O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


-§.Qishloq xo„jalik kooperativlari (shirkat xo„jaliklari)ning huquqiy



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

 
4-§.Qishloq xo„jalik kooperativlari (shirkat xo„jaliklari)ning huquqiy 
holati 
 
Agrar sohada qishloq xo‗jalik mahsulotlarni ishlab chiqarishni 
fuqarolar yoki kichik ishlab chiqarish tuzilmalari tashkil etib amalga 
oshirib bo‗lmaydi, balki ularni yetishtirish uchun yirik tovar ishlab 
chiqaruvchi subyektlar kerak bo‗ladi. Shu sababdan, respublikamiz qishloq 
xo‗jaligida yirik tovar ishlab chiqaruvchi sifatida qishloq xo‗jalik 
kooperativlari (shirkat xo‗jaliklari) faoliyat ko‗rsatishlari huquqiy asosini 
topgan.
Qishloq 
xo‗jaligi kooperativi (shirkat 
xo‗jaligi) tovar qishloq xo‗jaligi mahsuloti 
yetishtirish uchun paychilik va asosan oila (jamoa) pudratiga, fuqarolarning 
ixtiyoriy ravishda birlashishiga asoslangan yuridik shaxs huquqlariga ega 
mustaqil xo‗jalik yurituvchi subyektdir.
Yodda tuting! 
Qishloq xo‗jaligi kooperativi (shirkat xo‗jaligi) qishloq xo‗jalik 
korxonalarning 
bir 
turi 
hisoblanib, 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 1998 yil 18 martdagi "1998-2000 yillardagi davrda qishloq 
xo‗jaligi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi to‗g‗risida"gi 
Farmoniga 
muvofiq 
paxta 
va 
don 
ishlab 
chiqarish 
buyicha 
mutaxassislashtirilgan korxonalar sifatida tashkil etilgan. 
Qishloq 
xo‗jaligi 
kooperativi 
(shirkat 
xo‗jaligi) 
oldingi
kolxozlardan va jamoa xo‗jaliklardan farqi shirkat a‘zolarining xo‗jalik 
mol-mulkidagi real ulushi pay tariqasida belgilanishidan iboratdir. 


53 
Yuqorida qayd qilingan faoliyat turlari shirkatning ustavida ko‗zda 
tutiladi va belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin. 
Shirkatning a‘zolar soni "Qishloq xo‗jaligi kooperativi (shirkat 
xo‗jaligi) to‗g‗risida"gi Qonunning 5-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq 
cheklanmagan. Ammo shirkat xo‗jaligi a‘zolar sonini belgilashda har bir 
gektarga to‗g‗ri keladigan ish kuchi soniga qarab turib, mehnat 
samaradorligini oshirish maqsadida belgilash tavsiya etilgan. 
Shirkat a‘zosi bo‗lib o‗n olti yoshga to‗lgan shirkat ustavini tan 
oluvchi va uning talablariga rioya etuvchi shirkat faoliyatida va uning 
jamg‗armalarini shakllantirishda ishtirok etuvchi jismoniy shaxslar qishloq 
xo‗jaligi shirkatining a‘zosi bo‗lishi mumkin. 
―Qishloq xo‗jaligi kooperativi (shirkat xo‗jaligi) to‗g‗risida"gi 
Qonunning 7-moddasi ikkinchi qismida shirkatning jamoa a‘zolari sifatida 
yuridik shaxslar ham qatnashishi ko‗zda tutilgan. Boshqa qishloq xo‗jaligi 
korxonalari, shu jumladan fermer xo‗jaliklari va yuridik maqomiga ega 
bo‗lgan dehqon xo‗jaliklar shirkatning jamoa a‘zosi sifatida xo‗jalikni 
ishlab chiqarish faoliyatida qatnashishi mumkin. Shirkat va uning jamoa 
a‘zolari o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar shartnoma asosida tartibga 
solinadi. 


54 
Shirkat 
xo‗jaligi 
a‘zolari 
O‗zbekiston 
Respublikasining
Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, "Qishloq xo‗jaligi kooperativi(shirkat 
xo‗jaligi) to‗g‗risida"gi qonuni, Yer kodeksiga va shirkatning ustaviga 
muvofiq boshqaruv, mehnat, mulkiy va yer bilan bog‗liq huquq va 
majburiyatlarga egadirlar. 
Shirkat 
xo‗jaligini 
boshqarish, 
uning 
huquqiy 
holatinig
xususiyatlarini belgilaydi. Shirkat xo‗jaligining boshqaruv organlari oliy 
(umumiy majlis), ijroiya (boshqaruv, rais) va nazorat (taftish komissiyasi 
yoki taftishchi) organlariga bo‗linadi. 
Shirkat xo‗jaligining joriy faoliyatiga boshqaruv va rais rahbarlik 
qiladi. Boshqaruv kollegial organ hisoblanib, uning a‘zolari shirkat 
ustavida ko‗zda tutilgan muddat va son miqdorida umumiy majlis 
tomonidan saylanadi. Shirkat xo‗jaligining faoliyatiga kundalik rahbarlikni 
shirkat ustavida belgilangan muddatda umumiy majlis tomonidan 
saylanadigan rais amalga oshiradi. 
Shirkatning moliyaviy xo‗jalik faoliyati ustidan nazoratni amalga 
oshiruvchi organ bo‗lib, uning a‘zolari shirkat ustavida ko‗zda tutilgan 
muddat 
va 
son 
miqdorida 
umumiy 
majlis 
tomonidan
saylanadigan va unga hisobdor bo‗lgan taftish komissiyasi yoki taftishchi 
amalga oshiradi. 
Shirkat 
xo‗jaligining 
mustaqil 
balansida 
aks 
ettirilgan
asosiy jamg‗armalar, aylanma mablag‗lar hamda boshqa boyliklar 
shirkatning mol-mulkini tashkil etadi. Ushbu mol-mulk Fuqarolik ko-
deksining 58-moddasining birinchi qismiga va ―Qishloq xo‗jaligi 
kooperativi (shirkat xo‗jaligi) to‗g‗risida"gi qonunining 17-moddasini 


55 
birinchi qismiga muvofiq uning mulki hisoblanadi. Shu bilan birga 
shirkatning mol-mulki uning a‘zolarining umumiy mulki hisoblanadi. 
Qishloq xo‗jaligi kooperativi (shirkat xo‗jaligi) to‗g‗risida"gi 
Qonunini 20-moddasining birinchi qismiga muvofiq shirkat xo‗jaligi o‗z 
faoliyati yo‗nalishlarini, ishlab chiqarishning tuzilishi va xajmlarini 
mustaqil ravishda belgilaydi. Shirkat xo‗jaligi bozor talabidan kelib 
chiqqan holda tuzilgan shartnomalarga asoslanib yetishtirilgan mahsulotni 
turini va xajmini mustakil belgilaydi. Shirkat xo‗jaligi asosan don va paxta 
yetishtiruvchi xo‗jalik sifatida ishlab chiqarilgan mahsulotni yetkazib 
berish to‗g‗risidagi davlat shartnomaiga asosan o‗z xo‗jalik faoliyatini 
tashkil etadi. 
Shirkat xo‗jaligida mehnat munosabatlari "Qishloq xo‗jaligi 
kooperativi (shirkat xo‗jaligi) to‗g‗risida"gi qonuni, boshqa qonun 
hujjatlari shirkatning ustavi va ichki ish tartibi bilan tartibga solinadi. 
Shirkat xo‗jaligi a‘zolariga mulkiy paylar bo‗yicha to‗langan dividendlar 
mehnat haqi tarkibiga kiritilmaydi. 
Shirkat xo‗jaligi ishlab chiqarishni ta‘minlash maksadida shirkat 
a‘zosi bo‗lmagan shaxslarni mehnat shartnomasi asosida ishga jalb etilishi 
mumkin. 
Shirkat xo‗jaligi O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida va 
boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartib va xajmda soliqlar va boshqa 
majburiy tulovlarni to‗laydi. 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish