O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


-§. O’zbekiston davlatining asosiy funksiyalari



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

 
3-§. O’zbekiston davlatining asosiy funksiyalari 
SSSR tarqalib ketdi, O’zbekiston va boshqa sobiq ittifoqdosh respublikalar mustaqil 
bo’lib qoldilar. Sotsializm va kommunizm qurish nazariyasi hamda amaliyotidan voz 
kechildi, uning o’rniga insoniyat tajribasida isbotlangan bozor munosabatlari asosidagi 
demokratik jamiyat tuzumiga o’tish maqsad qilib qo’yilgan. Davlatning siyosati, vazifalari, 
faoliyati va ulardan kelib chiqadigan funksiyalari shu maqsadni ro’yobga chiqarishga 
qaratilgan. 
Bizningcha, hozirgibosqichda yosh suveren, mustaqil davlatlar, shu jumladan 
O’zbekiston Respublikasi oldida quyidagi uchta muhim vazifa turibdi. 
1. Erishilgan siyosiy, davlat mustaqilligini mustahkamlash. 
2. Iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o’tish va bu sha-roitda jamiyatning ijtimoiy-
madaniy taraqqiyotini ta’minlash. 
3. YAngi sharoitda tamoman mustaqil tashqi siyosiy, iqtisodiy vazifalarni hal yetish. 
Chunki bu vazifalar ilgari asosan SSSR organlari tomonidan bajarilar edi. 
Mustaqillik sharoitida, yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy vaziyatda yosh 
davlatlarning funksiyalari SSSRning davlat funksiyalaridan ancha farq qiladi. To’g’ri, 
O’zbekiston ham, boshqa sobiq ittifoqdosh respublikalar ham o’z hududlarida davlat 
funksiyalarini tamoman o’zlari, mustaqil ado qilmoqdalar. 
Xususan, O’zbekiston davlati quyidagi eng asosiy funksiyalarni amalga oshirmoqda. 
Uning ichki funksiyalari
1. Iqtisodiy funksiya Yoki iqtisodiyotda davlatning bosh islohotchi ekanligi. Mazkur 
funksiya mazmunida sovet davrida juda ham kengayib ketgan davlat mulkini uning 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, natijada mulkchilikning turli shakllariga yo’l 
ochish, iqtisodiy rivojlanishga ma’muriy-buyruqbozlik asosida emas, balki huquqiy jihatdan 
tartibga solib turish usullari orqali ta’sir qilish, davlat sektori (qaramog’i)dagi iqtisodiyotni 
boshqarish va 
umumiy rivojlanish istiqbollarini belgilash, xalq xo’jaligada tuzilmaviy o’zgartishlarni 
amalga oshirish, iqtisodiyotni boshqarishda chet el investitsiyalarini jalb yetish, soliqdar 
siyosati va tizimini belgilash, baholarning barqarorligi uchun kurash kabi masalalar va 


103 
yo’nalishlar mavjud. 
Oliy Majlisning oltinchi sessiyasida I.Karimov mustaqilik va bozor munosabatlariga 
o’tish sharoitida davlatning rivojlanishi va roliga katta baho berdi: «Davlat islohotlarning 
tashabbuskori bo’lib maydonga chiqdi, ustuvor yo’nalishlarni tanlashda faol ishtirok etdi, 
islohotlarni ro’yobga chiqarishni, qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazorat olib borishni 
ta’minladi. Aynan davlat yangi huquqiy baza va yangi ijtimoiy munosabatlar shakllanishida, 
erkin demokratik me’yorlarga o’tishda, ko’p ukladli iqtisodiyot va bozor infrastrukturasining 
qaror topishida, yangi bank, moliya, soliq tizimi shakllanib, yangi mazmun bilan boyishida 
tashabbuskor bo’ldi... Davlatning o’tish bosqichidagi, milliy davlatchilikni qaror toptirish 
davridaga bunday roli, bugun ko’rinib turginidek, o’zini to’la oqladi
4[4]
». 
Iqtisodiy islohotlarning ijtimoiy yo’naltirilgan bo’lishi davlatimiz siyosati va faoliyatida 
markaziy o’rin tutadi. 
2. Ijtimoiy funksiya. Uning tizimida aholining ish bilan bandligini ta’minlash, 
vaqtincha ishsizlarga davlat yordami, yoshlarni kasbga o’rgatish, ijtimoiy sohani - aholiga 
savdo, kommunal, tibbiy, maishiy va boshqa xizmatlar ko’rsatishni tashkil yetish va shu 
tarmoqdarni rivojlantirish; aholini ijtimoiy muhofaza yetish, ya’ni ish haqi, pensiya, 
stipendiya, nafaqa va omonatdagi mablag’larni indeksatsiyalash, xalqning mehnat orqali 
o’z ijtimoiy ahvolini yaxshilab borishi uchun sharoit yaratish, sog’lom avlod uchun kurash 
va boshqalar orqali davlatimiz o’zining ijtimoiy (sotsial) vazifasini, tabiatini namoyon 
etmoqda. 
3. Ta’lim, fan, texnika, madaniyat va aholini g’oyaviy (mafkuraviy) tarbiyalash 
sohasidagi davlat funksiyasi, buni odatda, madaniy-tarbiyaviy funksiya deyiladi. YAngi 
davrda uning tarkibida milliy tarixiy va madaniy qadriyatlarni tiklash hamda rivojlantirish, 
umuman xalq hayotida ma’rifat va ma’naviyatni avj oldirish, umumiy savodxonlikni 
yuksaltirish, mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirish, umuminsoniyat madaniy-
ma’naviy boyliklardan bahramand bo’lishini ta’minlash, yangi milliy mafkuraga erishish 
singari ustuvor vazifalarni hal yetish ko’zda tutiladi. 
4. Huquq - tartibotni qo’riqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ogishmay, 
mulkchilikning hamma shakllarida himoya qilish, huquqbuzarlikka va jinoyatchilikka qarshi 
kurash. Bu funksiya o’z mohiyati va mazmuni bilan adolat o’rnatishga, insonparvarlikka, 
qonunchilikni mustahkamlashga, huquqiy davlat va madaniyatning shakllanishiga xizmat 
qiladi. 
5. Tabiat boyliklari va atrof muhitni muhofaza qilish. Bunda, bir tomondan, tabiiy 
boyliklarni qo’riqlash, tejab-tergab sarflash zarur bo’lsa, ikkinchi tomondan, kimyo va 
texnikaning salbiy ta’siri bilan suv, havo, tuproq va atmosferaning ifloslanishiga qarshi 
kurash ehtiyoji mavjud. Davlat bunday funksiyani bajarish bilan iqtisodiy va ijtimoiy 
taraqqiyotga xizmat qilgan bo’ladi. Bizning mintakdda, ayniqsa, Orol dengizi bilan bog’liq 
masalalar bu funksiyaning dolzarbligini isbotlab turibdi. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish