O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi darslik


Tergov harakatlarini amalga oshirish jarayonida protsessual xatoliklarga yo‘l qo‘yilganmi?



Download 1,8 Mb.
bet73/171
Sana23.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#577655
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   171
Bog'liq
№3. Jinoyat-protsessual huquqi

Tergov harakatlarini amalga oshirish jarayonida protsessual xatoliklarga yo‘l qo‘yilganmi?
IX BOB. EHTIYOT CHORALARI
(Muallif – yuridik fanlar doktori, professor G.Z.To‘laganova)


Annotatsiya: oʻquvchilar tomonidan mazkur mavzu doirasidagi jinoyat protsessida ehtiyot choralarini qo‘llashning sabab va asoslari, ehtiyot chorasi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan shaxslar, ehtiyot choralari va ularning turlari, protsessual asoslari va tartibini, ehtiyot choralarini qo‘llashga vakolatli bo‘lgan organlar va mansabdor shaxslarning protsessual faoliyati yuzasidan zaruriy bilim olish imkonini beradi.

9.1. Ehtiyot chorasi va ularning turlari, ularni qo‘llash, o‘zgartirish va bekor qilish


Ehtiyot chorasi – bu ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan bo‘yin tovlashining oldini olish; uning bundan buyongi jinoiy faoliyatining oldini olish; uning ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga halal beradigan urinishlariga yo‘l qo‘ymaslik; hukmning ijro etilishini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladigan protsessual majburlov chorasi turidir.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud tomonidan ayblanuvchi, sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot choralaridan qaysi turini tanlashda Jinoyat-protsessual kodeksining 236-moddasida nazarda tutilgan asoslardan tashqari quyidagi holatlar ham e’tiborga olinadi: qo‘yilgan aybning (sodir etilgan jinoyatning og‘irligi; ayblanuvchining shaxsi; ayblanuvchi shug‘ullanadigan mashg‘ulot (faoliyat) turi; ayblanuvchining yoshi (masalan, voyaga yetmaganligi yoki keksayganligi); sog‘lig‘i; oilaviy ahvoli (uylanganligi, qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari yoki nafaqa yoshidagi ota-onalari yoxud boshqa boqimandalari mavjudligi) va boshqa holatlar. Boshqa holatlarga quyidagilar kiradi: mehnatga layoqatliligi; yashash va ish joyining mavjudligi; davlat mukofotlari, faxriy unvonlarining borligi; sudlanganlik holati, ozodlikdan mahrum etish joylarida jazoni o‘tagan muddati, ozodlikka chiqqan vaqti; ayblanuvchini jamiyat a’zosi sifatida tavsiflovchi ma’lumotlar (yashash, ish joylaridan olingan ma’lumotnomalar v.h.); tarjimayi holida ko‘rsatilgan ba’zi holatlar (masalan, terroristik to‘dalarga qarshi kurashda, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganligi) v.h.
Uy qamog‘i va qamoqda saqlash tarzidagi ehtiyot chorasi prokuror, shuningdek prokurorning roziligi bilan tergovchi tomonidan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Bu haqida mazkur ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida ajrim chiqargan sud, albatta, xabardor etilishi lozim.



Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish