qiyosiy huquqshunoslik
(yuridik komparativistika)ning
shakllanishiga olib keldi, achi olimlar, hatto, uni
huquqshunoslik fanining mustaqil tarmog’i deb hisoblaydilar.
Rasman-yuridik (qat’iy normativ) metodni
huquqshunoslik faniga xos, uning
tabiatidan kelib chiqadigan, tom ma’noda an’anaviy metod deb atash mumkin. Uning
mohiyati shundan iboratki, huquq butun borligicha o’rganiladi. U hech narsaga
taqqoslanmaydi, iqtisodiyot, siyosat, axloq, boshqa ijtimoiy hodisalar bilan bog’lanmaydi.
Bunda sof ko’rinishdagi huquq - uning toifalari, tavsiflari, belgilari, tarkibi, tuzilishi,
yuridik texnikasi ana shu usulning tadqiqot doirasiga kiradi. Mazkur metod ko’pdan ma’lum
bo’lib, o’rta asrlardayoq huquqiy qoidalarni talqin yetish hamda amaldagi qonunlarni
rasmiy tahlil qilish bilan shug’ullanuvchi butun bir maktab va yo’nalishlar (glossatorlar,
postglossatorlar) tarkib topgan.
Ushbu metodni ulkan asos bilan umumiy bo’lmagan -
alotsida metod
deb atash
mumkin. Chunki, u faqat huquqni o’rganishdagina qo’llaniladi. Shunisi qiziqki, bu holatda
sof ko’rinishdagi
huquq tadqiqot mavzui bo’lib qoladi.
«Sof»
huquq nazariyasi (huquq
normativchiligi maktabi) asoschilaridan biri Gans Kelzenning yozishicha: «Huquq
to’g’risidagi ta’limotning «sof» deb atalishining sababi shundaki, u faqat birgina huquq
bilan shug’ullanadi va jiddiy ma’noda huquqqa aloqasi bo’lmagan hamma narsadan
o’rganilayotgan mavzuni «tozalaydi»
13
.
Shuni ta’kidlash joizki, huquqshunos olimlar bu metodga ancha yuksak baho
beradilar, ba’zan baholari shu qadar jonli va ehtirosli bo’ladiki, bu ta’rif-tavsiflarni badiiy
nasrdan deyarli farq qilolmaysiz. Mana ulardan biri:
«Bu vositadan foydalanib (rasmiy yuridik metod nazarda tutiladi), huquqiy
materiyaning ich-ichiga kirib borish, huquq anatomiyasini ikir-chikirlarigacha bilib olish
mumkin. Huquq va uning tarkibiy qismlarini, qonunlarni, ayrim huquqiy tavsiyalarga
«ishlov berish», ushbu metodni jarroh pichog’idek qo’llash bilangina yuridik norma qanday
qismlardan iborat ekanligini, uning sanksiyasi qanday tuzilishi kerakligini, har bir normativ-
huquqiy hujjat uchun majburiy tarkibiy qismlar nimalardan tashkil topishi zarurligini
aniqlash mumkin»
14
.
Vaholanki, yaqin-yaqinlargacha sho’ro huquqshunoslik fanida davlat-huquqiy
hodisalarni rasmiy-yuridik jihatdan qarab chiqish ko’pchilikka ma’qul kelmasdi. Bu o’rinda
o’sha vaqtlardagi huquq amaliyoti uchun va nafaqat huquq, balki boshqa sohalar uchun
ham noyob bo’lmagan bunday yondashuv haqida yaqin o’tmishda keng tarqalgan bir ibora
- «...rasman to’g’ri, mohiyatan tahkdrning o’zginasi» jumlasini eslash kifoya. Ayni paytda
bu metodni nazar-pisand qilmaslik, unga e’tiborsizlik bilan qarashga asos yo’q.
Rasmiyatchilik - huquqning ajralmas xususiyatidir. Rasmiy metod huquq va davlatni ilmiy
idrok yetishda majburiy, zaruriy bosqichdir. Zero, u olingan bilimni tavsiflash,
umumlashtirish, tasniflash, bir tizimga solish, imkon qadar aniq va ravshan yetkazib
berishga ko’maklashadi. Rasmiy-yuridik metodning unsurlarini davlat va huquq, ayniqsa,
huquqiy modellashtirish, matematik-statistika metodlari kabi o’rganish vositalarida ham
uchratish mumkin.
Davlat-huquq ob’yektlari murakkab tizimlardan iborat ekanligi va ular kechayotgan
jarayonlarning ziddiyatli va xilma-xilligini hisobga oladigan bo’lsak, metodlarning butun bir
13
Кельзен Г. Чистое учение о праве// Чистое учение о праве Ганса Келъ-ина. М.: 1987, 7-bet.
14
Бабаев В.К. Предмет и метод теории права//Общая теория права. -Нижний Новгород. 1993, 46-bet.
14
majmuini qo’llash zarurati tushunarli bo’lib qoladi. Ular orasida huquqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |