O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Davlat  va huquq nazariyasi ulardan farqli o’laroq, davlat va huquq rivojlanishining



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

Davlat 
va huquq nazariyasi ulardan farqli o’laroq, davlat va huquq rivojlanishining 
umumiy, lekin o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi. 
Shu tarzda davlat va huquq nazariyasini o’ziga xos bir hovuz tasavvur etsak, ayrim 
yuridik fanlar uning tagiga “sho’ng’ishi” va Yana yuzaga «suzib chiqishi» mumkin. 
Fikrimizni misollar yordamida tushuntirishga harakat qilamiz. Sho’ro davrida davlat va 
huquq nazariyasi umumiy qonuniyatlarini bilishning barcha jihatlari (falsafiy, siyosiy hamda 
sotsiologik jihatlari) yagona bir fanga - davlat va huquq nazariyasi faniga tiqishtirilgandi. 
Biroq, keyingi paytlarda yetarli darajada asosga ega bo’lgan takliflar, talablar, mulohazalar 
paydo bo’lmoqda. Ular, jumladan, davlat va huquq nazariyasidan siyosiy fanlar, huquq 
falsafasi, huquq sotsiologiyasi, huquq etikasi, huquq ensiklopediyasini, huquqiy mafkurani 
ajratib chiqarishdan iborat. 
Biroq, bu yuridik fanlar tizimidagi bilimlarning mustaqil ilmiy tarmog’i sifatida davlat 
va huquq umumiy nazariyasining ahamiyatini biron-bir darajada kamsitmaydi. Holbuki, 
hayotimizda davlat-huquq qonuniyatlari ob’yektiv suratda amal qiladi. Ularni bilmay turib, 
sohaviy yoxud maxsus yuridik fanlar o’rganadigan hodisa va jarayonlar va narsalarni 


19 
o’zlashtirish mumkin bo’lmay qoladi. 
Chindan ham yuridik fanlar huquqning mohiyati, mazmuni va shaklini, huquq 
sohalari va tartibotlarini, huquq tizimi va tasnifi, huquqiy me’yorlari va huquqiy 
munosabatlarni ilmiy idrok etmay turib, faqat ijtimoiy qimmatga ega bo’lgan 
natijalargagina tayanib, qanday qilib samarali rivojlanish mumkin? Xatti-harakatlarning 
qonuniyligini, huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik, qonuniylikning umumiy masalalarini, 
ya’ni huquq umumiy nazariyasi shug’ullanadigan masalalarni bilmasdan jinoyatchilikka 
qarshi, ayniqsa, uning murakkab va uyushgan shakllariga qarshi samarali kurash olib 
borish mumkin emas. 
Yoki boshqa bir misolni olaylik. Hozir hammamiz mamlakatimizda huquqiy 
demokratik davlatni barpo yetish zaruriyati haqida gapiryapmiz. Xalqimiz mazkur masalaga 
ongli ravishda tushunib yondashmoqda. Lekin shunday savolga javob beringa: davlatning 
mohiyati, mazmuni, shakllari, uning ijtimoiy roli va vazifasi to’g’risidagi fundamental 
tushunchalarsiz ushbu katta ahamiyatga molik, dolzarb vazifani hal yetish mumkinmi?! 
Demak, davlat va huquqning umumiy nazariyasi o’zining maxsus va sohaviy yuridik 
fanlarga bo’lgan munosabatida umumlashtiruvchi, rahbariy, yo’naltiruvchi, metodologik 
ahamiyatga molik fan bo’lib, u sohaviy va maxsus yuridik fanlarning nazariy asoslariga oid 
muammolarni ishlab chiqish uchun zarur. 
Ammo bir ishtiboxdanlantirib qo’yish darkor. Xuddi naturfilosofiya (tabiat falsafasi) 
aniq tabiiy ilmiy o’rnini bosolmay, u yoki bu fan sohalari oldidagi konkret vazifalarni 
echishni uddalay olmasdan o’z tarafdorlarini metafizikaning boshi berk ko’chasiga olib kirib 
qo’yginidek, huquq nazariyasi ham huquqiy bilimning sohalariga xos muammolarni 
echishga urinmasligi kerak, buning uddasidan ham chiqolmaydi. Bu vazifa o’z maxsus 
nazariyasiga ega bo’lgan sohaviy fanning faoliyat doirasiga kiradi. 
Haqiqatan ham, protsessual fanlar dalillar nazariyasini rivojlantiradi, uning asosiy 
qoidalaridan ayrimlari huquq nazariyasi ham o’rganadi. Fuqarolik huquqi fani, jumladan, 
majburiyat huquqi, intellektual mulk, yuridik shaxs, mulkiy javobgarlik nazariyasini ishlab 
chiqadi. Biroq umumnazariy qoidalardan foydalanilmaganda, mazkur ilmiy bilimlar jo’n 
pozitivizmga, u Yoki bu qonun hujjatlari va ular ayrim moddalarining oddiy bayoniga 
aylanib bo’lardi. Shunga qaramay, umuman olganda, huquq umumiy nazariyasining 
tarmoq fanlari bilan hamkorlikdagi faoliyati o’zaro foydali, ob’yektiv bo’lib, hozirgi zamon 
huquq nazariyasiga xosdir. 
Demak, davlat va huquq umumiy nazariyasi maxsus va sohaviy fanlarga nisbatan 
dasturiy, yo’naltiruvchi, metodologik ahamiyatga ega bo’lgan umumlashtiruvchi fan sifatida 
maydonga chiqadi. U sohaviy va maxsus yuridik fanlar shug’ullanvuchi maxsus, tor 
doiradagi muammolarni ishlab chiqish uchun ham kerak. Boz ustiga davlat va huquq 
umumiy nazariyasi sohaviy bilimlar tayyorlagan xulosalarni tadqiq qiladi va tartibga soladi, 
ulardan o’z ilmiy g’oyalarini shakllantirishda foydalanadi. Shu bilan birga bu – uning 
xulosalari ixtisoslashgan Yoki sohaviy yuridik fanlar xulosalarining oddiy yig’andisi yoxud 
majmuidan iborat, degan ma’noni anglatmaydi. Bu yyerda hamma narsa biz o’ylagandan 
ko’ra a murakkabroqdir. 
Qadimdan ma’lumki, har qanday fanning nazariya saviyasi qanchalik yuqori, ilmiy 
zamini mustahkam bo’lsa, uning ilmiy-metodologik ahamiyati ham shunchalik yuksak 
bo’ladi. Davlat va huquq umumiy nazariyasi haqida gap ketganda, bu 
fikr o’n chandon, yuz chandon ko’proq kerak va muhimroqdir. Birinchi navbatda bu davlat 
va huquq nazariyasi amaliyot bilan nafaqat tarmoq Yoki ixtisoslashgan fanlar orqaligina 
emas, balki bevosita bog’liq ekanligi bilan ham izohlanadi. Agar Yana sohaviy fanlar o’z 
tadqiqotlarida faqat hozirgi zamon davlat amaliyotiga, amaldagi huquqqa urg’u berishi, 
ayni paytda esa, davlat va huquq umumiy nazariyasi ilmiy tekshirishlarida makon va 
zamonda cheklanmaganligini hisobga oladigan bo’lsak, ularning o’zaro bir-birlarini boyitishi 


20 
ravshan bo’lib qoladi hamda davlat-huquqiy voqeligi ko’lami Yanada to’g’riroq va yahli troq 
bo’ladi. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish