi boshqaruv obyektlari bu – OSS (Ish faoliyatini ta‘minlovchi tizim). Bu tizim tarmoqning ish faoliyatini ta‘minlovchi protseduralarni aniqlab beradi(nafaqat avtomatlashgan tizimlarda balki mexanik tizimlarda ham). Bular quyidagi tizimlar:
mavjud NE boshqaruv qurilmalari o‘rtasidagi ma‘lumot almashinuvi;
avariya to‘g‘risidagi xabarlarni qayta ishlashdagi tartibning o‘rnatilganligi;
NE da ishlarining tashkillashtirilganligi;
qayta ishlashda dispetcherlik xizmati va navbatlarning kiritilishi;
iqtisodiy hisob kitoblar va boshqa jarayonlarning tashkillashtirilganligi.
Tarmoq elementlari (NE) va tarmoq ish faoliyatini ta‘minlovchi tizimlar Q-interfeys yordamida o‘zaro bog‘lanadi va quyidagi ikki qismga ajratilgan bo‘ladi:
Informatsion model;
aloqa protokollari.
Do'stlaringiz bilan baham: |