O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

Davlat boshligi. 
Uch qismga bo’lingan davlat hokimiyati o’z yagonaligi va 
suvyerenligini yo’qotmaydi: uning hukmronligini ta’minlovchi manba yagona - xalq; u 
mamlakat aholisining yagona tub manfaatlarini ifodalaydi. Shu sababdan qonunchilik
ijroiya va sud hokimiyatining mustaqilligi mutlaq bo’lmay, nisbiydir. Davlat boshligi bu 
organlarning yaxlit davlat irodasi manfaati yo’lida va umumdavlat maqsadlari yo’lidagi 
faoliyatning muvofiqlashtirilishini ta’minlashi kyerak. Zamonaviy davlatlarda davlat 
rahbarlari odatda yagonadir: konstitutsion monarxiyada - monarx, respublikalarda - 
prezident. 
Monarx konstitutsiyaviy qarorlar yoki qaror topgan an’analarga ko’ra, parlamentga 
nisbatan qator huquqlarga ega: sessiya chaqirish, sessiyani tarqatish (odatda quyi 
palatada), yuqori palata a’zolarini tayinlash, qonunlarni tasdiqlash va e’lon qilish kabi. U 
partiyaviy fraksiyalar ko’pchiligi yoki parlament fraksiyalari koalitsiyasi fikrini e’tiborga 
olgan holda hukumat rahbari va vazirlarni tayinlaydi (yoki tasdiqlaydi). Rasmiy jihatdan u 


108 
oliy bosh qo’mondon hisoblanadi va xalqaro munosabatlarda mamlakat nomidan ish 
ko’radi. Amalda bu vakolatlar hukumat (yoki tegishli vazirlik) tomonidan amalga oshiriladi. 
Zamonaviy davlatlarning ko’pchiligida aholi yoki parlament tomonidan saylanadigan 
yoxud alohida saylov jarayoni orqali saylanadigan prezident davlat boshlig’i hisoblanadi. 
Prezident chet ellik diplomatik vakillarni qabul qiladi, boshqa davlatlarga elchilar 
tayinlaydi, qator mamlakatlarda xalqaro shartnoma va bitimlarni tasdiqlaydi, harbiy 
kuchlarning oliy bosh qo’mondoni hisoblanadi. Ayrim mamlakatlarda prezident parlamentni 
tarqatib yuborish, qonunni tasdiqlashdan bosh tortish, uni ikkinchi bor parlament ixtiyoriga 
havola etish huquqiga ega. 
Parlamentar va prezidentlik respublikalarida prezidentning vazifasi va vakolatlari bir 
xil emas. 
Parlamentar respublikalarda prezident ichki ishlar-dagi kam harakatchan shaxs 
bo’lib, amaliy hokimiyatni o’z qo’liga to’plab olgan hukumat rahbari tomonidan ikkinchi 
o’ringa surib qo’yilgan. Masalan, bunday davlatlarda parlamentning tarqatilishi prezident 
farmoni bilan rasmiylashtirilsada, amalda hukumat qaroriga ko’ra amalga oshiriladi; 
hukumatni tayinlash uchun parlament roziligi talab etiladi. Prezidentning hujjatlari hukumat 
rahbari yoki tegishli vazirlik rahbarining imzosisiz amaliy kuchga ega emas. 
Prezidentlik respublikalarida prezident - markaziy siyosiy figuradir. Masalan, AQSh 
prezidentiga Konstitutsiya tomonidan keng vakolatlar berilgan. U bir paytning o’zida ham 
davlat, ham hukumat rahbari. U 2,5 million davlat xizmatchilaridan tashkil topgan davlat 
apparatini boshqaradi. Ulardan 1500 fedyeral idoralar rahbarlarini shaxsan o’zi tayinlaydi. 
Faqat oliy fedyeral lavozimlarga Senatning roziligi bilan tayinlaydi. U davlat hayotining turli 
masalalari bo’yicha farmonlar chiqaradi. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish