TMN protokollari iyerarxiyasi
Bu piramida – mantiqiy ko‘p satxli (pog‘onali) arxitekturadir (LLA — Logical Layered Architecture) bunda boshqaruv elementlari bajariladigan vazifalarining qiyinligi bo‘yicha sinflashtiriladi. TMN tizimlari boshqaruvi bo‘yicha piramida pog‘onalari 4-rasmda keltirilgan.
4-rasm. Aloqa tarmoqlarining boshqaruv tizimlari pog‘onalari.
Rasmda har bir bosqich shartli tashkil etuvchilari va ularning mavjud o‘zaro aloqalari ko‘rsatilgan. Bularning har birini quyi darajadan boshlab ko‘rib chiqamiz.
Tarmoq elementlari pog‘onasi (NEL — Network ElementLayer) alohida alohida qurilmalarda o‘rnatilgan ma‘lumotlar bazasi va xizmatchi boshqaruv ma‘lumotlari (MIB — Management Information Base) o‘rtasidagi interfeys rolini o‘ynaydi.Bu kabi ma‘lumotlar bazasi quyidagi tarmoq elementlariga taalluqli bo‘ladi, masalan, kommutatsion stansiyalar, uzatish tizimlari, multipleksorlar, matnli qurilmalar komplekti kabilar. Shu bilan birga Q-adapterlari va bevosita TMN tarmog‘i ishini ta‘minlovchi qurilmalar.
Elementlarni boshqarish pog‘onasi (EML — Element Management Layer) guruhli tarmoq elementlari ishini nazorat qiluvchi OSS tizimlariga mos keladi. Bu pog‘ona guruhli tarmoq elementlarini boshqarish imkonini beradi. Bu pog‘onada boshqaruv funksiyalari amalga oshiriladi. Bunday funksiyalarga misol qilib qurilma xatoliklarini aniqlash, energiya sarfini va ishchi temperaturani nazorat qilish, statik ma‘lumotlar yig‘ish, resurslardan foydalanish darajasini aniqlash, mikroprotsessor qurilmalarining yangilanishi kabilar kiradi. Bu pog‘onada vositachi qurilmalar OSS bilan q3 interfeysi orqali ulanadi.
Tarmoqni boshqarish pog‘onasi (NML — Network ManagementLayer) alohida tarmoq elementlari ma‘lumotlari asosida tarmoq haqida umumiy tushuncha hosil qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, bu pog‘onada tarmoq elementlarining o‘zaro ta‘siri nazorat qilinadi, oxirlovchi qurilmalar zarur xizmat ko‘rsatish sifatiga (Quality of Services) yetgunicha ma‘lumotlar uzatish marshrutlari shakllantiriladi. Marshrutizatsiyalash jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi, alohida kanallarning o‘tkazuvchanlik qobiliyati o‘lchanadi, yo‘nalishlar va marshrutlar, ishlab chiqarish optimallashtiriladi va ishdagi xatoliklar aniqlanadi.
Xizmatlarni boshqarish pog‘onasi (SML — Service Management Layer) tarmoqning aynan foydalanuvchi (abonent yoki boshqa servis-provayder)lar bilan bevosita bog‘liq vazifalarni bajaradi. LLA umumiy tamoyillariga mos holda bu pog‘onada NML pog‘onadan kelgan ma‘lumotlardan foydalaniladi, lekin bunda marshrutizator, kommutator, bog‘lamalar va shu kabilarni bevosita boshqarish imkoni bo‘lmaydi. Xizmatlarni boshqarishga taalluqli ayrim funksiyalarni ko‘rib chiqamiz: Xizmat ko‘rsatish sifatining (QoS) nazorati va xizmat ko‘rsatish shartlarining bajarilishi (SLA — ServiceLevel Agreement), xizmatdan foydalanuvch va ro‘yxatdan o‘tkazish yozuvlarini boshqarish,, foydalanuvchilarni qo‘shish yoki o‘chirish, adreslarni o‘zlashtirish, billing, boshqa tashkilotlar va provayderlar boshqaruv tizimlari bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish.
Biznesni boshqarish pog‘onasi (BML — Business Management Layer) aloqa tarmog‘i operator kompaniyasining biznes jihatidan qarashlar ko‘rib chiqiladi. Bu operativ emas balki strategik va taktik boshqaruvga kiradi (boshqa LLA bosqichlari singari). Bu yerda tarmoqni rejalashtirish va loyihalash haqida fikr yuritiladi uning iqtisodiy jihatidan rivojlanish masalalari, byudjetni tashkil etish va boshqalar.
Shunday qilib, LLA pog‘onasi boshqaruv tarmog‘i protseduralarini fizik segmentsiz ma‘muriy (administrativ) dasturiy ta‘minotning funksional iyerarxiyasini ta‘minlaydi. Bu ierarxiyaning paydo bo‘lishiga sabab mantiqiy ajratilgan funksiyalarning zarurligi, tarmoq elementlaridan alohida foydalanish hisoblanadi. LLA ierarxiyasi turli bosqichlar o‘rtasida aloqa tashkil etishda ochiq standartlar interfeysidan foydalanish imkonini beradi.
Har bir pog‘ona asosida 5 ta funksional jarayon ajratib ko‘rsatilgan:
Xatoliklarni bartaraf etish;
Sifatni boshqarish;
Konfiguratsiyani boshqarish;
Xavfsizlikni boshqarish;
Hisob-kitobni boshqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |