38
O‗zbekiston Respublikasi qonunchiligi, tegishli xalqaro moliyaviy
institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining xalqaro qoida va
taomillariga muvofiq tuzilgan kontraktlar bo‗yicha asbob-uskunalar va
matyeriallar yetkazib berilishi, ishlar bajarilishi va xizmatlar ko‗rsatilishi
monitoringini amalga oshirish.
Qishloq xo‗jaligida maxsus vakolatli davlat organlari tizimida
O‗zbekiston Respublikasi Yer resurslari,
geodeziya, kartografiya va davlat
kadastri davlat qo‗mitasi alohida o‗ringa egadir. Ushbu davlat organi o‗z
faoliyatini
―O‗zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya,
kartografiya va davlat kadastri davlat qo‗mitasi to‗g‗risida‖gi Nizom
asosida olib boradi.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil
19-iyuldagi
529-sonli
―O‗zbekiston Respublikasi Yer resurslari,
geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‗mitasi to‗g‗risidagi
hamda Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish
jamg‗armasi to‗g‗risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida‖gi
17
qaroriga
asosan,
quyidagilar
Davyergeodezkadastrning
asosiy
vazifalari
hisoblanadi:
yer resurslaridan
oqilona foydalanish, geodeziya va kartografiya
sohasi faoliyati bo‗yicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga
oshirilishini ta‘minlash;
yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish bo‗yicha tizimli
davlat nazoratini, davlat geodeziya nazoratini qonun hujjatlari talablariga
so‗zsiz rioya etilishi yuzasidan uni buzganlik uchun aybdor shaxslarni
ma‘muriy javobgarlikka tortish orqali amalga oshirish;
yer resurslaridan oqilona foydalanish, yerlarni saqlash va muhofaza
qilish, tuproq unumdorligini oshirish, geodeziya va kartografiya faoliyati
samaradorligini kuchaytirish bo‗yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va
amalga oshirish;
davlat yer kadastrini, davlat kartografiya-geodeziya kadastrini,
binolar va inshootlar davlat kadastrini, hududlar davlat kadastrini,
shuningdek, Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati
organlarining
davlat
kadastrlarini
yuritish
sohasidagi
faoliyatini
muvofiqlashtirish;
uchuvchisiz apparatlardan foydalangan holda qishloq xo‗jaligi
yerlarini, qishloq xo‗jaligi ekinlarini ekish va parvarishlashni monitoring
17
O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017 y., 30-son, 733-modda.
39
qilish,
geodeziya
ma‘lumotlari va kartografiya matyeriallaridan
foydalangan holda sun‘iy yo‗ldosh navigatsiya
tizimi ishlashini
ta‘minlash;
ayerokosmik suratga olish, topografiya-geodeziya, kartografiya,
tuproqshunoslik, geobotanikaga oid va boshqa izlanishlar hamda
tadqiqotlarni, yerlarni masofadan zondlash, geodinamik tadqiqotlar
ma‘lumotlari va matyeriallaridan foydalangan holda, kartografik
monitoringni amalga oshirish;
ko‗chmas mulk obyektlarining elektron ma‘lumotlar bazasini,
ko‗chmas mulk bahosini bozor qiymatida baholashga
bosqichma-bosqich
o‗tish uchun davlat kadastrlari geoaxborot tizimlarini yaratish va doimiy
ravishda yangilab borish;
sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng
joriy etish, shu jumladan, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida
fuqarolarga hamda tadbirkorlik subyektlariga tezkor va sifatli xizmatlar
ko‗rsatish;
yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida
xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro grantlarni jalb etish;
yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari bo‗yicha
tizimli ravishda kadrlarni qayta tayyorlash,
malakasini oshirishni
ta‘minlash.
Ushbu davlat qo‗mitasi tizimi Markaziy devon, Qoraqalpog‗iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat
kadastri boshqarmalari, tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri
unitar korxonalari hamda bir qator korxona va tashkilotlardan (Davlat
geodeziya nazorati inspeksiyasi, Markaziy ayerogeodeziya korxonasi,
Samarqand ayerogeodeziya korxonasi, ―Kartografiya‖ davlat ilmiy-
loyihalash korxonasi, Geodeziya
va kartografiya milliy markazi,
Tuproqshunoslik va agrokimyo davlat ilmiy-tadqiqot instituti, O‗zbek
davlat
yer
tuzish
ilmiy-loyihalash
instituti
―O‗zdavyerloyiha‖,
―Geoinformkadastr‖ davlat unitar korxonasi) iborat bo‗lib, qishloq
xo‗jaligiga mo‗ljallangan yerlarni muhofaza qilish, ta‘minlashda muhim
ahamiyatga egadir.
O‗zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning barqaror,
mutanosib va jadal sur‘at bilan rivojlanishini ta‘minlash sohasida yagona
davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organidir.
Xususiy tadbirkorlikni rag‗batlantirish, ishbilarmonlik muhitini
yaxshilash va «xufyona» iqtisodiyotni qisqartirish
vazirlikning asosiy
40
vazifasi etib belgilandi. Kichik sanoat zonalari hududida qiymati 7 mln
AQSH dollaridan yuqori bo‗lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish
bo‗yicha qarorlar vazirlik bilan kelishiladi. Vazirlik 2019-yil 1-iyungacha
O‗zbekistonni 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasi
loyihasini ishlab chiqadi.
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, qishloqda ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirish jarayonida maxsus vakolatli davlat organlari
bilan hamkorlik qiladilar.
Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil
15-martdagi ―Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan
takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish
chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi PF–5690-son Farmoniga muvofiq,
shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini samarali
tashkil etish maqsadida: O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi
faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‗g‗risidagi qarori
18
qabul qilinib,
unga ko‗ra quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:
a) qishloq va suv xo‗jaligi sohasidagi qonunchilik
talablariga rioya
etilishi holati;
18
Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy ba‘zasi, 16.03.2019 y., 07/19/4241/2773-son.
Do'stlaringiz bilan baham: