O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

yuridik
va 
jismoniy 
shaxslar
hisoblanadi. 
Qishloq xo„jaligida ekologik xavfsizlikni huquqiy ta‟minlash 
subyektlari orasida davlat organlari alohida o„rin tutadi. Ular qishloq 
xo„jaligida ekologik xavfsizlik choralari, ularni ishlab chiqish va 
ta‟minlashni belgilab beradi. 
O‗zbekiston Respublikasida Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va 
Senati,O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‗zbekiston 
Respublikasi Qishloq xo‗jalik vazirligi, O‗zbekiston Respublikasi Suv 
xo‗jalik vazirligi, O‗zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni 
muhofaza qilish davlat qo‗mitasi, O‗zbekiston Respublikasi O‗rmon 
xo‗jaligi davlat qo‗mitasi,O‗zbekiston Respublikasi Vetyernariya davlat 
qo‗mitasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari qishloq xo‗jaligida 
ekologik xavfsizlikni ta‘minlash bo‗yicha mas‘ul organlardir. 
 
2-§. Qishloq xo„jaligi sohasida ekologik xavfsizlikni ta‟minlashning 
huquqiy asoslari 
 
Mamlakatimizda 
qishloq 
xo‗jaligida 
ekologik 
xavfsizlikni 
taminlashga qaratilgan qonunlar va normativ huquqiy hujjatlar huquqiy 
asos bo‗lib xizmat qiladi.Qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni 
taminlashning huquqiy asoslari quyidagi jihatlari bilanboshqa huquq 
sohalaridan farq qiladi: 
Birinchidan
, yagona kodifikatsiyalangan qonun hujjatlarining 
bo‗lmaganligi; 
ikkinchidan
, agrar ishlab chiqarish jarayonini tartibga solishda 
qonunlarining ekologik muhitni yaxshilashga qaratilganligi; 
uchinchidan
, davlat hokimiyati va boshqaruv orgnlari me‘yoriy 
hujjatlari bilan birgalikda tor doiradagi lokal hujjatlarning mavjudligi; 


69 
to„rtinchidan
,qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni taminlashga 
qaratilgan qonun hujjatlarining ixtisoslashganligi. 
Qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni taminlashga qaratilgan 
qonun hujjatlari ekologik xavfsizlikni ta‘minlashdagi munosabatlarni 
tartibga solishda ishtiroki, harakat doirasining hajmi va mazmuniga ko‗ra 
quyidagicha guruhlarga bo‗lish mumkin. 
O‗zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasi; 
O‗zbekiston 
Respublikasining ekologik va agrar qonunlari; O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining Farmon va qarorlari; O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari; Agrar sohada maxsus vakolatli davlat organlari 
ya‘ni, vazirlik, davlat qo‗mitasi va vakolatli idoralarning me‘yoriy 
hujjatlari; mahalliy davlat hokimiyat organlarining me‘yoriy hujjatlari; 
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan ma‘qullangan 
uyushmalari va tashkilotlarning hujjatlari; Qishloq xo‗jalik korxonalari, 
tashkilotlari, muassasalarining lokal ahamiyatli, ya‘ni ichki xo‗jalik 
hujjatlari va boshqalardan iborat. 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qoida-talablari va 
tamoyillari asosida ekologiya va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, 
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini 
ta‘minlashga qaratilgan qonunlar qabul qilinadi. 
O‗zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasi 
50-moddasida 
―Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‗lishga 
majburdirlar‖ deb belgilanishining o‗zi ham qishloq xo‗jaligi sohasidagi 
ekologik xavfsizlikni ta‘minlashda huquqiy asos bo‗lib xizmat qiliadi. 
Qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni ta‘minlashda uning 
normativ-huquqiy asoslarini yaratmasdan biror natijaga erishish mushkul 
vazifa sanaladi. Qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlik hamda atrof tabiiy 
muhitni muhofaza qilish yuzasidan bir qator qonunchilik hujjatlari mavjud. 
Jumladan, O‗zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 
―Tabiatni muhofaza qilish to‗g‗risida‖ gi Qonuni, O‗zbekiston 
Respublikasining 1993-yil 6-maydagi ―Suv va suvdan foydalanish 
to‗g‗risida‖gi 
Qonuni, 
O‗zbekiston 
Respublikasining 
1996-yil
27-dekabrdagi ―Atmosfera havosini muhofaza qilish to‗g‗risida‖ gi 
Qonuni, O‗zbekiston Respublikasining 2016-yildagi ―O‗simlik dunyosini 
muhofaza qilish va undan foydalanish to‗g‗risida‖ gi Qonuni, O‗zbekiston 
Respublikasining 2016-yildagi ―Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va 
undan foydalanish to‗g‗risida‖gi Qonuni, O‗zbekiston Respublikasining 
2018-yildagi 
―O‗rmon 
to‗g‗risida‖gi 
Qonuni, 
O‗zbekiston 
Respublikasining 2002-yilda qabul qilingan ―Yer osti boyliklari 


70 
to‗g‗risida‖ gi Qonuni, O‗zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 
―Chiqindilar to‗g‗risida‖gi Qonuni, O‗zbekiston Respublikasining 2004-yil 
3-dekabrdagi ―Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‗g‗risida‖gi Qonuni, 
O‗zbekiston Respublikasining 1998-yilgi Yer kodeksi, O‗zbekiston 
Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi ―Ekologik nazorat to‗g‗risida‖gi 
qonuni va boshqa qonunlarni keltirish mumkin. 
Ushbu qonunlar va qonun osti normativ huquqiy hujjatlarning asosiy
maqsadi va vazifasi, konstitutsiyaviy tamoyillar, qonunlarda belgilangan 
maxsus qoida-talablarni amalda qo‗llanilishini osonlashtirish, ma‘muriy 
hududlarning tabiiy holati asosida me‘yoriy qoida-talablarni belgilash, 
ularning hayotiyligini ta‘minlash va asosiy qoida-talablarni barcha yuridik 
va jismoniy shaxslarga yetkazishdan iborat bo‗ladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va qarorlari hamda 
Vazirlar Mahkamasining qarorlari amaldagi qonun hujjatlari asosida qabul 
qilinib, qishloq xo‗jaligida ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, 
tabiiy resurlardan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta‘minlash 
bilan bog‗liq qoida-talablarni belgilaydi. 
Jumladan, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul 
qilingan 2017-yil 18-yanvar ―2017-2021 yillarda Orolbo‗yi mintaqasini 
rivojlantirish davlat dasturi to‗g‗risida‖gi qarori,―Ekologiya va atrof 
muhitni 
muhofaza 
qilish 
sohasida 
davlat 
boshqaruvi 
tizimini 
takomillashtirishto‗g‗risida‖gi 
2017-yil 
21-apreldagi 
PQ-5024-son 
Farmoni, ―Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo‗mitasi 
faoliyatini tashkil etishni ta‘minlash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi
PF-2915 Farmoni, 2017-yil 21-apreldagi Qarori, 2017-yil 21-apreldagi
―2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‗liq ishlarni amalga 
oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi PQ–2916-sonli Qarori, ―2017-2021 yillarda yer osti suvlari 
zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni 
tartibga 
solish 
chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi 
2017-yil 
4-may,
PQ-2954-son Qarori, 2017-yil 11-maydagi, ―O‗zbekiston Respublikasi 
O‗rmon xo‗jaligi davlat qo‗mitasini tashkil etish to‗g‗risida‖gi Farmoni, 
2017-yil 31-maydagi, ―Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona 
foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya 
faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish 
chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi Farmoni, 2017-yil 25-senyabr ―Suv 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish