O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Boshqaruv shakli - konkret davlatda davlat hokimiyatini tashkil yetish



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

Boshqaruv shakli - konkret davlatda davlat hokimiyatini tashkil yetish 
usullarining majmuidir.
Agar ushbu ta’rifni Yanada aniqroq ifodalaydigan bo’lsak, u oliy 
hokimiyatni, boz ustiga uning oliy va markaziy organlarini, tarkibi, vakolatini, shu 
organlarni tashkil yetish tartibini, shuningdek, unda oddiy xalq ishtiroki darajasi, bu 
organlar vakolati muddatlarini ko’zda tutishini aytishimiz kerak bo’ladi. Boshqaruvning 
qadim-qadimdan insoniyatga ma’lum bo’lgan shakllari 
monarxiya 
va 
respublikadir. 
Shu 
munosabat bilan Arastu o’z vaqtida boshqaruv shakllarini oliy hokimiyat tanho amalga 
oshiriladigan monarxiyaga, tor doiradagi cheklangan shaxslar tomonidan amalga 
oshiriladigan aristokratiyaga, butun xalq hokimiyatni boshqaradigan demoqratiyaga 
bo’lganligini eslash o’rinlidir. 
Qadimgi yunon faylasufining shu qadar uzoqni ko’ra bilish qobiliyatiga tan berish 
kerak! Zero, hozirgacha boshqaruv shakli oliy hokimiyat bir kishi tomonidan amalga 
oshirilishi (monarxiya) Yoki u saylab qo’yiladigan vakolatli kollegial organ (respublika)ga 
taalluqliligiga qarab bo’linadi. 
«Monarxiya» atamasi («monos» - bir, «arxe» - hokimiyat) yunoncha so’z bo’lib, 
«yakkahokimlik», «yagona hukmdor» ma’nolarini bildiradi. Monarxiya boshqaruv shakli 
sifatida o’zining aniq yuridik belgilariga ega. Monarx davlatning jonli timsoli bo’lib, tashqi 
va ichki siyosat bobida davlat boshligi sifatida, xalq vakili, millat «otasi» sifatida, 
fuqarolarni jipslashtiruvchi, ularni davlat tevaragiga birlashtiruvchi shaxs sifatida maydonga 
chiqadi. Monarxlar - masalan, Frantsiya qirollaridan biri: «Davlat - mening o’zimman», deb 
bejiz aytmagan. Biroq, bu aksariyat hollarda masalaning faqat Yuridik tomonini anglatar, 
amaldagi ahvolni ifodalay olmasdi. 
Monarx tanho hukmronlik qiladi. Albatta, bu davlatning barcha ishlarini uning bir o’zi 
hal yetarkan, degan ma’noni bildirmaydi. Turli davlat organlarida xizmat qiluvchi ko’psonli 
maslahatchilar, vazirlar, amaldorlar davlat ishlarini boshqarishardi. Ayni paytda, eng 
muhim, prinsipial davlat ishlari bo’yicha monarxning o’zi hukm chiqarishiga to’g’ri kelardi. U 
butun hokimiyatning to’la sohibidir. Monarx hokimiyati oliy hokimiyat bo’lib, mustaqildir. U 
- davlatdagi oliy hokimiyatdir. 
Odatda, uning hokimiyati muqaddas deb e’lon qilinar, din og’ushiga o’ralar edi. 
Albatta, shularning barchasiga qaramay, monarxning xalqaro, siyosiy va milliy 
kuchlar ta’sirini his etmasligi mumkin emas. Lekin ba’zan monarx hukmi tasodifiy, 
sub’yektiv omillarga bog’liq bo’lib qoladigan hollar ham uchraydi (buni ham tushunsa 
bo’ladi - axir monarx ham odam, insonlarga xos narsalarning hammasi unga ham begona 
emas). 
Monarxiya hokimiyati vorislik asosida bir avloddan ikkinchi avlodga meros bo’lib 
o’tadi. Hokimiyatning bir shaxsdan ikkinchisiga o’tishiga xalqning hech qanday aloqasi 
bo’lmaydi. Monarx muddatsiz va umrbod hokimiyat egasidir. Lekin bundan monarxni faqat 
tabiiy o’limgina hokimiyatidan ajratar ekanda, deb xulosa chiqarish xato bo’lurdi. Monarxlar 
ag’darib tashlangini, o’ldirilgini, boshqa kishilar bilan almashtirilginiga tarixda misollar ko’p. 
Monarx mas’uliyatdan ozod kishi hisoblanadi, ya’ni u o’z boshqaruvi natijalari uchun 


68 
aniq yuridik va siyosiy javobgar hisoblanmaydi. Darvoqe, tarixda xalq monarxni 
javobgarlikka tortgan holatlar haqida ko’pdan-ko’p misollar mavjud (inqiloblarni eslaylik). 
Monarxiyaning eng gullab-yashnagan davri yangi davr arafasiga to’g’ri kelib, bu 
vaqtda uning boshqaruvning respublika shaklidan farqlari ko’zga tashlana boshlagan, 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish