O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

 
 
 
 
 
 


66 
IV BOB. QISHLOQ XO„JALIGIDA EKOLOGIK 
XAVFSIZLIKNI TA‟MINLASHNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH 
 
Qishloq xo‗jaligi sohasida ekologik xavfsizlikni ta‘minlashning 
huquqiy asoslari. Qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni ta‘minlashga 
qaratilgan tashkiliy-huquqiy choralar. 
Qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni ta‘minlashda oziq-ovqat 
xavfsizligining ahamiyati. Qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni 
ta‘minlashda ekologik tavakkalchilikni (risk) huquqiy tartibi. Qishloq 
xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni ta‘minlash sohasidagi huquqbuzarliklar 
uchun yuridik javobgarlik. 
 
1-§. Qishloq xo„jaligida ekologik xavfsizlikni huquqiy ta‟minlash 
tushunchasi, subyektlari va obyektlari 
 
Mamlakatimizda ijtimoiy hayotimizning barcha jabhasi qatorida 
qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlik muammolarini bartaraf qilish, 
salbiy oqibatlarining oldini olish, oziq-ovqat xavfsizligi va inson 
salomatligini muhofaza etish borasida ham salmoqli ishlar amalga 
oshirilmoqda. 
Qishloq xo‗jaligida ekologik jihatdan toza mahsulot ishlab chiqarish, 
insoniyatning qishloq xo‗jaligiga salbiy ta‘sirini kamaytirish uchun 
zamonaviy agrotexnik tadbirlar o‗tkazish, qishloq xo‗jaligini texnik hamda 
texnologik jihatdan qayta jihozlash, yerlarning meliorativ holatini 
yaxshilash, qishloq xo‗jaligida mavjud tabiiy resurslarni himoyalash va 
ulardan oqilona foydalanish ham doimiy e‘tiborda bo‗lib kelayotir. 
Mamlakatimizda qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlik hamda 
barqaror taraqqiyotni ta‘minlash maqsadida atrof-muhitni muhofaza 
qilishga, qishloq xo‗jaligidagi ekologik vaziyatni sog‗lomlashtirishga 
yo‗naltirilgan qator chora-tadbirlar amaliyotga tatbiq etilayotgani va bu 
boradagi qonunchilik bazasi tobora takomillashtirilayotganligini ham 
aytish o‗rinlidir. 
Hozirgi kunda jahonda sodir bo‗layotgan iqlim o‗zgarishlari qishloq 
xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni ta‘minlash va muhofaza qilishga ham o‗z 
ta‘sirini ko‗rsatmoqda.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining, Qishloq xo‗jaligi xodimlari 
kuniga bag‗ishlangan tantanali marosimdagi nutqida, ―Rivojlangan 
davlatlar tajribasi asosida bog‗lar va tokzorlarga ishlov beradigan, 
sabzavot va kartoshka urug‗larini ekadigan va yig‗ishtirib oladigan 
texnikalar mavjud emas, fermer, dehqon xo‗jaliklariga yoqilg‗i-moylash 


67 
mahsulotlari, mineral o‗g‗itlar, urug‗lik yetkazib berish, kasallik va 
zararkunandalarga qarshi kurash ishlari talab darajasida tashkil 
etilmagan.‖
25
,-deb alohida uqtirib o‗tilganligi ham bu sohadagi e‘tiborni 
yanada kuchaytirishga huquqiy asos bo‗ldi va kelajakdagi vazifalarni 
belgilab berdi. 
Bu masalada O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil
12-apreldagi 
PQ-2520-son 
―Meva-sabzavot, kartoshka va poliz 
mahsulotlarini 
xarid 
qilish 
va 
ulardan 
foydalanish 
tizimini 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarorlari, ‖Fermer, dehqon 
xo‗jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‗yicha 
qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi Qarori
26
, ayniqsa ‖O‗zbekiston 
Respublikasida urug‗chilik tizimini tubdan takomillashtirish chora- 
tadbirlari to‗g‗risida‖gi Qarori
27
o‗ta muhim ahamiyatga ega bo‗ldi. Ana 
shu asnoda, qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni ta‘minlash bugungi 
kunda agrar huquqi fanini dolzarb vazifalaridan biri bo‗lib qolmoqda. 
Qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni huquqiy ta‘minlash 
tushunchasi - sifatida ya‘ni aholini oziq-ovqat bilan ta‘minlash va bir qator 
sanoat uchun xom-ashyo yetishtirish jarayonida ekologiya va atrof 
muhitga zarar yetkazadigan tabiiy va antropogen omillarning atrof muhitga 
va insonga salbiy ta‘sir ko‗rsatishi bilan yuzaga keladigan ijtimoiy 
jarayonida kelib chikadigan agrar munosabatlarni tartibga soluvchi 
huquqiy normalar yig‗indisidir. 
Shuningdek, qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni huquqiy 
ta‘minlashjarayoni, o‗zining subektlari va obektlariga ega. Qishloq 
xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni huquqiy ta‘minlash obyekti bo‗lib, 
―qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni ta‘minlashda yuzaga keladigan 
ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi‖. Bu obyektlarga qishloq xo‗jaligi 
faoliyati amalga oshirilayotgan jarayonda (yer, yer osti boyliklari, suv, 
o‗simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi) ifloslanishdan, 
buzilishdan, zararlanishdan, vayron bo‗lishdan, yo‗q bo‗lib ketishdan, 
nooqilona foydalanishdan muhofaza etilishi bilan bog‗liq munosabatlar 
kiradi.
Ushbu munosabatlar doirasida bevosita yer va yer munosabatlari 
ya‘ni tuproq unumdorligini oshirish, meliorativ tadbirlar, qishloq 
xo‗jaligiyerlarini muhofaza qilish, yerlarning meliorativ holati, qishloq 
25
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Qishloq xo‗jaligi xodimlari kuniga bag‗ishlangan 
tantanali marosimdagi nutqi.Rizq-ro‗zimiz bunyodkori bo‗lgan qishloq xo‗jaligi xodimlari mehnatini ulug‗lash, soha 
rivojini yangi bosqichga ko‗tarish-asosiy vazifamizdir.//Xalq so‗zi.2017 yil,10 dekabr. 
26
Xalq so‗zi,2018 yil,27 aprel. 
27
Xalq so‗zi.2018 yil, 27 aprel. 


68 
xo‗jaligi yerlarini degradatsiyadan muhofaza qilish, ekinzorlarni 
sho‗rlanishidan muhofaza qilish, qishloq xo‗jaligi yerlarining yeroziyasi, 
yeroziya yuz berishi omillari, yeroziya salbiy oqibatlarini bartaraf etish 
bilan bog‗liq muommolar hamda qishloq xo‗jaligida agroximikatlardan 
foydalanish bilan bog‗liq muommolarni bartarafetish, agroximikatlarning 
zararli oqibatlari, pestidsitlar va biologik vositalarni ya‘ni pestidsitlar, 
gebretsidlar, defoilantlar, kimyoviy meliorantlarni qo‗llash natijasida zarar 
yetkazilishi mumkin bo‗lgan ekologik xavfsizlikni ta‘minlashda yuzaga 
keladigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. 
Qishloq xo‗jaligida ekologik xavfsizlikni huquqiy ta‘minlash 
subyektlari ushbu jarayonda ishtirok etadigan 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish