VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Multimedia aloqa tarmog‘ini boshqarish
Bajardi: 019-18 guruh talabasi
Kamilov Elyor
Tekshirdi: _________________
Toshkent – 2022
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1. Trafikni boshqarish maqsadi, yuklama, boshqariladigan tarmoq resurslari, trafikni boshqarish vositalari.
2. TMN modeli vazifalari va sathlari.
3. TMNning funksional arxitekturasi. Tarmoqni boshqarish pog‘onalari.
4. Tarmoqni boshqarish jarayonlarini rejalashtirish va tashkil etish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
ХХI asrda aloqa tarmog'i inson va kompyuter o'rtasidagi ma'lumot almashinuvining oddiy, ishonchli, xavfsiz, hamda iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lgan universal vositasiga aylandi. Almashinuv kerakli joyda, kerakli vaqtda, bir nuqtada tovush, tasvir va axborotlarni uzatish imkonini beruvchi muhit yordamida amalga oshiriladi. Yangi turdagi aloqa tarmoqlari hamda hozirda taklif etilayotgan zamonaviy xizmatlar – infokommunikatsiya xizmatlarining yanada murakkabroq boshqaruv fuksiyalarini talab etadi.
Infokommunikatsiya xizmatlarining taraqqiyoti axborot rеsurslarini samarali boshqarish bilan birgalikda, aloqa tarmog‘ining funksionalligini kеngaytirish kabi yеchimlarni talab qiladi. O‘z navbatida, tеlеkommunikatsiyalar sohasida yangi tеxnologiyalarning kiritilishi va rivojlanishi aloqa opеratorlari oldida xizmat ko‘rsatish sifatini ta'minlash, protokollar o‘rtasida o‘zaro ishlashni tashkil etish, ishonchli transportni taqdim etish, xizmatlar to‘plamini aniqlash kabi hal etilishi talab qilinadigan ayrim masalalarning mavjudligini ko‘rsatadi. Tеlеkommunikatsiyalarning bugungi kundagi jadal sur'atlarda rivojlanishiga axborot rеsurslariga bo‘lgan talabning oshishi asosiy sababdir. Shu bilan birga, foydalanuvchilarning o‘ziga kеrak bo‘lgan ma'lumotlarni yuqori sifatda, ishonchli, o‘ta tеzkor, qo‘llanilishi oson bo‘lgan tarzda olishiga ehtiyoji oshgan. Bunday sharoitda tarmoqlar va xizmatlarni boshqarish tizimlari va tеxnologiyalari katta ahamiyatga ega bo‘lib, ularning protokolli, algoritmik, funksional amalga oshirilishi zamonaviy tarmoqlarning muhim omili hisoblanadi va boshqarishga oid jihatlarni o‘rganishni talab qiladi.
Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish sohasidagi asosiy modellardan biri M-3000-M.3100 seriyasidagi 1TU-T tavsiyalarida mufassal tavsiflangan. Telekommunikatsiyalarni boshqarish tarmoqlari (Telecommunication Monogmant Network, TMN) modeli hisoblanadi.
ITU-T ta’rifga ko‘ra TMN alohida tarmoqdan iborat bo‘lib, u bir necha nuqtalarda bitta yoki juda ko‘p sondagi aloqa tarmoqlari bo‘lgan interfeyslarga esa, bu tarmoqlar bilan axborot almashadi va ularning faoliyat yuritishini boshqaradi. TMNni aloqa tarmoqlaridan ajratish jismoniy yoki mantiqiy asosda amalga oshiriladi. Keyingi holatda TMN boshqarilayotgan tarmoqning infratuzilmasidan qisman foydalanishi mumkin. TMN spetsifikatsiyalarida (tasniflarida) boshqariluvi resurslar umumiy “tarmoq elementlari” nomiga ega (Network, Element, NE). Boshqarish vazifalari operatsiyalarni (amallarni) qo‘llab-quvvatlash tizimlari zimmasiga yuklangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |