O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


mutlaq (cheklanmagan) va cheklangan monarxiya



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

mutlaq (cheklanmagan) va cheklangan monarxiya
ko’rinishlari o’rtasidagi farqlar 
aniq bilinib qolayotgandi., 
Mutlaq 
monarxiya shakli
dagi boshqaruvning asosiy belgisi - 
monarxning to’la 
hokimiyatini cheklaydigan biron-bir davlat organi ning yo’qligi
dir
- Monarxiyaning 
yuridik xususiyatlari to’g’risidagi S.A.Komarov nuqtai nazari biz uchun ham matlub bo’lib, 
ular: 
- hokimiyatdan muddatsiz, ya’ni umrbod foydalanish; 
- taxtni meros sifatida Yoki qarindoshlik huquqi bo’yicha egallash; 
- tashqi aloqalarda kafolat (mandat) asosida emas, o’z shaxsiy huquqi bo’yicha 
vakillikni amalga oshirish; 
- davlat boshlig’i javobgarligining yo’qligi (faqat xudo oldida mas’ullik)dir. 
Bunday sharoitlarda (zarurat yo’qpigi tufayli) tabaqaviy, vakillik muassasalari 
yo’qolib ketadi Yoki to’la tanazzulga yuz tutadi, xalqning siyosiy va ijtimoiy huquqsizligi 
odatiy holga aylanadi. 
Cheklangan monarxiya
turli tarixiy davrda turli ko’ri-nishga ega bo’ladi. Qizigi 
shundaki, Arastu 
ruhiy asoslar
-dan kelib chiqib, monarxiyalarni «to’g’ri» boshqaruv 
shakliga ega bo’lgan monarxiya va mabodo monarx barchaning manfaatlari o’rniga o’zining 
g’arazli, shaxsiy manfaatlarini ko’zlab, boshqarishda zulmni qo’llaydigan bo’lsa - «noto’g’ri» 
(zolimlik va istibdod) shaklga ega monarxiyalarni ajratib ko’rsatgandi. Hozirgi zamon 
olimlari 
yuridik asoslar
nigina hisobga olishadi. Ularga ko’ra, cheklangan monarxiya 
(feodalizm davrida) tabaqaviy-vakillik hamda konstitutsiyaviy monarxiyaga bo’linadi. 
Konstitutsiyaviy monarxiya o’z navbatida 
dualistik va parlamentlik monarxiya
(kapitalizm davrida) ko’rinishlariga egadir. 
Konstitutsiyaviy monarxiya
burjuaziya jamiyatining shakllanish davrida paydo 
bo’lgan. U shunday boshqaruv shaklidan iboratki, bunda monarx hokimiyati vakillik organi
tomonidan cheklangan bo’ladi. Bu esa, parlament tasdiqlaydigan konstitutsiyada 
mustahkamlanadi. Uni o’zgartirishga monarxning haqi yo’q. Shu asosda 
dualistik 
hokimiyat ikki taraflama xususiyatga ega bo’lishini tushunib olishimiz mumkin (mazkur 
so’zning tarjimasi ham shundan guvohlik berib turibdi). 
Amaldagi mavjud va yuridik hokimiyat monarx shakllantiradigan hukumat bilan 
qonunchilik organi sifatida maydonga chiquvchi parlament o’rtasida bo’linadi. Mamlakatni 
boshqarish monarx ixtiyorida bo’lib, vazirlar unga hisob berib turadilar. Hukumat 
parlamentning partiyaviy tarkibiga bog’lanmagan holda shakllantiriladi. Boshqaruv dualizmi 
(ikki taraflamaliliga) shundan iboratki, misol uchun monarx feodallar manfaatlarini, 
parlament esa, burjuaziya va boshqa tabaqalar manfaatlarini ifodalaydi. 
Bunday boshqaruvga Prussiya, Italiya, Ruminiya (o’tmishdagi) davlatlari misol bo’la 
oladi. Hozirgi vaqtda boshqaruvning bu shakli o’z umrini yashab bo’ldi. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish