O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


-§. O’zbekistonda davlatchilikni shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

 
6-§. O’zbekistonda davlatchilikni shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari
 
Ma’lumki, 70 yil mobaynida O’zbekistonning taqdiri va farvonligi sobiq Ittifoq qo’lida 
bo’lib keldi. Respublikadan mahsulrtlar va xom ashyoni tashib kyetishar, respub-likamizga 
esa, bu yerda istiqomat qiluvchilardan so’rab-netmay, maslahatlashmay, o’zlari lozim 
topgan narsalarnigina keltirishardi. 
O’zbekistonda amalga oshiriladigan boshqaruv tizimi joylarda ham, tarmoqdarda 
ham, ishlab chiqarish sohalarida ham va taqsimotda ham markazga qat’iy tobelik asosida, 
u belgilab bergan chiziqtsan tashqariga chiqmay olib borilardi. 
Shuni mamnuniyat bilan qayd yetish kerakki, O’zbekiston o’zining chinakam 
mustaqillikka erishish maqsadini birinchilardan bo’lib e’lon qildi. U sobiq Ittifoq respublika-


93 
lari o’rtasida birinchi bo’lib boshqaruvning prezidentlik shaklini joriy etdi, keng miqyosli 
islohotlar, jamiyatdagi tub o’zgarishlar va yangilanishlar yo’lini tanladi. 
1991 yilning 31 avgust kuni o’zbek xalqining o’z taqdirini o’zi belgilash huquqi 
amalga oshdi - O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Respublika 
butun ko’pmillatli aholining irodasi «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 
asoslari to’g’risida»ga konstitutsiyaviy qonunda mustahkamlandi hamda umum-xalq 
referendumida yaqdil tasdigini topdi. 
O’zbekiston Respublikasi hududi va iqtisodiy salohiyati bo’linmasligi, uning 
chegaralari esa daxlsiz bo’lib, davlat himoyasida ekanligi tamoyili qaror topdi. 
Mustaqillik qo’lga kiritilishi bilan darhol respublikada demokratik huquqiy davlat 
asoslari vujudga keltirila boshladi. Buning uchun oldingi totalitar tuzum illatlarini tagtomiri 
bilan qo’porib tashlashga keskin kiri-shildi. Ko’ppartiyaviylik, g’oyalar va fikrlar xilma-xilligi 
bilan murosa qilish hayotiy voqelikka aylandi. Bir mafkura hukmronligiga barham berildi. 
Umuminsoniy qadriyatlar, jahon tan olgan chinakam demoqratiya, inson er-kinliklari va 
huquqlari normalarini qaror toptirish vazifasi qo’yildi. 
Respublikada so’zda emas - amalda hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijroiya va 
sudlov hokimiyatlariga bo’linish tamoyili amal qilmoqda. O’zbekiston xalqi davlat hokimiya-
tining chinakam manbaiga aylaqdi va bu hokimiyatni ham bevosita, ham o’z vakolatli 
vakillari - deputatlar korpusi orqali amalga oshirmoqda. Bularning hammasi qonun 
chiqaruvchilik ishini faol yo’lga qo’yishni taqozo etdi. Uni respublika parlamenti - Oliy Majlis 
muvaffaqiyatli olib bormoqtsa. Oliy Majlisning butun salohiyati bugungi kunda yosh 
mustaqil davlatimizni har tomonlama huquqiy ta’minlashga yo’naltirilgan. 
Davlat boshqaruvining yangi, Yanada zamonaviy hamda yangi sharoitlarga tez 
moslashadigan tizimini shakllantirish bo’yicha ishlar zudlik bilan boshlab yuborildi. 
Boshqaruvning prezidentlik shakli bu tizimning o’zagi bo’lib qoldi. 
Joylarda boshqaruv tizimini qayta tashkil yetish vazifasi qo’yilib, muvaffaqiyatli 
udtsalandi - viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimlik tuzilmalari joriy etildi. Qonunlar 
ustuvorligini, ular oldida mamlakat barcha fuqarolari tengligini ta’minlovchi sud 
hokimiyatini qayta tashkil yetish ishlari faol olib borilmoqda. TSivilizatsiyalashgan fuqarolik 
jamiyatining ushbu tarkibiy qismlari qonunchilik va huquq-tartibotning, qat’iy intizom va 
mas’uliyat-lilikning asosi bo’lib xizmat qiladi. 
Respublika oldida o’z taraqqiyot yo’lini tanlashdek jiddiy vazifa ko’ndalang turardi. 
Uning zarurligi respublikamiz Prezidentining quyidagi so’zlarida yaqqol ifodalangan: «Jahon 
tajribasi shundan dalolat beradiki, o’z davlat-chiligini qo’lga kiritish, milliy va ijtimoiy 
ozodlikka erishish hech qayerda yengil va osonlikcha bo’lmagan. Mustaqillikka erishgan har 
bir mamlakat o’z taraqqiyot yo’lini izlaydi, yangi jamiyat barpo yetishda o’z andozasini 
ishlab chiqishga intiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o’rtasida tarkib 
topgan munosabatlar, ularning dunyoqarashi, jumladan diniy e’tiqodi, ruhiyati va xulq-
atvor normalari shuni taqozo etadi»
22

Davlatimiz boshlig’i, shuningdek, jahonda ijtimoiy taraqqiyotning turk, shved, 
janubiy koreys va boshqa turli xil ko’rinishlari mavjudligini ham ta’kidladi. Bir qator 
musulmon davlatlari va yangi sanoati rivojlangan mamlakatlar tajribasi, ikkinchi jahon 
urushidan keyin xalq xo’jaligini tiklash bo’yicha Ovrupo mamlakatlari va YAponiya amaliyoti 
namunalari mavjud. Biroq, deya ta’kidlaydi Prezident, «O’zbekiston boshqa davlatlar 
taraqqiyoti jarayonida to’plangan va respublika sharoitiga tatbiq qilsa bo’ladigan barcha 
ijobiy va maqbul tajribalardan shak-shubhasiz samarali foydalanadi»
23

Bunda gap, albatta, u Yoki bu maftunkor va ijobiy samarasi yuksak andozadan 
22
Каримов И.А. Узбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиѐсат, мафкура. 1-tom. Т., ««O’zbekiston”», 1996. 40-bet. 
23
O’sha yerda. 


94 
oddiy nusxa ko’chirish ustida borayotgini yo’q. 
Prezidentimizning quyidagi fikrlarida ushbu masalaga bo’lgan qat’iy nuqtai nazar o’z 
ifodasini topgan: «Jahon va o’zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani 
rad etmagan holda o’z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yo’limizni tanlab olish 
respublikaning qat’iy pozitsiyasidir. Bu - o’tmish yillarning xatolarini, davlat tuzilishining 
shakl va usullariga nis-batan mavjud qarashlarni idrok yetish natijasidir. Bu - tarkib topgan 
ijtimoiy voqelikka berilgan real bahodir. Bu - O’zbekiston xalqining ijtimoiy taraqqiyotga, 
munosib turmush sharoitiga intilishidir»
24

1992 yilning 8 dekabrida O’zbekistonda shonli voqea sodir bo’ldi - O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. U respublikamiz mustaqil va erkin ta-
raqqiyotining huquqiy asoslarini yaratib berdi. 
O’zbekiston Respublikasi davlat tuzilishi shakli Konstitutsiyamizning «Ma’muriy-
hududiy va davlat tuzilishi» deb nomlangan to’rtinchi bo’limining XVI - XVII boblarida o’z 
ifodasini topgan. Jumladan, 68-moddada shunday deyilgan: «O’zbekiston Respublikasi 
viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloklar, ovullar, shuningdek Qora-
qalpog’iston Respublikasidan iborat». 70-modda esa, Qoraqalpog’iston Respublikasi 
maqomiga bagishlangan. Unda: «Suveren Qoraqalpogiston Respublikasi O’zbekiston 
Respublikasi tarkibiga kiradi», deb ta’kidlanadi. 
Amalga oshirilayotgan islohotlar, O’zbekiston kelajagi uchun ularning ahamiyati 
to’g’risida gapirib, yurtboshimiz shunday dedi: «Biz juda katta qiyinchiliklarni boshdan 
kechirdik. Oldinda Yana qanchadan-qancha sinovlar turibdi. Bugungi murakkab vaziyatda 
tanlab olingan va azaliy mil-liy manfaatlarimizga, xalqimizning tabiatiga, ongiga ma’qul 
bo’lgan yo’ldan adashmaslik choralari haqida, O’zbekis-tonning porloq istiqbolga yetish yo’li 
xususiyatlari to’g’ri-sida gaplashib olishimiz zarur deb o’ylayman»
25

 
24
O’sha yerda. 
25
O’sha yerda. 200-bet 


95 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish