O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

Asl demokratik rejim. 
«Demoqratiya» so’zi, albatta, ko’pchilikka ma’lum bo’lishi 
kerak, lekin bu so’z orqali ifodalanadigan ma’no birdek tushunilavermaydi. Bundan 
tashqari, totalitar tuzumlar hamda harbiy diktaturalar xalq madadiga tayanish maqsadida 
o’zlariga demokratik tamgalar osib olgan hollarga tarixda misollar ko’p. Ayni paytda 
demokratik g’oyalar hech qachon tarix maydonini tark etmagan « va insoniyatni doim 
to’lqinlantirib keladi. 
Lug’atlarda demoqratiyada «xalq oliy hokimiyat timsoliga ega bo’lib, bu hokimiyatni 
yo o’zi bevosita amalga oshiradi sxud erkin saylov tizimi orqali o’zlari tanlagan vakillari 
vositasida amalga oshiradi», deb ta’riflanadi. Avraam Linkoln (AKTTT prezidenti)ning 
so’zlariga qaraganda, demoqratiya - «xalqning shu xalq uchun amalga oshiradigan xalq 
boshqaruvidir». 
Shu jihatdan I.Ilin ta’rifi ham qiziqish uyg’otishi mumkin. U shunday yozadi: 
«Demos» so’zi xalq ma’nosini anglatadi, «kratos» so’zi kuch, hokimiyatni ifodalaydi. 
Haqiqiy davlat shu ma’noda «demokratik» bo’lishi mumkinki, o’zining eng yaxshi kuchlarini 
xalqdan oladi hamda uni o’z tuzshshshida to’g’ri ishtirok yetishga jalb qiladi. Bu shu eng 
yaxshi kuchlarning doimiy tanlovi davom yetib, 
xalq o’z davlatini to’g’ri tsurishni 
bilishi darkor»
21
.
Qiziga shundaki, demoqratiya juda murakkab hodisa bo’lishiga qaramay, uning 
dunyoga kelish, hatto tug’ilgan sanasini aniqlash ajablanarli tarzda g’oyat oson ishdir: bu - 
miloddan avvalgi V asrdagi Afina shahar-davlatidir. Perikl Afinasi (uning eng shuhrat 
21
ИльинИ. О грядущей России. М., Телекс, 1993, 42-bet



90 
topgan boshlig’i sharafiga bu davlat shunday atalgan) siyosatchi-nazariyotchilar va davlat 
arboblarining keyingi avlodlari uchun ilhom manbai bo’lib xizmat qilgan. 
Shu bilan birga, bugungi ko’z bilan qaralganda, Afina demoqratiyasining ko’pgina 
jihatlari g’alati va yot tuyulishi mumkin. 
Miloddan avvalgi oltinchi-beshinchi asrlarda Afinada markaziy siyosiy institut 
(mahkama) 5-6 ming kishi qatnashadigan yig’in bo’lgan. Yig’in balog’at yoshiga etgan 
hamma erkak fuqarolar uchun ochiq edi (ayollar, qullar va muhojirlar istisno qilingan). 
Yig’in hech qanday huquqiy cheklashlarsiz, ko’pchilik ovoz bilan amalda har qanday ichki 
muammolarni hal eta olardi. Sudlov ishlari ham maslahatchilar tarkibidagi 501 fuqaro 
ishtirokida boyagiday ko’pchilik ovoz bilan biron kishining aybli Yoki aybsizligi haqida hukm 
chiqarardi. 
Yig’in boshqaruvchilari saylanmay, qur’a tashlash yo’li bilan aniqlanishi Yana ham 
ajibroq edi. Zero, afinaliklar har qanday fuqaro davlat lavozimini egallay oladi, deb 
hisoblardilar. Lavozimlarning o’zi ham juda kam edi: strateglar bir yillik muddatga 
saylanishardi. Boshqa hamma holatlarda Perikl Afinasi hammaga ma’lum ijroiya institutlari 
bo’lmish prezident, bosh vazir, mahkama Yoki doimiy fuqarolik xizmatisiz ishlarni 
eplayverardi. Qarorlar qabul qilish uchun mas’uliyat beistisno yigan a’zolari bo’lgan 
fuqarolar zimmasiga tushardi. 
Konstitutsiyaviy cheklashlar nimaligini bilmagan Perikl Afinasida fraksiyachilikka 
moyillik kuchli bo’lib, ko’pincha so’zamol va ayyor notikdar ta’siriga tushib qoli-nardi. 
Shuning uchun ham oqibat-natijada demokratik Afina faylasuf Suqrot (Sokrat)ni o’limga 
mahkum etdi va bu bilan uning shogardi Aflotunning bitmas-tuganmas nafratiga uchradi. 
Aflotun umuman demoqratiyaning ashaddiy dushmaniga aylandi. 
Lekin dushmanlari bo’lgini, ichki zaifliklariga qaramay, Afina demoqratiyasini nozik 
gulga o’xshatib bo’lmasdi. U eramizdan oldingi 404 yilda Peloponnes urushidagi 
mag’lubiyatni boshdan kechirib hamda o’zining bosh raqibi Sparta qo’liga tushib ham, 
qariyb 200 yil yashadi. 
Demoqratiya g’oyalarining umri abadiy deb bo’lmasa-da, undan ham uzoqroq bo’ldi. 
Balki shu boisdan ozodlik va demoqratiya ko’pincha sinonim so’zlar sifatida ipshatiladi. 
Zero, demoqratiya ozodlikning o’zigina emas, balki uzoq va uqubatli tarix davomida 
shakllangan amaliy normalar va jarayonlar majmuidir. Boshqacha aytganda, demoqratiya 
ozodlik qonuniy maqomga ega bo’lginini bildiradi. 
Demoqratiya ikki asosiy turga - 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish