Ogohlantiruvchi yo‘l belgilari haydovchiga yo‘lning oldingi uchastkalarida
qanday xavfli joylar borligi haqida ko‘rsatma beradi. Aholi yashaydigan joylarda
ogohlantiruvchi belgilar
xavfli uchastkaga yetmasdan 150-300 m masofada o‘rnatilishi kerak. Aholi
yashaydigan uchastkalarda esa - 50-100 m masofada.
Imtiyoz belgilari - chorraxadan, qatnov qismlari
ke-sishmalaridan yoki
yo‘lning tor uchastkalaridan o‘tish navbatini belgilashda ishlatiladi.
Taqiqlovchi belgilar - harakatga muayyan cheklovchilar kiritishda yoki
ularni bekor qilishda foydalaniladi.
Buyuruvchi belgilar - transport vositalarini biron-bir, yo‘nalishi
mavxum
tadbirga va rejimga o‘tishini belgilaydi.
Axborot ko‘rsatuvchi belgilar harakatga muayyan rejimlar kiritishda yoki
bekor qilishda, shuningdek aholi yashaydigan joylar va boshqa ob'ektlarning
joylashishi haqida axborot berishda ishlatiladi.
Servis belgilari - tegishli ob'ektlar qayerda joylashganligi
haqida axborot
berishda ishlatiladi. Aholi yashamaydigan punktlarda servis belgilari oldindan 60-
80 km, aholi yashaydigan joylarda 400 - 800 m masofada ob'ektgacha o‘rnatiladi.
Qo‘shimcha axborot belgilari (tablichka) ular bilan qo‘llanilgan belgilarning
ta'sirini aniqlashda yoki cheklashga ishlatiladi.Qo‘shimcha axborot belgilari
ko‘pincha u yoki bu yo‘l belgisini tagiga quyiladi.
Avtomobil haydovchilariga yo‘lning holati haqida axborot beruvchi yo‘l
belgilari bilan bir qatorda yo‘l belgi chiziqlari ham katta ahamiyatga ega.
Harakat tartibini belgilovchi yo‘l belgi chiziqlariga yo‘lni qatnov qismiga
to‘siqlarga va boshqa yo‘l inshootlariga tushiriladigan chiziqlar, yozuvlar
va har xil
belgilar kiradi.
Avtomobil yo‘llarida harakatni tashkil qilishni samarador usullaridan yo‘l
belgi chiziqlarini ishlatishdir. Ularni ishlatish yo‘l transport hodissalari sonini 30-
50% kamayishiga olib keladi. Ishlatish funktsiyasi bo‘yicha yo‘l belgi chiziqlari
ko‘pincha mos keladi. Yo‘l belgi chiziqlari bir qancha afzalliklarga egadir. Yo‘l
belgi chiziqlari haydovchilarni yon atrofga qaratib chalitmasdan, nigohini yo‘lning
qatnov qismiga qarayotgan holatda ko‘rsatmalar beradi, shuning bilan birgalikda,
ular haydovchiga yo‘l belgilariga nisbatan uzoq muddat mobaynida ta'sir qiladi.
Yo‘l belgi chiziqlari kamchiligiga tez yedirilish,
ifloslanishi va qor tagidan
ko‘rinmasligidir.
Yo‘l belgi chiziqlari 2 guruhga bo‘linadi: gorizontal va vertikal.
Gorizontal yo‘l belgi chiziqlari takomillashtirilgan qoplamali yo‘llarda
tushirilib, quyidagi turlarga bo‘linadi:
- bo‘ylama belgi chiziqlari;
- ko‘ndalang belgi chiziqlari;
- xavfsizlik orolchalari;
- aholi yashash punkti, marshrut yo‘nalishini bildiruvchi yozuvlar va boshqa belgi
chiziqlari.
Gorizontal yo‘l belgi chiziqlari
aholi yashaydigan punktlarda, tezyurar magistral
yo‘llarda, shuningdek jamoat passajir transportlari qatnaydigan yo‘llarga
tushiriladi.
Nazorat uchun savollar:
1. Mavjud yo‘llar qachon qayta quriladi?
2.Yo‘llarni qayta qurishda qanday ish turlari bajariladi?
3.Yo‘llarni ta‘mirlashni asoslash uchun uni baholash ishlari.
4 . O‘zbekiston Respublikasi yo‘llari uchun jamlangan avariyalar koeffitsienti
necha hususiy koeffitsientlardan iborat?
5. Qayta qurishda planda qanday ishlar bajariladi?
6. Yo‘l poyini kengaytirishning qanday usullari bor?
7. Yo‘l to‘shamasi holati qanday tekshiriladi?