9
hodisalar va jarayonlarni tasvirlash, tushuntirish va istiqbolni aytib berishdagi qobiliyatiga
ham qarashlari tubdan o’zgardi. Mazkur o’zgarishlar ko’pqirrali xarakterga ega. Ularning
ayrimlari butun jamiyatshunoslikning umumiy metodologik inqirozi bilan bog’liq. Ba’zilari
butun ilmiy bilimlar sohasidagi chinakam tub o’zgarishlarni aks ettiradi.
Bunda davlat va
huquq nazariyasi dialektik-materialistik tushunchalar o’rniga asta-sekin sinergetikadan,
g’ayriixtiyoriy, o’z-o’zidan tashkil topadigan, tasodifiy jarayonlar to’g’risida shakllanayotgan
yangi fandan kelib chiqadigan metodologiyani o’ziga singdirib yuborishi ko’zda tutiladi.
Bunda mazkur o’zgarishlar tobora ko’proq muxlislarni o’ziga tortayotgininigina emas, balki
jamiyatshunoslarning hech mubolag’asiz bir ondayoq o’z nazariy qarashlarini o’zgartirishga
majbur qilayotgan hujumkor xarakterini ham qayd etmaslik mumkin emas.
Misol tariqasida A.B.Vengerov kabi mashhur huquqshunosni olib ko’raylik. O’zining
1995 yilda yozgan darsligida materialistik dialektika to’g’risida gapirarkan, u: «agar ushbu
metod yordamchi, juz’iy, ikkinchi darajali deb qaralgan boshqa barcha metodlarga zid
bo’lmasa» - undan bemalol foydalanish mumkin, deb hisoblaydi. 1996 yilda chop etilgan
o’zining shu nomdagi darsligida u shunday yozadi: «Sinergetika hozirdayoq dunyoning o’z
tuzilishi asoslaridagi zaruriy (qonuniy) va tasodifiy hodisalarni
tushunishni tubdan
o’zgartiruvchi, dunyoni yangicha ko’rish, yangicha idrok yetish metodi sifatida maydonga
chiqmoqda. Jonsiz materiya hamda inson faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy
va boshqa sohalaridagi tarixiy jarayonlar rivojining sabablari va shakllari yangicha talqin
etila boshlandi. Hodisalarni biologik va ijtimoiy evolyutsiyaning mustaqil omili sifatida
yangicha tushunish, o’zidan o’zi tashkil bo’luvchi jarayonlarda uning rolini e’tirof
yetish
yuzaga kelmoqda»
8
.
U Yana shunday davom etadi: «Xullas, aftidan, so’z oz emas-ko’p emas - ijtimoiy
fanlar paradigmasi (namunasi)ni yangilash, determinizm (tabiat va jamiyat barcha
hodisalarining ob’yektiv qonuniyligi va sababiy bog’liqligini
tan oluvchi falsafiy
konsepsiya)ni avvalgacha tushunish va e’tirof yetishdan voz kechish va ehtimolki,
determinizmning yangi ko’rinishlarini kashf qilish, mamlakat fanida esa,
borliqni ilmiy
asosda bilishning asosiy metodi sifatidagi materialistik dialektikani qayta mushohada yetish
haqida boryapti»
9
.
Boz ustiga u, ijtimoiy fanlar metodologiyasida yangi paradigma «...yo
sinergetikaning alohida metodi sifatida dialektikani o’z ichiga oladi - shunda ham faqat
ayrim sohalar uchun qo’llaydi yoxud uni borliqqa tamoman yangicha yondashuvlar bilan
umuman almashtiradi», deb hisoblaydi. Bunda ikkinchisi afzal.
Olim, ilmiy huquqiy bilimlarda ushbu yangiliklarning yoyilishi
moda ketidan quvish
emas, «eski, odatiy qoidalarni yangi «sinergetik jomalar»ga kiyintirish emas», deya
ta’kidlasada, uning nuqtai nazariga, mulohaza yuritishdagi ayrim qat’iy fikrlariga qo’shilish
qiyin. Zero, bilish - g’oyat murakkab jarayon bo’lib, shu yo’ldagi biron-bir metodga
ustuvorlik berishga mutlaqo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Buni biz bir bor boshimizdan kechirib
ko’rdik.
Bizning fikrimizcha, materialistik dialektika metodi davlat
va huquq nazariyasida
metod sifatida o’z umrini butunlay yashab bo’lgini yo’q. Misol uchun, shu nuqtai nazardan,
davlat va huquq:
Do'stlaringiz bilan baham: