O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


tizimi va ularning asosiy yo„nalishlari



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

tizimi va ularning asosiy yo„nalishlari 
Mamlakatimiz agrosanoat majmui davlat tomonidan tartibga soluvchi 
tizimga ega bo‗lib, bevosita qishloq xo‗jaligida amalga oshirilayotgan 
agrar islohotlar mazmun-mohiyati va xususiyatlariga tayanadi. 
Qishloq xo‗jaligini davlat tomonidan tartibga solish bevosita davlat 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining agrosanoat majmuida 
olib borayotgan faoliyatining mazmuni, yo‗nalishi va xususiyatlariga 
qarab, ularni 2 qismga bo‗lish mumkin. 
1. Umumiy vakolatli davlat organlari; 
2. Maxsus vakolatli davlat organlari. 
Qishloq xo‗jaligida umumiy vakolatli davlat organlari quyidagilardan 
iborat: 
1. O‗zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi; 
2. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti; 


33 
3. O‗zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi; 
4. Mahalliy davlat hokimiyati organlari; 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasiga asosan, 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‗lib, 
qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. 
Ikki palata, ya‟ni Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan 
(yuqori palata) iborat bo„lgan mamlakatimiz parlamentining 
agrosanoat majmuini tartibga solishga qaratilgan faoliyati quyidagi 
asosiy yo„nalishlardan iboratdir: 
1. Agrar munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan 
qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish; 
2. Qishloq xo‗jalik qonun hujjatlari qoida-talablarining vazirliklar, 
davlat qo‗mitalari, idoralarning viloyat, tumanlarda amalga oshirilishi 
yuzasidan parlament nazoratini olib borish; 
3.Qishloq xo‗jaligini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan 
davlat Dastur va konsepsiyalarini tasdiqlash va O‗zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi faoliyati bilan bog‗liq boshqa vakolatlar. 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi vakolatlari qishloq xo‗jaligida 
muhim ahamiyatga ega bo‗lib, barcha vazirliklar, davlat qo‗mitalari va 
idoralar, yuridik va jismoniy shaxslar uchun umummajburiy ahamiyatli 
qoida-talablarni belgilab, agrosanoat majmuining huquqiy poydevorini 
mustahkamlashga xizmat qiladi. 
Davlatimiz Asosiy qonunining 89-moddasiga asosan, O‗zbekiston 
Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‗idir va davlat hokimiyati 
organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini 
ta‘minlaydi.O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi 
hokimiyatni amalga oshiruvchi organ sifatida qabul qilingan qonun 
hujjatlari hamda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy islohotlarni 
rivojlantirishga qaratilgan Dastur va rejalarni hayotga tatbiq etish 
faoliyatini quyidagi yo‗nalishlarida amalga oshiradi: 

yagona davlat agrar siyosatini olib borish; 

agrar islohotlarni amalga oshirish yuzasidan qonun osti me‘yoriy 
hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish; 

agrosanoat majmuidagi vazirlik, davlat qo‗mitasi, idoralar hamda 
xo‗jalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish; 

agrar qonunchilik hujjatlarining bajarilishi yuzasidan davlat 
nazoratini tashkil qilish; 


34 

agrosanoat majmuida bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarini tatbiq 
etishda yuridik va jismoniy shaxslar uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish, 
ularning huquqlarini kafolatlash; 

qishloq xo‗jaligini rivojlantirish uchun zarur moddiy-texnika, 
moliyaviy resurslarini taqsimlanishini yo‗lga qo‗yish; 

qishloq xo‗jaligida bozor infrastrukturasini yaratish, aholini 
ijtimoiy muhofaza qilish; 

qishloq xo‗jaligida mulkchilik shakllari va tadbirkorlikni 
rivojlantirish va qo‗llab-quvvatlash va boshqalar. 
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, ushbu sohada ijro hokimiyati 
markaziy organlarining faoliyat yo‗nalishlari xilma-xil bo‗lib, agrosanoat 
majmuida islohotlarni rivojlantirish, qishloq xo‗jalik mahsulotlari bilan 
aholining ehtiyojlarini qondirish, ishlab-chiqarish va xo‗jalik faoliyatini 
olib boruvchi subyektlar uchun zarur shart-sharoitlarni ta‘minlashga 
xizmat qiladi. 
Umumiy vakolatli davlat organlari tizimida mahalliy davlat 
hokimiyat organlari muhim ahamiyatga ega bo‗lib, quyidagi asosiy 
yo‗nalishlarda faoliyat olib boradilar: 

agrosanoat majmuini rivojlantirishga qaratilgan siyosiy, iqtisodiy, 
ijtimoiy-madaniy sohalarda chora-tadbirlarni amalga oshirish; 

o‗z hududi doirasida umummajburiy ahamiyatga ega bo‗lgan 
qishloq xo‗jalik munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan me‘yoriy 
hujjatlarni qabul qilish; 

qishloq xo‗jaligiga mo‗ljallangan yerlarning unumdorligini 
oshirish, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish bo‗yicha hududiy 
dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish; 

yer resurslaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish 
yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish; 

yer tuzish, yer monitoringini o‗tkazish va davlat yer kadastrini 
yuritishni tashkil etish; 

yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xo‗jalik maqsadlari uchun 
egalik qilish, foydalanish uchun yer ajratib berish; 

qishloq xo‗jalik korxonalari va xo‗jalik faoliyatini olib borayotgan 
shaxslarga zarur shart-sharoitlarni ta‘minlash va boshqalar. 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish