O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Davlat va huquq nazariyasi iqtisod nazariyasi fani bilan chambarchas



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

Davlat va huquq nazariyasi iqtisod nazariyasi fani bilan chambarchas 
bog’liqdir. 
Chunki, iqtisod nazariyasi jamiyatdagi iqtisodiy-moddiy ishlab chiqarish 
munosabatlarini, ayirboshlashni, taqsimotni, ishlab chiqarish usullarini, uning tarixiy xillarini 
o’rganar ekan, bunda davlat va huquqning ahamiyatiga va uning o’rniga alohida e’tibor 
beradi. Bozor munosabatlarini shakllantirishda, iqtisodiy islohotlarni olib borishda davlat 
o’zining bosh islohotchilik faoliyatini huquq orqali amalga oshirishini bu fan albatta hisobga 
oladi. 
Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasi ilmining falsafa, sotsiologiya va boshqa 
ijtimoiy fanlar bilan o’zaro munosabatlari mohiyati va zarurati nimalardan iboratligini 
umumiy tarzda ko’rib chiqdik. Biroq, shu munosabat bilan bir muhim narsani - hech bir 
boshqa fan, shu jumladan, falsafa ham, siyosatshunoslik va iqtisodiy nazariya fanlari ham 
davlat va huquq nazariyasi uchun qandaydir yo’l-yo’riqlar ko’rsatuvchi, uning taraqqiyotini 
belgilab beruvchi vazifani hech qachon o’tay olmasligini an’glash va yoddan chiqarmaslik 
lozim. Buni e’tibordan soqit qilmaslik zarur. Zero, yaqin-yaqinlarga qadar ham marksizm-
leninizm, ayniqsa, uning tarixiy materializmdek tarkibiy qismi davlat va huquq 
nazariyasining asosiy mazmun-mohiyatini belgilab beradi, degan g’ayriilmiy ta’limot 
hukmronlik qilib kelardi. 
Hozirgi vaqtda butun dunyoda bo’lginidek, bizning respublikamizda ham, sobiq 
Ittifoq o’rnidagi boshqa mamlakatlarda ham barcha ijtimoiy fanlar-iqtisodiy, siyosiy fanlar, 
ekologik bilimlar, boshqaruv fanlari, ijtimoiy-ilmiy yo’nalishlar uchun davlat va huquq 
nazariyasining roli, uning ahamiyati g’oyat darajada dolzarb va o’ta muhimdir. 
Uzoq vaqtlar davomida, Sho’ro tuzumi davrida davlat va huquq nazariyasi faniga 
o’ta nopisand munosabat hukmron bo’lib kelgini ilmning bu muhim tarmog’iga 
munosabatni keskin o’zgartirishni qat’iy taqozo etdi. Masalan, iqtisodiy bilimlar yetakchi 
vakillarining bu fanga bo’lgan munosabatini olaylik. Ularning da’volaricha, go’ya tarkibiga 
davlat va huquq ham kiradigan ustqurmaga nisbatan «iqtisodiy bazisning belgilovchi roli» 
Marksning «huquq iqtisodiyotdan yuqori turishi mumkin emas», degan xulosasidan kelib 
chiqadi. 
Afsuski, iqtisodiy bilimning ko’pchilik vakillari huquqning muntazamlilik tamoyiliga 
asoslangan butun tizimdan iborat ekanligini, shuningdek, ishlab chiqilmagan huquqiy 
shaklga yoxud boshqa huquqiy echimlarga zid bo’lgan huquqiy shaklga kiyintirilgan 


17 
iqtisodiy xulosalar ish bermasligini hisobga olishmasdi, aniqrog’i, nazar-pisand qilishmasdi. 
Bu esa barcha yaxshi iqtisodiy maqsad va niyatlarni barbod yetishini tajriba isbotlamoqda. 
Misol tariqasida Yegor Gaydar va uning tarafdorlarining 90-yillardagi orzu-umidlarini 
keltiramiz. Ularda «iqtisodiy determinizm» deb ataluvchi narsa va hodisalarning sababiy 
bog’lanishlari haqidagi materialistik ta’limot doirasida huquqiy rasmiylashtirilmagan 
iqtisodiy echimlarning o’zi yetarliligi haqidagi tasavvurlar ustun turardi. 
Bozorga xos bo’lgan raqobat har qanday bozor iste’mol mollariga to’lib borishi bilan 
narx-navoning o’z-o’zidan pasayishiga olib keladi, iqtisodiy munosabatlar o’z-o’zidan ishlab 
chiqarishni rag’batlantiradi, deb hisoblanardi. Endilikda g’oyat qudratli va serqirra huquqiy 
ta’minotsiz islohotlar yurishmasligi ravshan bo’ldi. Respublikamizning iqtisodiy faoliyat 
tajribasi esa iqtisodiy islohotlarni davlatsiz, huquqsiz amalga oshirib bo’lmasligini Yana bir 
bor tasdiqladi. 
O’z rivojlanish va taraqqiyot yo’lini tanlagan respublikamizda iqtisodiy islohotlarni 
amalga oshirishning asosiy omillaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy poydevorini 
yaratishdan iborat. Avval boshdanoq o’tmish xatolaridan muhim xulosa chiqarildi - zarur 
huquqiy ta’minotsiz va tegishli qonunlar hamda me’yoriy hujjatlarsiz amalda islohotlarni 
ro’yobga chiqarishning ishonchli kafolatlarini, islohotlar ro’yobga chiqarishining 
kafolatlarini yaratib bo’lmasligi e’tirof etildi. Ta’kidlanginidek, mustahkam huquqiy negiz 
bo’lgandagina o’zini oqlamagan eski tizimni to’la ishonch bilan qayta qurish, madaniy bozor 
iqtisodiyotiga ega bo’lgan yangi jamiyat qurish mumkin. 
Shunday qilib, davlat va huquq nazariyasi iqtisodiy islohotlarning itoatkor xizmatkori 
emas. Respublikamizda hokimiyat tepasida turganlar buni yaxshi tushunadilar. 
Buning ustiga respublikamizda inson va fuqaro huquqlarini himoyalash masalasiga 
naqadar katta e’tibor berib kelinayotgini ma’lum. Oliy Majlisning sessiyasida 
ta’kidlanginidek, inson va fuqarolar huquqlarini ta’minlash hozirgi vaqtda davlat 
siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Binobarin, inson huquqlari va erkinliklarining 
ustuvorligi, yuksak ijtimoiy boylik sifatida uning qadr-qimmatini tushunish davlat va huquq 
nazariyasini amalda respublikamizdagi o’zgarishlarning oldingi jabhalariga olib chiqib 
qo’ymoqda. 
Bundan Yana ham keng qamrovli chuqur xulosalar chiqarish mumkin.
O’zbekistonda davlatchilikning huquqiy asoslari kuchayib borishi, huquqiy madaniyat, 
fuqaroning huquq va erkinliklari, huquqiy ta’lim va, shu jumladan, yuridik ta’lim ham rivoj 
topib borishi bilan davlat va huquq nazariyasining hamda barcha yuridik fanning ijtimoiy 
fanlar butun tizimidagi ahamiyati ortib boradi. Bu - ijtimoiy taraqqiyotning muhim talabidir. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish