ko„p ukladli va samarali faoliyat ko„rsatuvchi iqtisodiyotni shakllantirish,
xususiy mulkchilikning etakchi rolini ta‟minlash, bozor infratuzilmasini rivojlantirish;
boy tabiiy va mineral xom-ashyo resurslaridan, yaratilgan ishlab chiqarish va
ilmiy-texnik potensialdan samarali va oqilona foydalanishga yo„naltirilgan aniq
maqsadli tarkibiy siyosatni amalga oshirish, eksport imkoniyatini rivojlantirish va
mamlakat iqtisodiyotini jahon iqtisodiy tizimiga keng integratsiyalashni ta‟minlash;
yangi ish o„rinlari yaratish, mehnat resurslarini ish bilan oqilona ta‟minlash
muammolarini hal etish, aholini aniq tarzda ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish,
aholi turmush darajasining barqaror, izchil o„sishini, ijtimoiy infratuzilmaning
rivojlanishini ta‟minlash;
mamlakat
mintaqalari
iqtisodiyotining
mutanosib
va
kompleks rivojlanishini, ishlab chiqarish kuchlarining maqbul va samarali rivojlanishini
hamda respublika hududlari bo„yicha joylashtirilishini ta‟minlash va boshqalar.
Qishloq xo‗jaligida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
faoliyatining asosiy yo‗nalishlari quyidagilardan
iborat:
41
b) paxta va don ekinlari urug‗larini davlat tomonidan buyurtma
qilish, tayyorlash, alohida qayta ishlash hamda saqlash bo‗yicha talablarga
rioya qilinishi;
d) davlat buyurtmasining rejali amalga oshirilishiga muvofiq
hajmlarda qishloq xo‗jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini
shakllantirish bo‗yicha talablar bajarilishi;
e) don ekinlari, paxta va boshqa qishloq xo‗jaligi ekinlari urug‗lari,
shuningdek, ulardan qayta ishlangan mahsulotlar davlat resurslarining
sifati, ulardan oqilona hamda maqsadli foydalanilishi, ularning sifatli
saqlanishi hamda nobudgarchiligi kamaytirilishi ta‘minlanishi;
f) qishloq xo‗jaligi ekinlari navlarining genetik sofligi va urug‗lari
sifati sohasidagi davlat siyosatining ijro qilinishi, akkreditatsiya sohasiga
muvofiq urug‗larni sertifikatlash, urug‗ hamda ko‗chat materiallarining
sifatini aniqlash va nazorat qilish bo‗yicha ishlarning amalga oshirilishi;
g) qishloq xo‗jaligi yerlaridan oqilona foydalanish va ularni
muhofaza qilish, Inspeksiya zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida
qonunchilik talablariga so‗zsiz rioya etilishi;
h) sun‘iy suv ob‘ektlarida suvdan oqilona va samarali foydalanilishi
hamda suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi;
i) idoraviy bo‗ysunuvidan va mulkchilik shaklidan qat‘i nazar barcha
korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda chorvachilikda naslchilik
ishlari to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga va boshqa normativ hujjatlarga
rioya etilishi;
j) qishloq xo‗jaligi, melioratsiya va yo‗l-qurilish texnikalarining
texnik holati, ularning ekspluatatsiya qilinishi samaradorligi, shuningdek,
servis va ta‘mirlash xizmatlarining sifati ustidan nazoratni amalga oshirish;
k) eksport-import va respublika ichidagi tashishlarda don ekinlari,
paxta xom ashyosi, qishloq xo‗jaligi ekinlari urug‗lari va ulardan qayta
ishlangan mahsulotlar sifatini majburiy davlat tekshiruvidan o‗tkazish;
l) huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va
shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini ko‗rish borasida kompleks
chora-tadbirlarni amalga oshirish;
m)
qonun
hujjatlarida
belgilangan
tartibda
ma‘muriy
huquqbuzarliklar to‗g‗risidagi ishlarni yuritish.
Umuman olganda bugungi kunda Qishloq xo‗jalik faoliyatini davlat
tomonidan tartibga solish va uni bozor talabi asosida rivojlantirishning
asosiy yo‗nalishlari sifatida dehqonchilik, chorvachilik va bog‗dorchilikni
xalqaro andozalar tajribasidan kelib chiqib tashkil etish o‗ta muhim
ahamiyatga egadir.
42
Xullas, bugungi kunda qishloq xo‗jaligini davlat tomonidan tartibga
solishga qaratilgan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tizimi
shakllangan bo‗lib, ular ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga
hamda qishloq xo‗jalik mahsulotlari bilan aholini ta‘minlashga xizmat
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |