O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


Agrofirmalarni tashkil etish va ularning faoliyatini tartibga



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

Agrofirmalarni tashkil etish va ularning faoliyatini tartibga 
solish
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining "Meva-sabzavotchilik va 
uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida" 2006-yil 9-yanvardagi PF–3709-son Farmoni va Vazirlar 
Mahkamasining 2006-yil 10-martdagi 42-son qaroriga asosan tashkil 
qilinadi.
Agrofirma yuridik shaxs hisoblanib, fermer xo‗jaliklari va aholi 
tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni qayta 
ishlash hamda sotishni o‗z faoliyatining asosiy maqsadi deb qo‗yadi.
Meva-sabzavot mahsulotlari va uzum, shuningdek boshqa qishloq 
xo‗jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‗jaliklari, 
shunday mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, yakka tartibdagi 
tadbirkorlar, O‗zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy investorlar 
hamda boshqa shaxslar agrofirmaning muassislari bo‗lishi mumkin.
Agrofirmalar tijorat tashkilotlari hisoblanib, qonunda nazarda 
tutilgan har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda muassislarning moddiy va 
moliyaviy resurslarini birlashtirish asosida tashkil etiladi. 
Agrofirmalar ular Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Tadbirkorlik subyektlarini 
davlat ro‗yxatidan o‗tkazish va hisobga qo‗yish tizimini takomillashtirish 
to‗g‗risida‖ 2016-yil 28-oktyabrdagi PQ–2646-son qarorini amalga 
oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 66-son qaroriga ilova qilingan 
―Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‗yxatidan o‗tkazish tartibi 
to‗g‗risida‖gi Nizomga muvofiq davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan vaqtdan 
boshlab tashkil etilgan hisoblanadi. 


59 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining "Meva-sabzavotchilik va 
uzumchilikda iqtisodiy islohotlarning chuqurlashtirish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida" 2006-yil 9-yanvardagi PF–3709-son Farmoniga muvofiq 
yangidan tashkil etiladigan agrosanoat firmalari foyda solig‗i, yer solig‗i, 
mulk solig‗i, qo‗shilgan qiymat solig‗i (importga qo‗shilgan qiymat solig‗i 
bundan mustasno), yagona soliq to‗lovi to‗lashdan davlat ro‗yxatidan 
o‗tkazilgan vaqtdan boshlab 5 yil muddatga ozod etiladi.
Agrofirmalar tarkibida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, 
saqlash, tashish, tayyorlash, ularning marketingini olib borish va boshqalar 
bo‗yicha bo‗linmalar tashkil etiladi. 
Fermer xo‗jaliklarining agrofirmalar tarkibiga kiruvchi qayta 
ishlaydigan va boshqa korxonalar bilan o‗zaro munosabatlari tuzilgan uzoq 
muddatli shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Ushbu shartnomalarda 
tomonlarning huquq va majburiyatlari tartibga solinadi, shu jumladan, 
yetkazib beriladigan mahsulotning kamida 30 foizi avans bilan 
ta‘minlanishi hamda keyinchalik mahsulotlarning kafolatli ravishda xarid 
qilinishi belgilanadi. Fermer xo‗jaliklari-Agrofirmalar ta‘sischilari 
shartnomadagidan ortiqcha yetishtirilgan qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini 
o‗z xohishiga ko‗ra ichki bozorda sotadi va eksport qiladi. 
Agrofirmalarning 
vazifalari 
sifatida 
meva-sabzavot
mahsulotlari va uzumni tayyorlash, tashish, saqlash va qayta ishlash 
hamda ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish, sohaga zamonaviy 
texnologiyalarni joriy etish, marketing tadqiqotlari o‗tkazish, meva-
sabzavot mahsulotlari va uzum yetishtirishning maqbul hajmlarini 
belgilash, qatnachilar va boshqa shaxslar orasida kooperatsiya aloqalarini 
yaratish, eksport potensialini ko‗paytirish va investitsiyalar jalb etish 
belgilangan. 
Agrofirmaning mol-mulki muassislar tomonidan uning ustav fondiga 
ulush shaklida qo‗shilgan mol-mulk, ishlab chiqarish faoliyati natijasida 
olingan mahsulotlar va ularni sotish shuningdek faoliyatning boshqa 
turlarini amalga oshirishdan olingan daromad (foyda), qimmatli 
qog‗ozlardan olingan daromad qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa 
manbalar hisobiga shakllantiriladi.
Agrofirmaning boshqarish, uning tashkiliy-huquqiy shakliga qarab 
uning ustavida belgilanadi. 
Agrofirmada xodimlarning mehnatini tashkil qilish, ularning 
mehnatiga haq to‗lash va boshqa mehnat munosabatlari qonun hujjatlariga 
muvofiq tartibga solinadi. 


60 
Agrofirmaning moliyaviy, statistik va boshqa hisoboti davlat 
boshqaruvi organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va 
muddatlarda taqdim etiladi. 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish