204
ustuvorlik qiladi, «hukmron» mavqeni egallaydi. Uning normalari boshqa qonunlarning
qoidalaridan ham yuqoriroq yuridik kuchga ega. Qolgan barcha qonunlar va boshqa
normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida, unga muvofiq tarzda va uning ijrosi
uchun chiqariladi. Basharti, qonunlar Konstitutsiyaga zid kelib qolsa, yoki unda belgilangan
tartiblarni buzib ishlab chiqilgan va qabul qilingan bo’lsa, ular o’z kuchini yo’qotishi shart.
Konstitutsiya butun huquqiy tizimning uyushtiruvchi, hamjihatlashtiruvchi markazi,
«tizim» hosil qiluvchi o’zagi bo’lib, barcha huquq tarmoklari va qonunchilik sohalarini
shakllantiruvchi hamda rivojlantiruvchi yuridik asosdir. Qonunchilikning
hamma sohalari
bevosita Konstitutsiya qoidalari va prinsiplariga tayanadi. Binobarin, Konstitutsiya
qonunchilik tarmoklari vujudga kelishi va amal qilishi uchun sarchashma - manba bo’lib
hisoblanadi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, konstitutsiyaviy normalar siyosiy, iqtisodiy,
ijtimoiy va madaniy-ma’naviy hayotning eng muhim tomonlarini huquqiy tartibga soladi.
Ana shu ma’noda konstitutsiyaviy tartibga solish huquqiy tartibga solishning boshqa
turlaridan farq qiladi.
Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish murakkab ichki tuzilish (struktura)ga va
ijtimoiy hayotning alohi-da sohalariga ta’sir etishning o’ziga xos xususiyatlariga ega. U
huquqiy tartibga solish yagona tiziminqng maxsus qismi sifatida bir qator xususiyatlar bilan
tavsiflanadi, ya’ni:
* mamlakat miqyosida yagona konstitutsiyaviy tartibga solishning muayyan tizimini
tashkil etadi;
* u umumiy-majburiy, normativ xarakterga ega;
* huquqiy tartibga solishning umumiy strategiyasini, siyosiy yo’nalishini, ustuvor
prinsiplarini belgilaydi;
* ijtimoiy munosabatlarni konstitutsiyaviy tartibga solish davlat tomonidan eng
yuksak darajada kafolatlanadi va ta’minlanadi.
Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solishning mushtarak tizimlilik xususiyati
konstitutsiyaviy qonunchilik normalarining ichki mutanosibligi, bahamjihatligi, o’zaro manti-
qiy muvofikligi va batartibligida ko’rinadi. Mamlakat konstitutsiyaviy qonunchiligi tizimiga -
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qoraqalpogaston Respublikasi Konstitutsiyasi va
barcha konstitutsiyaviy qonunlar (masalan, «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi
asoslari to’g’risida»gi konstitutsiyaviy qonun, «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
to’g’risida»gi konstitutsiyaviy qonun) kiradi.
Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solishning normativlik
darajasi hamda siyosiy-
yuridik ahamiyati konstitutsiyaviy qonunchilikni o’rnatish xarakteri va tartibga solinadigan
ijtimoiy munosabatlarning muhimligi bilan belgilanadi. Konstitutsiyada mustaqkamlangan
prinsiplarning hammasi normativ tabiatga ega bo’lib, ular mavjud huquqiy tizim uchun,
davlat idoralarining huquq ijodkorlik va huquqni qo’llash faoliyati uchun, fuqarolar,
mansabdor shaxslar va jamoat birlashmalari faoliyati uchun ustuvor, rahbariy ahamiyatga
egadir. Konstitutsiyaviy tartibga solishning umumiy-majburiy tabiatiga kelganda shuni
aytish kerakki, u eng oliy darajadagi majburiylikka ega va ijtimoiy-huquqiy
munosabatlarning barcha sub’yektlari uchun bajarilishi shart bo’lgan qat’iy talabdir.
Mamlakatimizda Konstitutsiyaga amal qilish majburiyati konstitutsiyaviy qonunchilik
darajasida mustahkamlangan. O’zbekiston Respublikasida Konstitutsiya va qonunlarning
ustunligi so’zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat
birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar
(Konstitutsiyaning 15-moddasi).
Konstitutsiyaviy qonunchilik normalarining amalga oshirilishi iqtisodiy, siyosiy,
g’oyaviy va yuridik kafolatlar tizimi bilan ta’minlanadi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan
ishlab chiqarish rivoj topgani hamda xususiy mulkchilik munosabatlari qaror topgani sayin
konstitutsiyaviy normalar amal kdlishining
iqtisodiy zaminlari, kafolatlari mustahdamlana
205
boradi. Shuningdek, mamlakatimizning siyosiy tizimi demokratik tarzda takomillashib
borgani sayin konstitutsiyaviy tartibga solishning siyosiy kafolatlari kuchayib boradi.
Jamiyatning g’oyaviy asoslari va ma’rifiy-ma’naviy kamoloti ta’minlanib, tobora yuksalib
borgani sayin konstitutsiyaviy tartibotning g’oyaviy-ma’naviy kafolatlari rivoj topadi.
Konstitutsiyaviy tartibga solishning yuridik mexanizmi esa Konstitutsiya amal qilishining
barcha huquqiy vositalari hamda usullari yigindisini qamrab oladi. Konstitutsiya normalari
qonuniylik prinsipiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasida Konstitutsiya ustuvorligani ta’minlashning, unga rioya
qilishning alohida muhofaza mexanizmi vujudga keltirilgan. Bunday mexanizmning asosiy
va markaziy bo’g’inini Konstitutsiyaviy sud tashkil etadi. U qonun chiqaruvchi va ijro
etuvchi hokimiyatlar aktlarining konstitutsiyaviyligi to’g’risidaga ishlarni ko’rib hal etadi.
O’zbekiston Respublikasining «Konstitutsiyaviy sud to’g’risida»gi (1995 yil 30 avgust)
qonuniga muvofiq, Konstitutsi-yaviy sud mamlakatimizda konstitutsiyaviy nazoratning oliy
sudlov organi hisoblanadi. Konstitutsiyaviy sud barcha davlat organlari tomonidan
chiqariladigan huquqiy aktlarning, O’zbekistonning xalqaro shartnomalari va boshqa
majburiyatlarining Konstitutsiyaga to’la mos bo’lishini kuzatib turadi; Qoraqalpogiston
Konstitutsiyasi, qonunlari va huquqiy aktlarining O’zbekiston Konstitutsiyasiga muvofikdiga
to’g’risida
xulosa beradi; Konstitutsiyaviy sudning qarorlari matbuotda e’lon qshshngan
paytdan boshlab kuchga kiradi. Ular qatiy va ular ustidan shikoyat qilish mumkin emas
(Konstitutsiyaning 109-moddasi).
Konstitutsiyaviy tartibga solish jamiyatda etakchi hamda nufuzli o’rnini egallaydi. U
oliy darajadagi huquqiy tartibga solishdir. Konstitutsiya normalari o’z .yuridik kuchi
jihatidan boshqa oddiy huquqiy normalardan so’zsiz ustu-vor bo’lganligi uchun
konstitutsiyaviy tartibga solish yuksak yuridik maqomga, shuningdek muhim ijtimoiy-
siyosiy mazmunga ega.
Xo’sh, konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish qanday ijtimoiy munosabatlarni
qamrab oladi? Bunday tartibga solishning predmetini jamiyat va davlat hayot faoliyati-ning
eng muhim jihatlari, shunga oid asosiy ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Bu ijtimoiy
munosabatlar - jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, sotsial va madaniy rivojlanishini,
O’zbekiston davlati ichki va tashqi siyosati asoslarini, respublikada inson (fuqaro) huquqda-
ri va erkinliklarini ustuvor ta’minlashni aks ettiruvchi, xususiy mulkchilikka asoslangan
barqaror bozor iqtisodiyotining qaror topishi bilan bog’liq munosabatlardir. Ushbu
munosabatlar jamiyat va davlatimizning mohiyatini hamda asosiy
xususiyatlarini ifoda
etadi.
Konstitutsiyaviy-huquqiy tarzda tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlarni bir necha
yirik majmualarga ajratish mumkin:
* jamiyatning iqtisodiy tizimi, xususiy va boshqa shakldagi mulkchilik hamda
tadbirkorlik asoslarini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar;
* Uzbekiston siyosiy tizimi va davlat tuzumi asoslarini tashkil etuvchi ijtimoiy
munosabatlar;
* shaxsning huquqiy maqomi asoslarini beyagilovchi inson huquqlari va erkinliklarini
ta’minlash tizimiga oid ijtimoiy munosabatlar;
* mamlakatimizning davlat tuzilishi shakli, ma’muriy-hududiy tuzilishi, shuningdek
Qoraqalpogiston Respublikasi huquqiy maqomi asoslarini belgilashga oid ijtimoiy
munosabatlar;
* saylov tizimi, parlament, Prezident, Hukumat,
sud hokimiyati, mahalliy davlat
vakillik va ijroiya idorala-rining huquqiy maqomi, vakolatlarini amalga oshirish bilan bog’liq
ijtimoiy munosabatlar va hokazo.
Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish mexanizmini (avvalgi paragrafda
ta’kidlanganidek) uch unsur: konstitutsiyaviy normalar; konstitutsiyaviy-huquqiy
206
munosabatlar; konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlarni amalga oshirish aktlari tashkil
etadi. Ushbu mexanizmning normativ asosini tashkil etuvchi yurqdik normalar o’zining eng
oliy siyosiy-yuridik kuchi, yuksak barqarorligi va jamiyat hamda davlat tomonidan qat’iy
ta’minlanishi bilan ajralib turadi.
Konstitutsiyaviy normalar asosida tarkib topgan huquqiy munosabatlar umumiy
mazmun kasb etadi va tarmoq huquqiy munosabatlari (ya’ni konkret munosabatlar) uchun
asos vazifasini o’taydi. Ular o’zining doimiy barqarorligi, uzoq muddatga mo’ljallanganligi
va sub’yektlarning yuqori umumiy huquqiy holatini ifodalashi bilan tavsiflanadi. Bunday
munosabatlarning sub’yektlari: davyaat, xalq, millatlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi,
davlat idoralari, jamoat birlashmalari va fuqarolar hisoblanadi. Konstitutsiyaviy qonunchilik
normalarini amalga oshirish har qanday huquqiy normalarni amalga oshirish singari rioya
qilish, bajarish, foydalanish va qo’llash shaklida bo’lishi mumkin.
Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish mexanizmining xususiyatlaridan biri
Konstitutsiya normalarining joriy qonunlar tomonidan konkretlashtirilishi
hamda bevosita
amalga oshirilishidir. Qonun normalari o’z navbatida Prezident Farmoni, Hukumat qarori,
davlat boshqaruv idoralari va huquqni qo’llovchi organlar aktlari orqali hayotga joriy etiladi.
Shunday qilib, jamiyat va davlat hayotini konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish,
uning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlash mamlakatimizning yanada ildam qadamlar
bilan mustaqillik yo’lidan olga qarab rivojlanishining ishonchli garovidir.
Do'stlaringiz bilan baham: